Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix04.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152062
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi manbashunosligi

Tayanch so`zlar
Elchi, elchilik, savdo munosabatlari, Abdulazizxon, Abdullaxon II, 
elchilik rasm-rusumlari, ulug’ elchi, oddiy elchi, vakil, choparlar, 
“Dasturilamal”, V.A.Daudov, I.D.Xoxlov, F.Beneveni, yorliq, “Ishonch 
yorlig’i”, 
Buxoro 
elchisi, 
Xonquli to`pchiboshi, 
E.Maqsudov, 
Abulfayzxon, Yunusxo`ja.
Nazorat savollari
1.
Elchi, elchilik atamalarining kelib chiqishi haqida nimalarni 
bilasiz? 
2.
Buxoro xonligi va Rossiya o`rtasidagi savdoning asosiy 
ko`rinishlarini aytib bering. 
3.
Turkiston xonliklari va Rossiya o`rtasidagi keng qamrovli savdo 
munosabatlari asosan qaysi asrdan boshlangan? 
4.
Turkiston xonliklari va Rossiyada elchilarni qabul qilish 
marosimlari haqida so`zlab bering. 
5.
Xonquli to`pchiboshi (Buxoro) elchiligi va uning tarixiy ahamiyati 
qanday bo`lgan?
 
6.
F.Beneveni elchiligi haqida qanday ma`lumotlarni bilasiz?
 
7.
Toshkent 
bekligining 
Rossiya 
bilan 
diplomatik 
aloqalar 
o`rnatishdan ko`zlagan asosiy maqsadi nima edi?
 


48 
3-MAVZU: TURKISTON VA ROSSIYA O`RTASIDAGI 
SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLAR 
Reja
1.
 
Savdo-iqtisodiy munosabatlardagi shart-sharoit va manfaatlar. 
2.
 
Iqtisodiy munosabatlarda mahsulot turlari,
savdo aylanma-
sining ortishi. 
3.
 
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda Orenburg shahrining tutgan 
o`rni. 
1. Savdo-iqtisodiy munosabatlardagi shart-sharoit va man-
faatlar.
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarda savdo-
iqtisodiy aloqalar muhim ahamiyat kasb etgan. Zero, o`z davrining 
shart-sharoitlari, xususan diplomatik aloqalardan asosiy maqsad ham 
ko`p hollarda savdo-iqtisodiy aloqalarni o`rnatish, mustahkamlashga 
qaratilgan edi. Shunday savdo-iqtisodiy munosabatlar Toshkent va 
Rossiya o`rtasida ham o`rnatilib, bu tarixda o`ziga xos iz qoldirgan. 
Ma`lumki, 1784- yilda Yunusxo`ja boshliq mustaqil Toshkent 
bekligi tashkil topdi. Toshkent hukmdori mustaqil va teng huquqli davlat 
sifatida, Rossiya bilan aloqa o`rnatgach, Yunusxo`ja o`zining birinchi 
maslahatchisi Mullajon Oxun va Ashirmat Botir mingboshini elchi 
sifatida Peterburgga jo`natdi. Ular 1796- yilda Omsk, Yekaterinburg, 
Perm, Qozon va Moskva orqali Peterburgga yetib kelishdi. Peterburgda 
elchilarga rus imperatorining Yunusxo`ja nomiga yozilgan yorlig’i, 
kansler A. A. Bezborodkoning xati va turli sovg’alar topshirildi. 
Yunusxo`janing rus imperatoriga 45 to`p ipak gazlamasi va 10 juft 
qimmatbaho mo`ynasi evaziga har biri 20 gaz keladigan ikki to`p 
qimmatbaho gazlama (parcha), 12 gaz ko`k movut va oltin zanjirli soat 
berilgan. Mullajon Oxun va Ashirmat Botir mingboshiga 12 gazdan 
gazlama (parcha) va 6 gazdan ko`k movut sovg’a qilingan. Mullajon 
Oxun rus imperatoriga shaxsan o`zi nomidan qalam va 3 ta qoplon terisi 
sovg’a qilganligi uchun unga oltin soat va oltin uzuk qo`shimcha tuhfa 
etilgan. Bu sovg’alardan tashqari, har ikki elchiga 1000 so`m pul 
mukofoti, birga kelgan qarindoshlari va xizmatkorlariga ham sovg’alar 
topshirilgan. 
Demak, yuqorida keltirilgan ma`lumotlar tasdiqlaydiki, XVIII asr 
oxiri va XIX asr boshlarida Toshkent hamda Rossiya hukumatlarining 
o`zaro savdo-sotiqni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi, bu o`zaro 
aloqalarni yanada har tomonlama kengaytirishga intilayotganliklari ana 


49 
shu yillari Toshkent-Rossiya diplomatik aloqalarini jonlanishida 
namoyon bo`ldi. 
Toshkentliklar, Sibir ma`muriyatining ma`lumotlariga qaraganda, 
avvalgi vaqtlarda bo`lganidek, Ust-Kamenogorsk, Semipalatinsk, 
Yamishevsk, Jelezinsk, Petropavlovsk kabi Rossiyaning savdo 
punktlarida, shuningdek, Troisk orqali Orenburg liniyasi bilan savdo 
qilganlar. Yuqorida qayd etilgan savdo nutqlaridan Toshkent-Rossiya 
iqtisodiy munosabatlarida Semipalatinsk, Petropavlovsk va Troisk 
asosiy o`rin tutgan. O`zaro savdo munosabatlari eski usulda, ya`ni tovar 
ayirboshlash yo`li bilan olib borilgan.
XVIII asrning 80-yillarida Toshkentdan Sibirga turli gazlamalar, 
paxta va ipak to`qimalaridan tikilgan mahsulotlar, har xil meva, xususan 
mayiz va o`rik, tamaki va boshqa mahsulotlar olib kelingan. Bu tovarlar 
Sibir ma`muriyatining rus hukumatiga yuborgan ma`lumotiga “Toshkent 
mollari” deb atalgan.
Toshkentliklar Sibir shaharlariga yetguncha o`z tovarlarining bir 
qismini yo`l-yo`lakay qozoq mollariga ayirboshlab Sibirga chorva 
mollari ya`ni ot, qo`y, qoramol va jun, turli mo`ynalar, ya`ni bo`ri, 
quyon, tulki va boshqa hayvon terilari, teridan tikilgan har xil kiyimlar 
keltirib rus tovarlariga ayirboshlaganlar. Rossiyadan esa ular turli rus va 
chet el (ko`proq nemis) movuti, har xil mo`yna, gazmol, charm, temir, 
mis, cho`yandan yasalgan turli ro`zg’or idishlari, oyna (ko`zgu), marjon 
va boshqa tovarlarni olib kelganlar. Bu vaqtda Rossiyadan chet 
mamlakatlarga temir, cho`yan, mis, Rossiya tangasi, miltiq dorisi 
(porox) va qurol-aslaha chiqarish qat`iy ma`n etilgan edi. Ammo 
taqiqlarga qaramasdan, toshkentliklar bu tovarlarni yashirin tarzda 
Rossiyadan olib ketib turganlar.
Semipalatinsk bojxonasi ma`lumotlariga ko`ra, 1781- yilda 
toshkentlik savdogarlar Rossiyada tayyorlangan 9 dona miltiq, 2 ta 
qilich, 69 pud 34 qadoq qizil mis olib ketayotgan vaqtlarida 
ushlanganlar. 
Toshkentliklar 
Rossiyaning 
chegara 
shahar 
va 
qal`alaridagina emas, balki Sibir ma`muriyatining maxsus ruxsati bilan 
Rossiyaning ichki shaharlarida ham savdo-sotiq qilganlar. Masalan, 
1786- 
yil 
fevralida 
toshkentlik 
B. 
Ismoilov 
va 
Azizxo`ja 
Petropavlovskdan Ibrit yarmarkasiga jo`naydilar.
1787- yilda Troiskdan Toshkentga 27773 so`mlik rus va chet el 
mollari keltirilgan. Toshkent bilan olib borilayotgan savdoda Sibir 
shaharlaridagi rus savdogarlari bilan birga katta kapitalga ega bo`lgan 
Moskva savdogarlari ham qatnashganlar. 1787- yili Toshkentga 


50 
keltirilgan tovarlarning 23089 so`mi moskvalik birinchi gildiyali 
savdogar D.Ikonnikovga tegishli edi.
XVIII asr oxirida Sibir liniyasidagi shahar va qal`alar Toshkent va 
O`rta Osiyoning boshqa shaharlariga o`z savdo karvonlarini jo`natish 
huquqiga ega emas edi. Toshkentga boruvchi rus karvonlarining asosiy 
qismi Orenburg guberniyasiga qarashli Troiskdan jo`natilardi. Chunki 
Orenburg liniyasiga O`rta Osiyoga savdo karvoni yuborish huquqi 
berilgan edi. Savdo karvonlari faqat Orenburg ma`muriyatining ruxsati 
bilangina jo`natilgan. Masalan, 1784- yili 28- sentabrida qozonlik tatar 
savdogari Is’hoq Galiyev va fabrikant Murtazo Ismoilov Orenburg 
guberniyasi chegara ishlari boshlig’idan Troiskdan o`z gumashtalari 
orqali Toshkent, Xo`jand, Buxoro va Qobulga bir yil muddat bilan savdo 
karvoni jo`natishga ruxsat so`raganlar. 1787- yil sentabrda esa Moskva 
savdogari Dmitriy Ikonnikovning xodimi Mustafo Murtazin va Is’hoq 
Eshmurotovlar Orenburg ma`muriyatidan Troiskdan Toshkent, Ho`jand 
va Qashg’arga savdo karvoni jo`natishga ruxsat so`raganlar.
O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi savdo munosabatlari o`zaro 
tovar almashish usuli bilangina cheklanib qolmay, zaruriyatdan kelib 
chiqib bir-birlariga tovar qarz berish yo`li bilan ham olib borilgan. 
Masalan, toshkentliklar rus savdogarlaridan qarz (veksel)ga olgan 
mollarini O`rta Osiyo va qozoq elatlariga jo`natar yoki o`zlari bilan olib 
ketar edilar. 
XVIII asrning 80-90- yillaridan boshlab Sibirga, asosan, Ust-
Kamenogorsk bilan Semipalatinskga ko`chib kelayotgan toshkentliklar, 
buxoroliklar soni ko`paya boradi. Ular guruh-guruh bo`lib ko`chib kelib, 
Rossiya fuqaroligini qabul qilganlar. Bundan ko`zlangan ikki maqsad 
bor edi:
- birinchidan, Rossiya fuqarosi sifatida o`z savdo karvonlarining 
qaroqchilardan himoya etilishi yoki talangan mollarni ulardan undirib 
olish;
- ikkinchidan, boshqa masalalarda rus davlati mudofaasidan 
foydalanish, Rossiya shaharlarida erkin savdo-sotiq qilish huquqiga ega 
bo`lish. 
Masalan, 1789- yil boshlarida o`n nafar Toshkent savdogarlari 
Sibir ma`muriyatiga murojaat qilib o`zlarini Rossiya fuqaroligiga qabul 
qilish va Ust-Kamenogorskga ko`chib kelib o`rnashishlariga ruxsat 
so`raganlar. Ular o`z xatlarida ixtiyoriy ravishda Rossiya fuqaroligini 
qabul qilayotganliklarini ta`kidlab, savdo qilish uchun vaqti-vaqti bilan 
O`rta Osiyo shaharlariga borib kelishlariga ruxsat berish, o`z savdo 


51 
karvonlarini qaroqchilardan himoya qilish va boshqa janjalli masalalarda 
Rossiya fuqarosi sifatida ularga yordam berishni rus hukumatidan 
iltimos qilganlar. Ushbu xatda yanada o`zaro savdo-sotiqni rivojlantirib 
borishga hamda o`z hamshaharlarini Sibirga ko`plab jalb qilishlari qayd 
etilgan edi. Ushbu xat oxirida o`zlarini rus davlatiga sodiq bo`lajaklari 
hamda chet mamlakatlarda Rossiya uchun foydali biror narsa ko`rsalar 
yoki u haqda eshitsalar, albatta Sibir ma`muriyatiga bu to`g’rida xabar 
berishlarini qayd etganlar.
1792- yil sentabrda Sibir ma`muriyatining rus hukumatiga bergan 
ma`lumotiga ko`ra, Ust-Kamenogorskda 68 nafar, Semipalatinskda 12 
nafar toshkentliklar o`z oilalari bilan yashagan.
O`rta Osiyo savdogarlari Sibir shaharlarida, xususan o`zaro savdo 
munosabatlarini rivojlantirishda, rus hukumatini O`rta Osiyo, Qashg’ar, 
Xitoy va boshqa sharq mamlakatlari bilan savdoda muhim rol 
o`ynayotganlariga ularga berilayotgan yangidan-yangi imtiyozlar 
guvohlik beradi. Masalan, toshkentliklar 1788- yilda Sibir ma`muriya-
tiga yozgan arizalarida Xitoydan qaytayotgan 200 otdan iborat o`z 
karvonlarini Ust-Kamenogorskdan Semipalatinskga hech qanday 
to`sqinliksiz o`tishga ruxsat berishni va karvonlarni qaroqchilar 
hujumidan himoya qilishni so`raydilar. Ushbu arizada o`z iltimoslari 
qondirilmagan taqdirda Semipalatinskdan o`z vatanlariga qaytib 
ketishlari uqtirilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, toshkentliklar rus 
hukumati oldida ma`lum bir savdo yo`nalishida o`z o`rnilariga ega 
bo`lganlar. O`z navbatida rus hukumati toshkentliklar iltimosini 
qondirib, Sibir ma`muriyatiga toshkentliklarga nisbatan hech qanday 
g’ayriqonuniy harakatlarga yo`l qo`ymaslik to`g’risida buyruq bergan. 
Shuningdek, buyruqda toshkentliklarning bu liniyada erkin savdo qilish-
lariga xalaqit bermaslik, Sibir liniyasi atrofida ularni qozoq feodallari 
hujumidan saqlash, agar ular Sibir liniyasidagi savdo punktlarining 
biridan ikkinchisiga borib savdo qilishni istasalar, ularga to`sqinlik 
qilmaslik va ularni rus harbiy otryadi himoyasida kuzatib borish bilan 
rus hukumati xazinasiga savdodan kelayotgan foydani kamaytirishga 
yo`l qo`ymaslik ta`kidlangan.
Shuni ta`kidlash joizki, XVIII asr oxirida qozoq juzlari, ayniqsa 
O`rta juz ustidan rus hukumati ta`sirini kuchaytirish va uni Rossiya 
tobeligiga qabul qilish masalasi Rossiyaning Toshkent va u orqali O`rta 
Osiyo xonliklari bilan olib borilayotgan savdosini rivojlantirish nuqtai 
nazaridan qarala boshlanganligi ko`rinadi. 


52 
Shu maqsadda, rus hukumati qozoq juzlarida o`z ta`sirini 
kuchaytirish va uni Rossiya tobeligiga kiritishga urinadi. Pyotr I ham o`z 
davrida Rossiyaning Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalarida qozoq 
juzlarining tutgan muhim rolini e`tiborga olib, uni bu yo`ldagi darvoza 
deb bilgan edi
4
. 1731- yili Kichik qozoq juzining Rossiya tobeligiga 
kirishi o`zaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun yangi 
imkoniyatlarni vujudga keltirdi.
1734- yilda I.Kirillov rahbarligida ekspeditsiya tashkil qilinib, 
unga Orsk daryosi bo`yida shahar qurish, Orol dengizida kemachilikni 
tashkil etish va O`rta Osiyo shaharlariga hamda Hindistonga savdo 
karvoni jo`natish vazifalari yuklatildi. Oradan bir yil o`tgach, 1735- 
yilda Orenburg shahri barpo etildi. Keyinchalik bu shahar Samara va 
Yoyiq daryolari qo`shilgan joyga ko`chirildi. Aslida rus hukumati 
tomonidan Orenburg shahrini qurishdan maqsad O`rta Osiyo bilan 
Rossiya o`rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirishdan 
iborat edi.
Orsk daryosi bo`yida shahar qurishdan maqsad, - deb ta`kidlanadi 
1734- yil 18- mayda I.Kirillovga berilgan buyruqda, - Kichik qozoq 
juzini tobelikda tutish hamda savdo-sotiqni kengaytirishdan iboratdir. 
Shuningdek, buyruqda yangi quriladigan shaharga buxorolik, xivalik, 
toshkentlik va boshqa savdogarlarni jalb etish hamda shu yo`l bilan bu 
yerda savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida ularga Orenburgga kelib 
o`rnashish va uch yil mobaynida, ya`ni 1735-1738- yillarda bojsiz savdo 
qilishga ruxsat berilganligi ham uqtiriladi.
1795- yili Sibir qo`shinlari qo`mondoni general-leytenant G.G. 
Shtrandman general-prokuror A.N Samoylovga yuborgan bildirishida, 
“O`rta juzni Rossiya tobeligiga qabul qilish bilan bizning chegaramiz 
bevosita Toshkent, Buxoro va boshqa ularga yaqin bo`lgan mamlakatlar 
chegaralari bilan yaqinlashadi. Bu esa Toshkent va Buxoro karvonlarini 
bizning chegaramizga kelishi uchun xavfsizlikni ta`minlaydi. Bu o`z 
navbatida bu yerda – Sibirda savdoning gullab-yashnashiga olib keladi” 
– degan edi.
1799- yil 23- dekabrda Rossiya imperatorining “Osiyo xalqlari 
bilan savdoda tovar oborotini rivojlantirish to`g’risida”gi farmoniga 
asosan Osiyo davlatlariga Rossiyadan oltin va kumushdan zarb qilingan 
chet el tangalarini, temir va undan qilingan turli buyumlar, mis (yaxlit va 
4
Ma`lumki, qozoq urug’lari ma`muriy jihatdan uchga, ya`ni Katta, O`rta, Kichik juz yoki 
o`rdaga bo`lingan edi. XIX boshiga oid ma`lumotga qaraganda, Katta juz 70000, O`rta juz 
159400, Kichik juz 165700 ga yaqin qozoq oilasidan iborat bo`lgan - mulliflar. 


53 
buyumlar shaklida), qo`rg’oshindan qilingan idishlar va g’alla 
chiqarishga ruxsat berildi. Ammo farmonda Rossiyadan chetga qurol-
yaroq olib chiqib ketilishiga yo`l qo`ymaslik uqtirilgan. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin