Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc


qo`shib olingandan  keyin o`lkada rus hukumati uchun ikki manfaat, birinchidan



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/23
tarix04.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152062
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi manbashunosligi

 
qo`shib olingandan 
keyin o`lkada rus hukumati uchun ikki manfaat, birinchidan 
 
moliyaviy 
siyosat nuqtai nazaridan davlat daromadi va ichki ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar uchun yangi bozor, ikkinchidan, mustamlakachilik nuqtai 
nazaridan imperiyani markaziy rayonlaridagi zich aholini joylashtirish 
uchun yangi hudud hisoblanadi”. Aslida, Turkiston harbiy strategik 
hudud sifatida Angliyaning Sharqqa tomon yurishiga to`sqinlik qilish 
uchun Rossiyaga yanada ko`proq kerak edi.
Turkistonni Rossiya tomonidan zabt etilishi – bu amalda ikki 
sivilizatsiya to`qnashuvi, xususan o`lkaga yaqindan tanish bo`lmagan 
xristian pravoslav oqimini kirib kelishi bilan izohlanadi. Turkistonda 
yerli aholi madaniyatidan yiroq, tili, dini, urf-odati, an`analari bir-biriga 
yaqin bo`lmagan bosqinchilar hukmronligi boshlandi. 
Turkistonni Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi boshqaruv 
tizimini ham metropoliya manfaatlariga bo`ysundirdi. Yangi boshqaruv 
asoslari Rossiya manfaatlariga moslashtirilib, mintaqada an`anaviy qaror 
topgan boshqaruvni, milliy asosdagi tizimni qo`porib tashlandi. 
1865- yil 2- martda Rossiya Senatining Orenburg general-guberna-
torligi tarkibida Orol dengizining Issiqko`lgacha bo`lgan O`rta Osiyo 
xonliklari bilan chegaradosh hududlarda Turkiston viloyatini tashkil 
qilish to`g’risidagi farmoni e`lon qilindi. O`sha paytda bu hududda 453 
ming kishi istiqomat qilar edi. Turkiston viloyati uch bo`limga: o`ng 
qanot, markaz va chap qanotga bo`lingan edi. 
O`ng qanot: Aralsk (keyinchalik Sirdaryo nomini olgan), 1-fort 
keyinchalik Kazalinsk va Perovsk shaharlari,


66 
Markaz: Turkiston va Chimkent rayonlari. 
Chap qanot: Avliyotepa, Marke va Pishpak shaharlari. 
Turkiston viloyatining ma`muriy markazi qilib dastlab Chimkent 
shahri belgilandi. Toshkent rasman Rossiya tarkibiga kiritilgunga qadar, 
bu shahar Turkiston viloyatining ma`muriy markazi bo`lib turgan. 
Rossiya imperiyasiga rasman qo`shib olingandan e`tiboran, Toshkent va 
uning atrofi Toshkent rayoni deb atalgan alohida ma`muriy birlikni 
tashkil qildi. 1866- yili Turkiston viloyati tarkibida yerlar va Zomin 
bo`limlari, O`ratepa va Jizzax rayonlari tashkil qilindi. 
1865- yil 2- martda yangi Qo`qon chegarasining qo`mondoni 
M.G.Chernyayev idorasida “O`rta Osiyo chegara viloyati to`g’risidagi 
Nizom loyihasi” ishlab chiqarildi va mazkur hujjat 1865- yil 6- avgustda 
“Turkiston viloyatini boshqarish to`g’risidagi muvaqqat Nizom”
 
nomi 
bilan bosilib chiqdi. Mazkur hujjatga ko`ra Orenburg general-guber-
natorligi tarkibida Orol dengizidan Issiqko`lgacha bo`lgan O`rta Osiyo 
xonliklari bilan chegaradosh hududlarda Turkiston viloyati tashkil 
qilindi, uning gubernatori qilib M.G.Chernyayev tayinlandi. Hujjatni 
asosiy qismi K.P. fon Kaufman tomonidan ishlab chiqildi va ma`muriy 
boshqaruv “Harbiy xalq boshqaruvi” deb ataldi. Bu Turkiston viloyatida 
harbiy tartiblar asosida ishlab chiqilgan ma`muriy-hududiy boshqaruv 
tizimi joriy qilinganligini bildirar edi. Shuning uchun ham Rossiya 
imperiyasi bosib olingan hududlarda hukmronligini mustahkamlash 
uchun dastlab o`lkada harbiy-strategik inshootlar qurildi. Ular harbiy 
harakatlarni tayanchi, qurol-yaroq, harbiy kuch va himoyalanish 
maskanlari rolini bajargan. Mustamlaka ma`muriyatini harbiy kuchlari 
asosan Toshkent, Samarqand, Farg’ona kabi katta shaharlarda va harbiy 
istehkomlarda joylashtirildi. 
Turkiston viloyatining ko`chmanchi aholisi urug’lar, bo`limlar va 
guruhlarga bo`linardi. Urug’larni urug’boshilar – manaplar, sultonlar va 
katta biylar; bo`limlarni – biylar; guruhlarni – to`g’ochlar boshqarar-
dilar. Sulton, manap va biy unvonlari asosan otadan bolaga meros bo`lib 
o`tardi. Ammo shunga qaramay, sulton, manap va biylarning o`rniga 
saylangan yangi shaxslar mahalliy aholi boshqaruvchisi, rus harbiy 
amaldorining tasdig’idan o`tishlari lozim edi. 
Turkistonda o`troq aholi uchun qozilik sudlari, ko`chmanchi aholi 
uchun esa biylik sudlari xizmat qiladigan bo`ldi. Qozikalon lavozimi 
bekor qilinib, barcha qozilarning huquqlari tenglashtirildi. Qozilarni uch 
yilda bir marta saylash tartibi joriy qilinib, da`vogarga arizasini ko`rib 


67 
chiqishlari uchun o`zi ko`proq ishongan qoziga murojaat qilish huquqi 
berildi. 
Rossiya hukumati o`z tarkibiga mustamlakalarni kiritar ekan eng 
avvalo arzon va samarali boshqaruv hamda mustamlaka ekspluatatsiya 
tizimini yaratishga kirishdi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin