123
-
chorva mollarini boqish uchun yaroqsiz bо‘lgan ochiq yalangliklar paydo
bо‘ladi.
Tuproqning pestitsidlar va mineral о‘g‘itlar bilan ifloslanishi
Kо‘p yillar davomida paxta yakkahokimligining olib borilishi va almashlab
ekishga
rioya qilmaslik, chorvachilikka e’tibor berilmaslik (chorva mollaridan
olinadigan organik о‘g‘itlar taqchilligi) natijasida, keng miqyosda,
yerga mineral
о‘g‘it va pestitsidlarni qо‘llashga olib keldi. Bularning hammasi tabiiy biologik
jarayonlarning buzilishiga, tabiatni boshqarib turadigan mexanizmlarning
degradatsiyasiga
olib keldi, tuproqning mineral о‘g‘itlar bilan ifloslanishi
kuchaydi. Ushbu jarayonda kimyoviy preparatlarning samaradorligi past
koeffitsiyentga egaligi tufayli 30 % dan ortiq fosfor-kaliyli va 50 % dan ortiq azotli
о‘g‘itlar о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilmay, tuproqdan yuvilib ketadi, bu esa,
о‘z navbatida, yuza va yer osti suvlarini tuz, zaharli ximikatlar, og‘ir metallar va
boshqa xavfli moddalar bilan zararlaydi.
Pestitsidlardan foydalanish
6-rasm
.
Qishloq xо‘jaligi organik, mineral о‘g‘itlar va о‘simliklarning
kimyoviy
himoya vositalarisiz rivojlanmaydi. Shu sababdan ham respublikamizning har bir
hududlarida maqbul dozani qо‘llash zarur.
Og‘ir metallarning yuqori miqdori tuproqda sanoat rivojlangan shaharlar
(Toshkent, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq) atrofida kо‘zga tashlanadi.
124
7
-rasm
.
О‘g‘itlardan foydalanish
Respublikamiz
hududidagi sug‘orma dehqonchilikda xlororganik
pestitsidlarning parchalanishi va migratsiyasi kuzatiladi. 1983 yildan e’tiboran,
DDT preparatidan foydalanish tо‘xtatilgan bо‘lsada, hamon yuqori qoldiq miqdori
tuproq namunalarida kuzatiladi. GXSG (geksoxlorsiklogeksan)ning
tuproqda
tо‘planishi kam darajada, chunki bu preparat suvda yaxshi eriydi va u dalani
sug‘orish orqali yо‘qotiladi.
Keyingi yillarda, pestitsidlardan foydalanish keskin pasaydi. Amalda GXSG,
tiodan, sevin kabi preparatlardan foydalanilmaydi. Ularning о‘rniga, yuqori
biologik faol
moddalar hisoblanadigan karate, danitol, detsis, simbush kabi
preparatlar ishlatilmoqda, chunki ular inson organizmi uchun past toksiklik
xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: