2. Mahalliy aholi haq-huquqlari va milliy qadriyatlarining
poymol qilinishi.
Ko`pgina o`zgartirishlar qatori o`lkadagi sud tizimiga
ham katta e`tibor berildi. Unga ko`ra o`lkadagi mavjud sud tizimlari
saqlab qolingani holda unga ayrim o`zgartirishlar kiritildi. Tuman
sudlari bekor qilinib ularni o`rniga murosa (mirovoy) sudlar tashkil
qilindi. O`lkada viloyat sudlari tashkil qilinib, ularga mirovoy sudyalar
vazifalari yuklatildi.
Viloyat sudi avvalgi viloyat boshqarmalari huquqlarini oldi va
murosa sudlari hal etuvchi masalalarni ko`rish huquqiga ham ega bo`ldi.
Viloyat prokurori va uning o`rindoshi, sud tergovchisi lavozimlari joriy
qilindi. Nizom rasmiy ravishda sud hokimiyatiga mustaqillik bergan
bo`lsa ham, amalda u bir butun hokimiyatni o`z qo`llarida tutgan harbiy
ma`muriyatning kuchli ta`sirida qolaverdi.
Imperiya sudlarida rus hokimiyatiga bevosita va bilvosita qarshi
qaratilgan mahalliy aholi vakillari ishlari ko`rilgan. Noqonuniy ishga
qo`l urgan o`zbeklarni ishlari shu sudlarda ko`rilgan.
1886- yilgi Nizomni joriy qilinishi bilan mustamlaka ma`muriyati-
ning iqtisodiy sohadagi funksiyalarini asta-sekin cheklanish jarayoni
boshlandi. Bu harbiy vazirlikka emas, balki boshqa mahkamalarga, eng
avvalo moliya vazirligi, dehqonchilik va davlat mulklari vazirligi, ichki
ishlar vazirligiga bo`ysundiruvchi ko`plab boshqarmalarni tashkil
qilinishida o`z aksini topdi. Bu bilan Rossiya imperiyasi o`z mustamlaka
mulklarining daromadlarini oshirishni ko`zlagan edi. 1886- yilda
Toshkentda aksiz boshqaruvining ochilishi ham aynan shu ishga
ko`maklashishi lozim edi. Shu davrda Rossiya davlat banki va tijorat
banklari filiallari tarmog’i yanada kengaydi. 1890- yili Samarqandda,
1893- yili Qo`qonda, 1894- yili Buxoroda Buxoro bankining filiallari
ochildi. Shunday qilib o`lka boyliklarini jon - jahdi bilan tashib ketishga
asoslangan boshqaruv joriy qilindi.
Boshqaruvda tub aholi vakillarining faoliyat doirasi ijtimoiy –
iqtisodiy sohanigina qamrab olib, ularni siyosiy faoliyat olib borishiga
yo`l qo`yilmagan.
Mustamlakachi hukumatning ma`muriy-hududiy sohadagi olib
borgan bunday siyosati natijasida o`lkadagi turli millat, elat va
urug’larni har xil ma`muriy-hududiy birlashmalarga bo`lib yuborilgan.
Bunda mustamlakachilarning “Bo`lib tashla, hukmronlik qil” shiori
asosida ish olib borgani aniq ravshan bo`ladi. Bu hol aholining
ko`chmanchilik munosabatlari asosida shakllangan boshqaruv tizimining
tarixiy - milliy an`analariga ta`sir qilgan. Xususan, bir urug’ tarkibida
73
bo`lib kelgan aholi turli ovul, volost, uyezd, hattoki turli viloyatlar
tarkibiga bo`linib ketgan. Binobarin, Turkistondagi imperiyani bo`linish
sohasidagi siyosati o`troq aholini hududiy bo`linishiga nisbatan
ko`chmanchi aholida ko`proq o`zgarishlar bo`lgan.
O`rta Osiyoni zabt etilgan hududlari qattiq nazorat va tobelikda
ushlab turilgan. Mahalliy aholi vakillari boshqaruvining quyi bosqichi-
dagi volost boshlig’i, qishloq oqsoqoli, qo`rboshi, ellikboshi, o`nboshi,
mirobboshi, ariq oqsoqoli, mirob, qozi, mirshab singari lavozimlarda
ishtirok etganlar. Lekin, boshqaruvning quyi bosqichidagi mahalliy aholi
vakillariga umuman mablag’ ajratilmagan.
Rossiya imperiyasi hukmron doiralari bosib olingan hududdan
mustamlaka sifatida foydalanishda va shu hududlarda o`z hukmronligini
to`liq o`rnatishda, mahalliy aholini tobelikda ushlab turishda o`sha
davrgacha mustamlakachilik sohasida jahon miqyosida to`plangan
tajribalar o`rganib chiqilgan, mustamlakachilik sohasida erishilgan
yutuqlardan unumli foydalanishga harakat qilindi. Masalan, Angliyaning
Hindistondagi mavjud, hududiy, diniy, etnik qarama-qarshiliklar,
ijtimoiy kelishmovchiliklardan foydalanish hamda, mahalliy boylar,
savdogarlar, ruhoniylarni o`z manfaatlari yo`lida xizmat qildirish
tajribalaridan to`la foydalanildi. Aytish mumkinki, bu sohada Rossiya
imperiyasining Turkistonda olib borgan mustamlakachilik siyosati
boshqa imperiyalarni o`z mustamlakalarda olib borgan siyosatidan farq
qilmagan.
Turkistonda joriy qilingan boshqaruv tizimi Rossiya imperiyasi-
ning markaziy rayonlaridan aholini o`lkaga ko`chirib keltirish siyosatini
amalga oshirishda muhim o`rin tutadi. Ko`chirib keltirish siyosatining
maqsadi mustamlakaga aylantirilgan hududlarda podsho hukumatini
mustahkamlash bo`lib, Rossiya Dumasi a`zosi Tregubovning fikricha,
“ko`chirishdan uchta maqsad ko`zda tutilgan, birinchidan markaziy
Rossiyadagi yersiz dehqonlarni yer bilan ta`minlash, ikkinchidan,
Turkistondagi hosildor yerlardan unumli foydalanish, uchinchidan va
eng asosiysi, imperiyaning chekka hududlarida Rossiya hukmronligini
mustahkamlashdan iboratdir”.
Rossiya imperiyasining ko`chirish siyosati natijasida “1882-1900-
yillarda Farg’ona viloyatida 20 dan ortiq rus posyolkalari tashkil
qilingan. O`n besh yil ichida esa oltmishdan ortiq posyolka paydo
bo`lgan”.
Turkistonga imperiyaning markaziy guberniyalaridan aholining
ko`chirib keltirilishi va hosildor yerlarning zo`ravonlik bilan tortib
74
olinishi ko`plab norozilik harakatlariga sabab bo`lgan. Turkistonga
imperiyaning markaziy rayonlaridagi aholining ko`chirilishining yaxshi
va yomon taraflari bor edi. Turkistonda tashkil qilingan mustam-
lakachilik boshqaruv tizimi o`lkaning yer zahiralari va qazilma
boyliklari, paxta xom-ashyosini Rossiya sanoati manfaatlari uchun
xizmat qildirish vazifasini bajardi. Bu holat o`lkadagi ishlab
chiqarishning umumiy taraqqiyotiga to`sqinlik qilib, bir tomonlama,
ya`ni mustamlakachilarning iqtisodiy manfaatlariga bo`ysundirildi.
Bunday siyosat o`lkadagi boylarning talon-taroj qilinishiga, yerli
aholining ahvolini yomonlashishiga, paxta yakkahokimligini vujudga
kelishiga va boshqa ekin turlarini qisqarib ketishiga olib keldi.
Xullas, Rossiya imperiyasining siyosiy, iqtisodiy sohalarda olib
borgan siyosati natijasida Turkiston o`lkasi XIX asr oxirida Rossiya
imperiyasining tom ma`nodagi mustamlakasiga aylangan.
Turkistondagi mustamlaka boshqaruv tizimi o`lkada soliq yig’ib
olishda ham muhim o`rin tutadi. Soliqlarni yig’ib olish va tartiblar
asosan avvalgidek saqlab qolingan. Ya`ni xonliklar davridagi soliq
yig’ish, daromad belgilash mezonlariga amal qilib mahalla oqsoqollari,
aminlar, qozilar yordamida soliq yig’ish tizimi saqlab qolingan. Asosiy
farqi yig’ilgan mablag’lar xon xazinasiga emas, balki general-
gubernatorlik xazinasiga tushgan.
Mustamlaka boshqaruv tartiblari, boshqaruv ma`murlarining
noqonuniy ish olib borishlari, tub joy aholisining kamsitishlar, shaxsiy
manfaatlari yo`lida suiste`molchilik va jabr-zulmlari ko`plab norozilik-
larga sabab bo`ldi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Rossiya
imperiyasi tomonidan Turkistonda joriy qilingan boshqaruv tizimi tom
ma`noda mustamlakachilik mohiyatiga ega bo`lgan Rossiya imperiya-
sining Turkistondagi ma`muriy hududiy boshqaruv sohasidagi siyosati
tahlili natijasida quyidagi xulosalarni keltirib chiqarishi mumkin:
– Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi
tomonidan harbiy asosda boshqaruv tartiblari joriy qilindi;
– joriy qilingan hududiy boshqaruv tartiblari o`lkada imperiyaning
siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan;
–
mustamlakachilikni dastlabki davrida o`lkada o`rnatilgan
boshqaruvning quyi bosqichida yerli aholi vakillari Rossiya imperiyasini
Turkistondagi siyosiy, iqtisodiy sohalaridagi rejalarini amalga oshirish
uchun quyi boshqaruvda “ijrochi” va ijtimoiy - iqtisodiy hayotni tartibga
solib turish uchungina saqlab qolingan.
75
Rossiya imperiyasi Turkistonni zabt etgandan mahalliy – yerli
aholi urf-odat hamda diniy e`tiqodlariga aralashmaslik siyosatini tutdi.
1865- yil iyunidayoq, M.G.Chernyayev tomonidan Toshkent bozorlarida
shahar aholisiga murojaat qilib, aholining urf-odat hamda e`tiqodlariga
dahlsiz bo`lishi, shuningdek, yerli aholini harbiy xizmatga chaqirmaslik,
xonadonlarni tortib olmaslik, shariat sudini saqlab qolish, o`zboshim-
chalik bilan aholini soliqqa tortmaslik va o`z so`zini isboti tariqasida
toshkentliklarni bir yilga hamma soliq va yig’imlardan ozod qilgan.
M.G. Chernyayev o`rniga tayinlangan harbiy gubernator D.I.
Romanovskiy birinchilardan bo`lib 1866- yildayoq hukumatga Turkis-
tonga koloniya sifatida qaramaslikni, o`lkani imperiyaning tarkibiy
qismiga aylantirish va Rossiyaning o`zida burjua islohotlari jarayonida
yuzaga kelayotgan davlat muassasalari tizimini bu yerda ham sekin-asta
yaratib borishni taklif qildi.
D.I. Romanovskiy Toshkent musulmon ruhoniylarining shaharning
quyi ma`muriyatiga ta`sirini cheklashga urinib ko`rdi. Ushbu maqsadda
uning tashabbusi bilan Toshkentda mahkama nomini olgan o`ziga xos
muassasa tashkil qilindi. Rasman u qozilik sudi o`rniga kelgan kollegial
sudlov organi hisoblanardi. Mahkama sudlov funksiyalari bilan bir
qatorda sof munitsipal funksiyalarni ham bajara boshladi.
1866- yili harbiy vazir D.A.Milyutinning tashabbusiga ko`ra joy-
larda ahvol bilan tanishish uchun, Turkiston viloyatiga maxsus komis-
siya jo`natildi. Uning a`zolari vaziyatni o`rganib chiqib, viloyatni
Orenburg general-gubernatorligidan ajratish va mustaqil boshqaruvni
tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi to`g’risida xulosa chiqardilar.
Orenburg general-gubernatori N.A.Krijanovskiy bunga o`z e`tirozida:
“...avval Rossiya tomonidan yangi qo`lga kiritilgan o`lkada mustahkam
o`rnashish, aloqa yo`llarini yaxshilash, Turkiston viloyatida ruslash-
tirishni amalga oshirish va shundan so`ng alohida boshqaruvni joriy
qilish lozim” deb hisoblagan.
Turkistonda yerli aholi tomonidan rus tilini o`rganishga intilish
juda yuqori darajada bo`lmagan. Masalan, Turkistondagi ta`lim
masalasi bo`yicha 1909- yil 27- avgustdagi majlisda general-leytenant
A.V. Samsonov ishtirokchilar e`tiborini o`lka bo`ylab yurganida
mahalliy aholi vakillari o`z ona tillarida murojaat qilganiga qaratib,
Turkiston zabt etilganiga 40 yildan ortganiga qaramasdan, shu paytiga
qadar rus tilini o`rganish musulmon aholisi orasida yetarli darajada emas
deb o`z afsusini bildiradi.
76
Ayni paytda Turkiston general-gubernatorligi ma`muriyati ham
mahalliy xalq tili, urf-odat, turmush tarzini o`rganish ishlariga befarqlik
bilan yondashganlar.
Rossiya imperiyasi o`z oldiga o`lka xalqiga yevropacha
sivilizatsiya olib kirish missiyasini qo`ygan edi. Ammo shuni qayd etish
lozimki, Rossiya imperiyasi o`z oldiga yerli xalq oldida birinchi
navbatda o`z-kuch qudratini ko`rsatish va undan keyingina hurmatga
sazovor bo`lish mumkin deya hisoblar edi. Bosqinchilikning o`ziga xos
xususiyatlaridan biri shu ediki, ruslar amalda Turkistonni zabt etishdan
avval o`lka aholisi, urf-odat, an`ana va tilini yaxshi o`rganmay bu
vazifalarni yo`l-yo`lakay (bosqinchilik jarayonida - mualliflar), joylarda
va hatto qo`lda qurol bilan o`rgandilar.
Rossiya imperiyasi Turkistonning yerli aholisini harbiy majburi-
yatdan ozod qilib, ulardan buni o`rniga pul yig’ishni joriy etgan. Nima
uchun Turkistonning yerli aholisi harbiy xizmatdan ozod qilingan, degan
savol tug’iladi? Chunki Rossiya imperiyasi ma`muriyati o`lkaning yerli
aholisiga qurol-yarog’ berishdan qo`rqqan. Yerli aholi qo`liga berilgan
qurol, oxir-oqibatda rus bosqinchilarining o`ziga qaratilishi ham
mumkin edi. Turkiston general-gubernatorligi tomonidan Rossiya harbiy
vazirligiga murojaat qilib, imperatordan nafaqat o`lka yerli aholisini,
balki o`lkaga ko`chib kelgan – kelayotgan rus aholisini ham askarlikka
jalb qilmaslik bo`yicha ruxsat olib berishni so`ragan. Chunki bunday
tartibni joriy etilishi, rus aholisini Turkistonga ko`proq ko`chib kelishga
undaydi, deb fikr yuritilgan. Bu murojaatlar natijasi o`laroq, 1890-
yildan boshlab Turkistonda tug’ilgan ko`chib keltirilganlar farzandlari,
ko`chib kelganlarning o`sha paytda yoshi 15 dan ortmaganlari harbiy
majburiyatdan ozod qilingan.
Turkistonni zabt etish jarayonida Rossiya o`z harbiylari sonini
yildan - yilga orttirib borgan. 1879- yil ma`lumotlariga ko`ra, Turkiston
harbiy okrugi tarkibini 1402 nafar yuqori bo`g’in zobitlari, 46465 nafar
quyi bo`g’indagi harbiylar tashkil qilgan. Agar o`sha paytda Turkiston
aholisi 3088119 kishini tashkil qilgan bo`lsa, bu o`lka aholisining 65
nafariga 1 nafar soldat to`g’ri kelganligidan dalolat beradi. Rossiya
imperiyasi qo`shinlarining ahvoli inglizlarning Hindistondagi holatidan
yaxshiroq holatda bo`lgan, chunki u yerda 3000 nafar hindga 1 ta soldat
to`g’ri kelgan.
Rossiya imperiyasi Turkiston aholisini bosqinchilarga qarshi bosh
ko`tarib qolishidan ma`lum darajada cho`chigan. Shuning uchun ham
Turkiston viloyatlarida mahalliy aholi tomonidan ruslarga qarshi
77
isyonlarga qarshi mudofaa ishlariga xristian erkaklardan zahira kadrlar
tayyorlashni maqsadga muvofiq deb topgan. Masalan, 1904- yilda “o`z-
o`zini himoya qilishga tayyorlash” ishlariga Sirdaryo viloyatida 3482,
Samarqand viloyatida 2056, Kaspiyorti viloyatida 2659, Farg’ona
viloyatida 1907, Yettisuv viloyatida esa 2543 va umuman Turkiston
o`lkasi bo`yicha 12647 nafar erkak xristianlar harbiy zahiraga
tayyorlangan.
Rossiya imperatori Nikolay II ning 1916- yil 25- iyundagi
“Imperiyadagi rus bo`lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida
mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo`llari qurish uchun olib
boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo`lgan
boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida”gi farmoni Turkiston
o`lkasida katta g’alayonlarni keltirib chiqardi. Bu haqiqiy ma`noda
Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi istibdodiga qarshi milliy
ozodlik kurashi edi.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko`ra, Turkiston o`lkasidan jo`natilgan
mardikorlarning 101600 nafari Rossiyaning Yevropa qismiga, 7405
nafari Kavkazga, 4000 nafari Sibirga va 10304 nafari Turkiston o`lkasi
hududiga ishlash uchun taqsimlangan. Turkistonlik mardikorlar shu
tariqa butun Rossiya bo`ylab tarqalgan.
Turkistonlik mardikorlarning 33687 nafari front yaqinidagi harbiy
mudofaa inshootlari qurilishida, 17100 nafari yirik sanoat korxonalarida,
28270 nafari yirik shaharlardagi turli korxonalar, zavod, muassasa va
pomeshchik imeniyalarida ishlashga taqsimlangan.
Dostları ilə paylaş: |