2. Rossiyadan ko`chirib kelingan aholining Turkistonda joyla-
shuvi va turmush tarzi.
Rossiya imperiyasining ko`chiruvchilik siyosa-
ti buyuk davlatchilik va mustamlakachilik tamoyillariga asoslanganligini
Turkistondagi yirik shaharlarni (Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo`qon
va boshqa) rus va mahalliy qismlarga bo`linishida hamda rus aholisi
yashayotgan hududda obodonlashtirish, boshqaruv ishlarga sarflanayot-
gan harajatlarni mahalliy aholidan undirilishida, mahalliy hunarmand-
lardan, yer egalaridan, o`troq va ko`chmanchi aholidan olinadigan turli
soliqlarning hajmini, savdogarlardan esa boj to`lovlarining bir necha
barobar oshirilishida ham yaqqol namoyon bo`lgan. Bundan tashqari,
mahalliy aholi muntazam ravishda ariqlarni tozalashga, kanallarni
qazishga va boshqa ishlarni tekin bajarishga majburan jalb etilar edi.
Metropoliyadan ko`chib kelgan aholiga bir qator imtiyozlar berilgan
bo`lib, mahalliy aholining zavod, fabrikalarda, boshqa korxonalarda
ishlovchi vakillariga to`lanadigan mehnat haqi rus ishchilaridan 40-50
foizga kam edi, ayrim korxonalarda esa bu farq 3-3,5 barobarga
yetgandi.
Turkistonga metropoliyadan aholini ko`chirish siyosati chinakam
mustamlakachilik mohiyatiga ega bo`lganligi kazaklarni, rus dehqonla-
rini oddiy (berdanka) miltiqlar bilan qurollantirish, 1882- yilgi Toshkent,
1898- yildagi Andijon qo`zg’olonlari, 1916- yilgi umumturkiston
qo`zg’oloni bilan bog’liq voqealar ko`rsatdi.
Umuman olganda, XX asr boshida o`lka tog’-kon sanoatida band
bo`lganlarning soni 8 ming kishidan ortiq bo`lib, bu sanoatning eng yirik
tarmog’i - paxtachilikdagidan 2,5-3 ming kishiga kam edi.
Qishloq xo`jalik mahsulotlari, mineral xom-ashyo, neft mahsulot-
larini ishlab chiqarish, ularni Rossiya imperiyasiga tashib ketish hamda
metropoliyadan Turkistonga qishloq xo`jalik mehnati qurollari, xo`jalik
anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa iste`mol mollarini keltirish
ko`payib borayotgan sharoitda, o`lka ma’muriyati Rossiya buyumlariga
mahalliy an`anaviy hunarmandlik ishlab chiqarishining raqobatini bosish
uchun ko`p choralar ko`rildi. Bu choralar shahar va qishloq
hunarmandlariga
solinadigan
soliqni
oshirish,
hunarmandchilik
96
buyumlari sotilishining yirik hunarmandlik ustaxonalari sohiblari
bo`lgan olibsotarlar qo`lida jamlanishi, Rossiya mollarini vaqtincha
arzon narxda sotishdan iborat edi. Bunday mustamlakachilik tajribasi
o`n minglab hunarmandlarning xonavayron bo`lishiga, an`anaviy
hunarlarning ko`plab turlari tugatilishiga hamda tub aholiga odatiy
bo`lgan arzon mollar o`rniga Rossiyaning qimmatroq mollarini sotib
olishga majbur bo`lishiga olib keldi.
Rus aholisini Turkistonga ko`chirib keltirib, tub aholi hisobidan
har tomonlama joylashtirish, shuningdek mustamlaka siyosati bilan
belgilab berilgan, mahalliy xalqlarga ijtimoiy, iqtisodiy, milliy zulm
o`tkazish, o`lka ma`muriyati joylardagi boshqaruv tuzilmalarini, 50
ming kishilik armiyani va shaharlarning rus qismlarini tub aholi
hisobidan ta`minlashni ko`zlagani mustamlakachilikning dastlabki
davridayoq soliqlar miqdori oshirilib, ularni yig’ish usullarining
keskinlashuviga olib keldi.
Masalan, Turkiston viloyati mavjud bo`lgan davrdayoq mustamla-
kachi ma`muriyat davlat hisobiga o`tkazilgan bo`lib, tub aholidan natu-
ral soliq tarzida olingan xo`jalik mahsulotlaridan rus armiyasini ta`min-
lash uchun foydalangandi. Turkiston general-gubernatorligi tuzilib,
Toshkent, Delisota, Pishpak, Verniy, Samarqand, Xo`jand, Yangi
Buxoro, Chorjo’y, Kattaqo`rg’on va Ashxabodda garnizonlar qurish,
shuningdek qator shaharlarda rus qismlarini bunyod etish zarurati tufayli
mustamlaka boshqaruv tizimi barpo etilgach, tub aholiga yangi soliqlar,
bir yo`la pul yig’imlarini solish, shu jumladan, ilgari hech qachon soliq
va o`lponga tortilmagan vaqf mulklaridan ham soliq olish boshlandi.
Imperiya amaldorlari Turkistonni ta`minlash uchun metropoliya
katta harajatlar qilayotgani haqida tez-tez gapirib, hatto 1861-1881-
yillarda bu harajatlar mustamlakadan olingan daromadlardan 100 milli-
on so`mga oshib ketganini ham ta`kidlashgandi. O`lkani 1882- yilda
taftish qilgan senator F. Girs Turkistonda ko`rilgan ziyon yiliga 85,5
million rublni tashkil etganini ko`rsatib, shu munosabat bilan: “Bu
pullarning katta qismi tub aholi tomonidan emas, ruslar tomonidan
to`langan va ayni mahalda, bu mablag’, shubhasiz, Turkiston tub aholisi
turmush farovonligini oshirgan” - deb yozgandi. F. Girsning bunday
xulosasi u rahbarlik qilgan komissiya tomonidan taftish jarayonida
aniqlangan quyidagi dalillar bilan aslo qovushmaydi: “Toshkentning rus
qismini ta`minlash uchun eski shaharda yashovchi har bir oila 1879-
yilda 3 tiyindan to`lagan”. F. Girsning o`zi tasdiqlaganidek, “Yangi
Marg’ilondan 12 chaqirim masofada joylashgan eski Marg’ilonda istiqo-
97
mat qiluvchi, yangi shaharga hech qanday aloqasi bo`lmagan aholi esa
har yili uni ta`minlash uchun 9 ming rublgacha to`lagan. Samarqand
Eski shahar qismining daromadi esa 4 ming so`mdan oshmasdi, lekin
Yangi Samarqandning barcha xarajatlari uning hisobidan qoplanardi.
Shaharlar xarajatini qoplashning bunday yo`li mahalliy aholining
noroziligiga sabab bo`lgan.
Senator F. Girs, keyinchalik graf N. Ignatev komissiyasi ham
mustamlakachi ma`muriyat soliqlar sohasida qilgan yangiliklari adolat-
sizlikdan iboratligiga tushungan holda, ilgari natural tarzda mavjud
bo`lgan ko`plab soliqlar o`rniga tub o`troq qishloq aholisidan, ko`chirib
keltirilgan ruslardan esa ular yer bo`laklarini olgach, besh yildan keyin
pul bilan olinadigan yagona davlat yer solig’ini joriy etish to`g’risida
taklif kiritishdi. Bunda Turkistonning tub musulmon aholisi, xuddi
ilgaridek, mahalliy ma`muriyatni, qozilarni, bo’limlarni ta`minlash
uchun zakot, o`lpon to`lashda, shuningdek sug’orish kanallari, ariqlari,
to`g’onlar, ko`priklar va shu kabilarni tozalash, tuzatish, qishloq va
mahallalarni obodonlashtirish ishlarini majburiyat sifatida bajarishda
davom etardi.
Mustamlakachi ma`muriyat o`lkaning ko`chmanchi, yarim ko`ch-
manchi aholisidan olinadigan soliq va o`lponni qisqa muddatda oshirib
yubordi. Agar 1865-1867- yillarda har bir o`tovdan olinadigan o`lpon
yiliga 1,5 rubl bo`lgan bo`lsa, 1868-1881- yillarda 2,75 rublga chiqdi.
1882- yildan esa 4 rubl miqdorida olina boshlandi. Bundan tashqari
ko`chmanchilarning har bir oilasidan (aslida yagona oila bo`lgan katta
va kichik avlod oilalarini ajratgan holda) mahalliy (zemskiy) ehtiyoj
uchun (shu jumladan ma`muriyat maoshi uchun ham) 1,25 rubl va
ko`pchiligi mutlaqo aloqador bo`lmagan rus-tuzem maktablarini ta`min-
lash uchun 0,5 rubldan olinardi. Soliq va o`lponlar to`lash masalasida
istisno yo`q edi.
Turkiston viloyati tuzilgunga qadar Orenburg va G’arbiy Sibir
general-gubernatorliklarining chegaralaridan tortib Toshkent vohasiga-
cha bo`lgan shaharlarga, harbiy istehkomlar atrofiga Rossiyadan aholi
ko`chib kelgan edi.
Tabiiyki, rus qo`shinlari ketidan kelgan harbiy ma`muriyat keyin-
chalik harbiy-xalq ma`muriyati yordami bilan shaharlarda, ayniqsa
qishloq joylarda juda yaxshi imkoniyatlarga va katta imtiyozlarga ega
bo`lishdi. Masalan, 1865-1868- yillarda Turkistonga ko`chib kelgan rus
dehqonlarini har bir oilasi 100 desatinagacha (109 gektar) dehqonchi-
likka yaroqli yerga va yaylovlarga ega bo`ldi hamda barcha to`lovlardan
98
ozod etilgan edi. O`sha yillarda ko`pchiligi rus savdogarlari mablag’i
bilan bu yerda ish boshlab (asosan spirtli ichimliklarni ishlab chiqish va
sotish), tez orada nihoyatda boyib ketishdi. Shulardan biri - D.L.Filatov
tomonidan Toshkentda va Samarqandda birinchi vino-aroq zavodlari
qurildi.
Albatta, Rossiya imperiyasi va mustamlaka ma`muriyati o`lkaga
xo`jalik jihatidan baquvvat dehqonlar ko`chishini xohlagan edilar. Biroq
XIX asrning 70-yillari va undan keyingi davrda tashkiliy tarzda
ko`chirilgan dehqonlar orasida, ayniqsa, o`zboshimchalik bilan ko`chib
kelganlar orasida bundaylari juda ozchilikni tashkil etishgan.
Shuni hisobga olib, imperiya hukmron mahkamalari Turkistonga
ko`chib borayotgan pravoslav e`tiqodiga mansub aholiga mumkin qadar
ko`proq ko`maklashishga harakat qilishdi. Bu borada harbiy xizmat
muddatini o`tab bo`lgan, ya`ni Turkistonda yashashni xohlagan soldat
va zobitlar ustuvor e`tiborga sazovor bo`lishgani tabiiydir.
XIX asrning 60- yillaridan keyin imperiya hukmron doiralarida
metropoliyadan ko`chirilganlar yer bilan ta`minlangan va yana yuz
minglab ko`chirilganlar oladigan yerlarni xususiy mulk qilib berish
to`g’risidagi masala ancha uzoq muhokama qilingandi. Lekin Yettisuv,
Sirdaryo viloyatlarini boshqarish 1867- yil 11- iyuldagi Nizom loyihasi-
da agrar munosabatlar borasidagi masala uncha yoritilmagani, birinchi
general-gubernator K.P. fon Kaufmanga esa mazkur Nizom loyihasida
ko`rsatilgan asoslar qo`llanib, unda o`lka tuzumi uchun foydali va zarur
deb e`tirof etilgan barcha chora-tadbirlarni ko`rish huquqi berilgani
sababli yer mulki to`g’risidagi masala deyarli 15 yil davomida general-
gubernatorning ko`rsatma harakteridagi farmoyishlariga muvofiq, lekin
ko`pincha ancha erkin-rus amaldorlari ixtiyoricha hal qilib kelindi.
Farg’ona viloyatining qishloq joylarida yashovchi rus aholining
moddiy ahvoli, asosan, Andijon va Namangan uyezdlarida birinchilar
qatorida tashkil qilingan poseleniyelarda yuqori darajada edi. Masalan,
Andijon uyezdidagi Nikolayevskoye nomli qishloq, Namangan
uyezdidagi Uspenskoye qishloqlaridagi har bir xo`jalikka 14,5 desyatina
ekinga yaroqli hamda 3 desyatina yaylov yerlari to`g’ri kelgan. Umuman
esa, Farg’ona va Samarqand viloyatlarida rus qishloq aholisi shu viloyat-
lardagi barcha aholining 0,05 foizini tashkil etgan holda shaharlarda
yashovchi rus aholining turmush darajasidan past darajada bo`lgan.
Metropoliyadan ko`chib kelgan aholi mustamlakachilikning
ishonchli tayanchi bo`lishi uchun nafaqat moddiy, balki madaniy
ustunligini ham ta`minlash zarurligini yaxshi bilgan holda, Rossiya
99
imperiyasi va o`lka ma`muriyati masalaga jiddiy yondashgan edilar. Bu
borada qiyinchiliklar ko`p edi. Chunki metropoliyadan ko`chib kelgan
aholi, ayniqsa kazaklar va rus dehqonlari, savodsiz bo`lganligi sababli
farzandlarini o`qitish ahamiyatini tushunmagan. Rossiyaning o`zida esa
qishloq joylarda aholi o`z farzandlarini cherkov qoshidagi 3-4 yillik
maktablarda o`qishiga rozi bo`lgan, shaharlarda asa aholining mulkdor,
moddiy jihatdan ta`minlangan qatlamlarga mansub aholining farzandlari
boshlangich maktablarga va o`rta ta`lim gimnaziyalariga ko`proq jalb
etilgan.
Keyingi davrda Samarqand, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlariga
metropoliyadan birinchi navbatda baquvvat qishloq aholisini ko`chirish
ancha kengaydi. Rossiya imperiyasi harbiy vazirligi qoshida 1900- yilda
tuzilgan maxsus komissiya o`lka iqtisodiyotidan, ijtimoiy imkoniyat-
laridan Rossiyaning ichki iqtisodiy, ijtimoiy muammolarini hal etishda
faolroq foydalanishga qaratilgan turli loyihalarni ishlab chiqqan edi.
Shulardan biri Turkistonda paxta yetishtirishni oshirish edi.
1904- yil 6- iyunda Sibirga, Turkistonga va Dasht o`lkasiga rus
qishloq aholisining erkin ko`chishi to`g’risidagi qonun e`lon qilindi.
Ayni vaqtda, dehqonchilik va davlat mulklari bosh boshqarmasi
Turkiston tub aholisi uchun ortiqcha deb topiladigan yerlarni musodara
qilish, tortib olish masalasi bo`yicha bir qator takliflarni tayyorlagan edi.
Biroq 1904-1905- yillargi rus-yapon urushi bu boradagi rejalarni,
umuman, agrar islohotlarni amalga oshirishga to`sqinlik qildi. 1906- yil
9- noyabrda e`lon qilingan agrar islohot Rossiyaning ichki guberniya-
larida dehqonlarning ahvolini og’irlashishiga olib keldi va ularni chet
o`lkalarda najot istashga undadi. Shuning uchun ham ko`chiruvchilik
harakati kengayib boraverdi.
Masalan, Farg’ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida ko`chirib
keltirilayotgan va o`zboshimchalik bilan ko`chib kelayotgan rus aholisi-
ni ta`minlash uchun 1906-1910- yillarda 4432 desyatina sug’oriladigan
yerlar tub aholidan tortib olindi. Bu yerlarda 8 mingdan ko`proq
ruslarning yangi posyolkalari barpo qilindi.
Bu qonun, aslida, ko`chirib keltirilganlar, asosan pravoslav
e`tiqodidagilar tomonidan tub qishloq aholi yerlari, mehnat qurollari va
ko`pincha mol-mulkining ham tortib olinishini rasmiy ravishda
rag’batlantirib borganligini manbalarda uchratish mumkin.
Rossiyadan ko`chib kelayotgan dehqonlarga beriladigan sug’ori-
ladigan yerlar bo`lmagani va 2 mingdan ortiq oilalar yersiz bo`lgani
uchun Turkiston o`lkasiga 1907- yildan aholini ko`chirish taqiqlandi.
100
Lekin keyingi jarayonda ham metropoliyadan yana aholi ko`chib
kelaverganligini kuzatish mumkin. Masalan, Sirdaryo viloyatining
Avliyoota uyezdida 1906-1910- yillarda 18 ta, Chernyayev uyezdida 19
ta, Toshkent uyezdida 19 ta, Perovsk uyezdida 3 ta, Samarqand
viloyatida 5 ta, Kaspiyorti viloyatida 10 ta, Farg’ona viloyatida 12 ta
yangi rus posyolkalari paydo bo`ldi.
1910- yil 19- dekabrda qabul qilingan qonunga ko`ra, Turkistonga
ko`chirib keltirilayotgan, aksariyat hollarda o`zboshimchalik bilan ke-
layotgan rus aholisi tub millatli dehqonlardan, ko`chmanchi chorva-
dorlardan zo`rlik bilan tortib olish yo`li bilan yerli bo`lgan. Shu bilan
birga, Mirzacho`lning Xo`jand uyezdiga qarashli qismida, 1913- yilda
Romanov kanali ishga tushirilgach, bu yerga ko`chib keluvchi har bir
oilaga 8-10 desyatinadan sug’oriladigan yer berilishi tufayli tez orada 6
ta rus posyolkalari tuzildi.
Eng asosiysi, Rossiya imperiyasi va mustamlaka ma`muriyati 50
ming kishilik rus armiyasini saqlab qolib, oshkora mustamlakachi va
buyuk davlatchilik, shovinistik hokimiyat tizimini yaratishga Rossiya
imperiyasi Turkistonning deyarli 600 ming desyatina sug’orma, deyarli
2 million desyatina sug’orilmaydigan yerlariga zo`rlik yo`li bilan
metropoliyadan 750 mingga yaqin rus dehqonlari, kazaklar va shahar
kambag’allarini ko`chirib keltirib, joylashtirishga erishdilar.
Aholining ijtimoiy, ma`naviy manfaatlariga, madaniyatiga nisbatan
tashkiliy, mafkuraviy yondashuvi oldindan ishlab chiqilmagandi. Biroq
ularning mazkur manfaatlarni inkor etish niyati istilodan oldinroq
ma`lum edi. Milliy madaniyatni esa, iqtisodiyot singari, buyuk
davlatchilik maqsadlariga bo`ysundirish nazarda tutilgandi.
Ilk pallada Rossiya hukmron doiralari mustamlakachi ma`muri-
yatning Turkiston uchun maxsus mo`ljallangan yondashuv va faoliyat
uslublari bo`lmaganligini quyidagicha izohlash mumkin: imperiya
hukumati G’arbiy Yevropa davlatlari, eng avvalo Buyuk Britaniya va
Fransiya bilan munosabatlar yanada murakkablashib ketishidan
xavfsirab, XIX asrning 60- yillari boshida qozoq juzlariga kirib borish-
dan tashqari, Qo`qon xonligi hududining katta qismini istilo etish bilan
vaqtincha kifoyalanish niyatida edi. Ustiga ustak, 1865- yil 2- martda
Turkiston viloyati tuzilganidan keyin imperiya hukumati shu viloyat
o`rniga Rossiya imperiyasi protektorati ostida bo`lishi lozim bo`lgan
Toshkent xonligini tuzishni mo`ljallagan edi. Orenburg general-guber-
natori Krijanovskiy 1866- yil bahorida shu maqsadda Toshkentga
kelgandi. Biroq, bu faqat diplomatik nayrang edi, chunki Turkistonning
101
ichki ma`muriy-hududiy tuzilishining o`zi kelajakda sof harbiy
vazifalarni amalga oshirishga moslashtirilgan edi.
Turkiston ma`muriyati ko`chirib keltirilgan ruslarning mavjud
qishloqlari aholisi uchun chek yer hamda jamoa bo`lib foydalaniladigan
yer maydonlarini kengaytirish zarur deb hisoblagan chog’larda ham tub
aholiga nisbatan shafqatsiz choralar ko`rilgan. Masalan, 1913- yil
fevralda Sirdaryo viloyatidagi ko`chiruvchilik bo`limining mudiri
Avliyoota uyezdi boshlig’iga yo`llagan maktubida: “Maksimalovka
qishlog’ini yer bilan ta`minlash uchun 1911- yil dekabr oyida
Alekseyevka qishlog’ining aholi dehqonlari xususiy ijara sifatida
foydalanib turgan yerlarning 120 desyatinaga yaqin maydon tortib
olindi. Buning o`rniga, o`sha vaqtdayoq Alekseyevka qishlog’iga
noqonuniy bitim bo`yicha ijaraga olingan yer o`rniga, ushbu qishloqning
chek yerlarini yaxshilash maqomida 100 desyatinaga yaqin yerni qo`shib
berishga qaror qilingandi”,- deb yozgandi. Ko`rinib turibdiki, hokimiyat
tub aholidan tortib olingan 120 desyatina yerni Maksimalovka qishlo-
g’ida istiqomat qiluvchi ruslar manfaati uchun ajratib bergan,
Alekseyevka qishlog’ining aholisi uchun esa yana 100 desyatina yerni
ajratganligini qayd qilgan.
Shunday qilib, Turkistonning ma`muriy-hududiy bo`linishi, barcha
hokimiyat (davlat-boshqaruv, sud va boshqa) funksiyalarining yaxshi
qurollangan rus armiyasiga, politsiya kuchiga, kazaklarga, ya`ni qurol-
larga ega bo`lgan rus aholisiga, shuningdek shovinistik xarakterdagi
shafqatsiz qonunlarga hamda tub aholi orasidan chiqqan vakillarga
tayangan rossiyalik harbiylar qo`lida jamlanishi mustamlakachi
ma`muriyatga tub xalqlarni ma`naviy va jismoniy ezish bo`yicha
Rossiya imperiyasi belgilab qo`ygan muayyan siyosatni amalga oshirish
imkonini bergan. Binobarin, bu siyosatning ilk oqibati, tub aholining
tarixan tarkib topgan istiqomat hududlarini ma`muriy-hududiy jihatdan
viloyatlarga, uyezdlarga, volostlarga, shaharlarda esa Eski va Yangi
shahar qismlariga ajratib tashlash bo`lib, o`troq qishloq jamoalari,
ko`chmanchi aholining va qarindosh-urug’chilik xo`jalik aloqalari ham
bo`lingan edi.
Biroq, yuqorida aytib o`tilganidek, ko`chirib keltirilgan ruslarni
ma`muriy, hatto, tabaqaviy joylashtirish bilan bog’liq muammolar
yuzaga kelganida mustamlakachi ma`muriyat Turkiston tub aholisi
huquqlari, manfaatlarini oshkora oyoqosti qilgani holda lozim darajada
tez va aniq ish olib borardi. Ushbu mulohazani tasdiqlovchi diqqatga
loyiq misol bilan tasdiqlash mumkin. Rostov guberniyasidagi rus
102
dehqonlari istiqomat qiladigan qishloqdagi yerlarni Keniyskaya
stanitsasi kazaklariga berish zarurligi yuzaga kelganligi, Sirdaryo va
Amudaryo bo`limi, Kaspiyorti, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari
Nakaznoy atamanining iltimosiga ko`ra mazkur hududga ko`chirib
keltirishga rozilik berdi. Buning uchun Yettisuv viloyati Prjevalsk
uyezdi Oqsuy volostiga qarashli Kungay qishloqlaridagi qirg’izlar,
o`zbeklar va uyg’urlardan sug’oriladigan yerlarni tortib olib, rus
dehqonlariga berishga qaror qilindi. Boz ustiga, Dondan ko`chirib
keltirilayotgan 60 nafar dehqonning ishini hisobga olib, mazkur
boshqarma quyidagi qarorni qabul qildi: “Mablag’ni alohida ajratib, har
bir oilaga 25 rubldan berilsin, chunki yo`l xarajati uchun berilgan 1000
rubl qarz miqdori bu xarajatlarni qayta ko`chiriladiganlar uchun ziyon
keltirmay amalga oshirish imkonini bermaydi”.
Mustamlaka ma`muriyati tub aholidan ishlov beriladigan yerlarni
hamda yaylovlarni metropoliyadan ko`chirib keltirilganlarni joylash-
tirish, davlat yer fondini vujudga keltirish, buyuk knyazlari uchun
yerlarni mustamlakachilarcha tortib olish amaliyotini asosan kuch bilan
keng qo`llangan holda, sanoatchilar, banklar va savdo shirkatlari, Ros-
siya firmalarining manfaatli ishtiroki bilan dastlabki yigirma-o`ttiz yil
ichida Turkiston qishloq xo`jaligining ko`p tarmoqli universal xusu-
siyatini jiddiy ravishda o`zgartirib, markaziy Yevropa to`qimachilik va
yengil sanoatiga bo`ysundirilgan xom-ashyoga, eng avvalo paxtaga
ixtisoslashtirdilar. Turkiston ham, Buxoro amirligi va Xiva xonligi sin-
gari, asosan agrar mintaqa bo`lgani, aholisini ko`pchiligi natural xarak-
terdagi emas, balki bozorga yo`naltirilgan qishloq xo`jaligi va hunar-
mandchilik bilan shug’ullangani bois, tub xalqlar iqtisodiy mustaqil-
likdan mahrum etilgani, ishlab chiqarish kuchlarining bir yoqlama
rivojlanishiga olib keluvchi paxta yakkahokimligi o`rnatilgani, tub
qishloq aholisi orasida kam yerli va yersizlar soni keskin ko`payganligi,
uning kambag’allashuvi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik
siyosatining eng jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari sifatida keltirish
mumkin.
Rus dehqonlarini ziroatchilik hududlarda joylashtirish bilan bog’liq
bo`lgan temir plug, mexanik seyalkalar, o`rish mashinalari, mineral
o`g’itlar, bahorikor ekinlarga ishlov berish agrotexnikasi singari
yangiliklar esa ko`chirib keltirilgan rus aholi uchungina bo`lib, hukumat
ularni tashkiliy, siyosiy va moddiy qo`llabgina qolmay, qurol bilan ham
ta`minlab, o`zlarining “iqtisodiy” imkoniyatlarini oshirib bordi. Ahvol
bunday bo`lishiga qaramay tub qishloq aholisi jinoyatlarga moyil
103
bo`lmagani, halol mehnatga, jamoa, oila turmush an`analariga sadoqatini
yo`qotmagani va ustiga-ustak o`z turmush tarzi bilan Rossiyadan ko`chi-
rib keltirilganlarga muayyan ta`sir ko`rsatganligi g’oyat muhimdir.
Rossiya imperiyasining Turkistondagi ko`chiruvchilik siyosati va
amaliyoti imperiya va mustamlakachi ma`muriyatning o`lka tabiiy,
ishlab chiqarish va mehnat zahiralarini Rossiya imperiyasi Turkistonda
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotni o`z manfaatlariga butkul
bo`ysundirish bo`yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqdi, uning strategik
maqsadlari bilan bevosita bog’liq ko`p qirrali jarayon sifatida amaliyot-
ga tatbiq qildi.
Dostları ilə paylaş: |