121
Tuproq shо‘rlanishi
1-rasm
. Tuproq shо‘rlanishi
–
sug‘orma
dehqonchilikda
rivojlanishni
chegaralaydigan
sabablardan
biri
hisoblanadi. Masalan: Iroqda sug‘oriladigan
maydonlarning 50 %
ga yaqini, Amerikada
esa 27 % dan ortiqroq maydon shо‘rlangan.
Tuproq shо‘rlanishi agrobiotsenoz (sun’iy)
va
biotsenozlar
(tabiiy)
hosildorligini
tо‘satdan cheklab qо‘yadi, organizmlarning
tur tarkibi va ekotizimlarning xilma-xilligini
kamaytiradi va hududlarni chо‘lanishiga
olib keladi.
SHо‘rlanish Qoraqalpog‘iston, Buxoro,
Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm
vohalaridagi yerlarni zararlagan. Asoslanmagan holda yerlarni о‘zlashtirish, suv
taqchilligi va Orol dengizi suvining kamayishi hisobiga 1991 yildan e’tiboran,
О‘zbekistonda kо‘plab yerlarni о‘zlashtirish tо‘xtatildi.
Tuproq eroziyasi
Tuproqnnig hosildorligiga salbiy ta’sir qiladigan omillar:
- shamol eroziyasi (deflyatsiya);
- suv eroziyasi. 2-rasm.
Deflyatsiya.
Shamol
ta’sirida
mayda tuproq bо‘lakchalari uchib
ketadi va tuproqda qum miqdori
oshadi. Deflyatsiya ta’sirida
tuproqda
gumus
miqdori
kamayadi
va
agroximik, suvning fizik xossalari
yomonlashadi. Deflyatsiyaga uchragan
yerlar
Farg‘ona,
Surxondaryo,
Qashqadaryo,
Buxoro
viloyatlarida
uchraydi. Ayniqsa,
sezilarli darajada
deflyatsiya Orol dengizi qurishi hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida
uchraydi. Orol dengizining qurigan tubidan chang, qum,
tuz kabilar
О‘zbekistonning yuzlab kilometr masofalariga tarqalmoqda.
Tuproqning degumidlanishi (degumifikatsiya)
3-rasm
.
Keng
miqyosda
sug‘orma
dehqonchilik uchun yerlarni о‘zlashtirish
hamda
yaylovlardan
oqilona
foydalanmaslik chо‘llanishning о‘ziga xos
turi
–
tuproqning
degumidlanishi
(degumifikatsiya)
yoki
tuproqning
oriqlanishiga va hosildorliknnig pasayib
ketishiga olib keladi.
122
Degumidlanish (lot.de-ajralish, pasayish, humus – tuproq, facere-qilmoq)
deganda organiq qoldiqlarning sernam va kislorod
yetishmaydigan sharoitda
biokimyoviy jarayonlarga uchrab, parchalanmay qolishi tushuniladi. Bu -
gumusning yо‘qotilishidir. Gumus yо‘qotilishi atrof-muhitda chо‘llanish
jarayonini kuchaytiradi va irrigatsion eroziyani keltirib chiqaradi. Yaylov
tuproqlarining oriqlashi – chorva mollarini bir maydonning о‘zida haddan tashqari
kо‘p boqish natijasida о‘simlik qoplamining degradatsiyasi paydo bо‘lishidandir.
О‘zbekistonda tuproqning past va juda past gumus bilan ta’minlanganligi
(0,4 % dan 1,0 % gacha) butun sug‘oriladigan yerlarning 40 % ini egallaydi (1,7
millon gektar yer).
Dostları ilə paylaş: