Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix04.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152062
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi manbashunosligi

 
Tayanch so`zlar
“Toshkent mollari”, miltiq dorisi (porox), qurol-aslaha, mo`yna, 
Buxoro 
savdogarlari, 
I.Kirillov 
ekspeditsiyasi, 
qozoq 
juzlari, 
Kuchumxon, Sibir xonligi, Tobolsk, paxta, boj tizimi, savdo yo`llari, 
Orenburg, “Ayirboshlash saroyi”, “Katta chizma”. 


63 
Nazorat savollari
1.
Turkiston xonliklari Rossiya bilan savdo aloqalari olib borishdan 
qanday manfaatdor bo`lganlar? 
2.
Turkiston va Rossiya o`rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni 
shakllantirish uchun qanday shart-sharoitlar yuzaga kelgan edi? 
3.
O`zbek xonliklari va Rossiya o`rtasidagi savdo munosabatlarida 
qozoq juzlari qanday o`rin tutgan? 
4.
Turkiston xonliklaridan qaysi biri Rossiya bilan amalga oshirilgan 
savdoda yetakchi o`rin tutgan?
 
5.
Turkiston va Rossiya o`rtasidagi savdo aloqalarida tatarlar qanday 
o`rin tutganlar? 


64 
4-MAVZU: TURKISTON ROSSIYA IMPERIYASI 
MUSTAMLAKA TIZIMI SHAROITIDA 
Reja: 
1.
 
Harbiy-ma`muriy mustamlaka boshqaruvining joriy etilishi. 
2.
 
Mahalliy aholi haq-huquqlari va milliy qadriyatlarining poy-
mol qilinishi. 
3.
 
Turkistonda Rossiya imperiyasining savdo-sotiq siyosati va boj 
tizimi.
 
1. Harbiy-ma`muriy mustamlaka boshqaruvining joriy etilishi. 
XIX asr o`rtalarida dunyoni yetakchi kapitalistik davlatlari yangi yerlar, 
xom-ashyo bazalari va o`z mollarini sotish uchun bozorlarni egallashga 
intilishi Rossiya imperiyasi ham yangi bosqinchilik yurishlarga undadi. 
Rossiya imperiyasini bosqinchilik siyosatining asosiy ob`ektlari O`rta 
Osiyo xonliklari bo`ldi. O`sha davrdagi O`rta Osiyo xonliklarini 
mintaqada yakka hukmronlikka intilishi, mavjud siyosiy parokanda-
likdan foydalanib, Rossiya imperiyasi tomonidan xonliklar hududi qisqa 
muddatda birin-ketinlik bilan bosib olindi. Shu bilan birga mustam-
lakaga aylantirish bilan bir qatorda xalqni ma`naviy hayotiga ham jiddiy 
putur yetkazdi.
Rossiya imperiyasining XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi O`rta 
Osiyodagi strategik rejalarini tahlil etish zarur. Bu bosqinga XIX asrning 
birinchi yarmidayoq jiddiy kirishildi. Bosib olishga harakat Qo`qon 
xonligi hududiga vaqti-vaqti bilan bostirib kirish, keng ko`lamda 
josuslik ishlarini olib borish, Sirdaryoni quyi oqimlaridagi Raim (1847), 
G’arbiy Sibir tomondagi Kopal (1847), Oqmachit (1857), Olmaota 
yaqinidagi Verniy (1854) kabi strategik qulay mudofaa inshootlarini 
qurish bilan birga qo`shib olib borildi. Bunday mudofaa inshootlari 
Rossiyani Buxoro amirligi, Xiva va Qo`qon xonliklariga yanada 
chuqurroq kirib borishiga zamin yaratdi. Bosqinchilik yurishlarini avj 
olishi uchun xalqaro omil – Rossiya va Angliya o`rtasidagi keskin 
raqobat ham muhim ahamiyat kasb etdi. Rossiya imperiyasi 
qo`shinlarini bosqinchilik harakatini tayyorgarlik bosqichi O`rta Osiyo 
xonliklarini iqtisodiy ekspluatatsiya qilish bilan qo`shib olib borildi. Bu 
yangi savdo bozorlari va xom-ashyo bazasiga ehtiyoj sezayotgan 
Rossiya savdo sanoat doiralarini hukumat siyosatini qo`llab-
quvvatlayotganidan darak beradi.
 
Rossiya hukumati Turkistonni boshqarishda bir-biri bilan uzviy 
bog’liq bo`lgan ikki tamoyilni muvofiqlashtirishga majbur bo`ldi. 


65 
Buning birinchisi – mintaqada iloji boricha Rossiya tartiblarini tezroq 
o`rnatish, ikkinchisi – o`z an`analari va turmush tarzida tub burilish 
bo`lishini xohlamaydigan xalqlar bilan munosabatlarini qanday qilib 
o`rnatish edi. Tabiiyki, Turkistonni boshqarish va undan siyosiy va 
iqtisodiy foyda olishning birdan bir yo`li, umuman Rossiyaning 
tuzilishini yanada aniqrog’i metropoliya tomonidan imperiyaning 
boshqa mustamlakalarida o`z ifodasini topgan boshqaruv usuli bo`lib, u 
Volgabo`yi, Sibir, Qozog’iston, Qrim, Kavkaz va boshqa bir qator 
joylarda Markaz manfaatlarini to`la ta`minlab turardi. Turkistonni 
iqtisodiy jihatdan to`la qaram qilishda bu yerda o`rnatiladigan boshqaruv 
usuli muhim ahamiyatga ega edi. Shuning uchun ham Rossiya 
imperiyasi Turkistonda boshqaruvni tashkil qilishga uni bosib olgan 
davrdan boshlab kirishdi. Shu o`rinda Rossiya senatori K.K.Palenning 
Turkistondagi mustamlakachi ma`muriyatining maqsadlarini ifodalovchi 
quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin: “Rossiyaga

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin