Tayanch so`zlar
Ko`chirish siyosati, guberniya, kazaklarning ko`chirilishi, stanitsa,
metropoliya, tartibsiz ko`chish, Qorabolta, rus qishloqlari, poseleniye,
“o`tish guvohnomasi”, Dukchi Eshon qo`zg’oloni, Eski shahar, Yangi
shahar, desyatina, Avliyoota, Romanov kanali, Maksimalovka,
Alekseyevka, Nikolayevskoye.
Nazorat savollari
1.
Rossiya imperiyasining Turkistonga aholini ko`chirishdan ko`zlagan
strategik maqsadlari nimalardan iborat edi?
2.
Turkistonga rus aholisini ko`chirish jarayoni dastlab qachondan
boshlangan va kimning ko`rsatmalari asosida amalga oshirilgan?
3.
Rossiya imperiyasining kazak harbiylarini ko`chirishdan ko`zlagan
maqsadlarini gapirib bering.
4.
Turkistonning xorijiy davlatlar bilan chegara hududlariga asosan
kimlar ko`chirilgan?
5.
Turkiston general-gubernatorligi hududida Rossiya imperiyasining
necha ming kishilik qo`shini doimiy saqlangan?
6.
Turkistonga Rossiya imperiyasidan ko`chirib keltirilgan aholini
joylashtirish jarayonida qanday adolatsizliklarga yo`l qo`yilgan?
7.
Rossiyadan rus dehqonlarining Turkistonga ko`chirilishi qanday
oqibatlarga olib keldi?
104
6-MAVZU: TURKISTON VA ROSSIYA O`RTASIDAGI
MADANIY – MA`RIFIY MUNOSABATLAR
Reja
1.
Turkistonda matbuot, matbaa ishlarini tashkil etish va
rivojlantirishda rossiyalik matbuotchilarning o`rni.
2.
Milliy teatr san`atining vujudga kelishida Rossiya musulmon
teatr truppalari va aktyorlarining o`rni.
1.
Turkistonda matbuot, matbaa ishlarini tashkil etish va
rivojlantirishda rossiyalik matbuotchilarning o`rni.
Turkistonda
vaqtli matbuot va matbaa ishlarining yuzaga kelishi bevosita Rossiya
podsholigi istilosidan keyin yuzaga keldi. Toshkentda 1868- yilda
birinchi bosmaxona Turkiston general-gubernatorligi harbiy okrug
shtabi huzurida tashkil qilindi. Bu bosmaxona dastlabki davrda yaxshi
jihozlanmagan edi. Shu sabab faqat turli blankalar, ish qog’ozlari
bosildi. Mazkur bosmaxona gazeta nashr qilishga moslashmagani uchun
1869- yilda boshqa bosmaxona tashkil etildi. Bu yerda ishlash uchun
Rossiyadan harf teruvchilar chaqirildi. Ushbu bosmaxona 1870- yildan
arab harfi (shrifti)ga ham ega bo`ldi.
1870- yildan boshlab Turkiston general-gubernatori K.P. fon
Kaufmanning farmoniga asosan “Turkestanskiye vedomosti” gazetasiga
ilova tariqasida “Turkiston viloyatining gazeti” ham chop etila
boshlandi. K.P. fon Kaufman Peterburgdan mazkur gazetani nashr etish
uchun musulmon (arab) shrifti keltirishni iltimos qildi. Oradan 6-7 oy
o`tgach, Toshkentga tuyalarda (bu vaqtda hali temir yo`llar qurilmagan
edi – mualliflar) musulmon shriftlari bilan tatar mutaxassis harf
teruvchilari - Shaxingirey Bekqulov, Abdulatif Yavushev va Ali
Bektemirovlar kelishdi va birinchi o`zbek tilidagi gazetaning nashr
etilishiga bosh qo`shdilar. Shu o`rinda birinchi o`zbek matbuotchilari
qatoriga Sirojiddin Xo`jayev, Hamid Xo`jayev va Abdurahmon
Xo`jayevlarni kiritish mumkin.
“Turkiston viloyatining gazeti”ni tashkil etish va rivojlantirishda
Turkiston general-gubernatori tarjimoni Shohimardon Ibragimov va
general-gubernatorlik devonxonasi tarjimoni Muhammad Hasan
Chanishevlar katta jonbozlik ko`rsatdilar. Mazkur gazetaga 1872- yildan
Sh.Ibragimov, 1883- yildan boshlab qisqa muddat M.Chanishev muhar-
rirlik qildilar. Mazkur gazetaga 1883- yilning oxiridan 1917- yilgacha
etnograf, tarixchi va tarjimon N.P. Ostroumov muharrirlik qilgan. 1872-
yil 18- yanvardagi ma`lumotga ko`ra, Turkiston general-gubernatorligi
105
devonxonasi va “Turkiston viloyatining gazeti” tahririyatida Abdulla
Yaushev va Muhammad Kurmishev harf teruvchi bo`lib ishlaganlar.
1877- yilda S.I.Laxtin tomonidan tashkil etgan bosmaxona Tosh-
kentdagi dastlabki xususiy bosmaxona edi. Mazkur bosmaxona litogra-
fiya (toshbosma) jihozlariga ega bo`lib, mahalliy tilllarda ham kitoblar
nashr qilgan.
XIX asrning 70- yillari oxirlarida Turkistonda mahalliy aholi
vakillari tomonidan xususiy bosmaxonalar ochish boshlandi. Xususan,
1877- yilda Toshkentda, 1880- yilda Samarqandda, 1882- yilda
Namanganda va 1887- yilda Qo`qonda shunday bosmaxonalar tashkil
etilgan. Shubhasiz bu bosmaxonalar ishini tashkil etishda tatar
matbaachilari yetakchilik qildilar.
Esonboy Husaynboyev dastlabki o`zbek nashriyotchilaridan biri
hisoblanadi. Uning litografiyasi Toshkentda 1883- yilda ishga tushirildi.
Mazkur litografiya uchun asbob-uskunalar Rossiyadan 50 dan ortiq
tuyada keltirilgan.
1888- yilning oxirida Toshkentda S.A.Portsev tomonidan yana bir
bosmaxona ishga tushirildi. Umuman, 1868- yildan 1898- yilga qadar
Turkistonda matbaa korxonalarining soni 15 taga yetdi. Ulardan oltitasi
bosmaxona bo`lib, qolganlari litografiya yoki tipolitografiyaga ega
bo`lgan matbaa uylari edi.
Kitob nashr qilish yangi ishlab chiqarish munosabatlarining
mahsuli bo`lib, uning kashf qilinishi burjua jamiyati vujudga kelishiga
muhim shart-sharoit yaratgan edi. Binobarin, Turkistonda kitob
bosishning kech rivojlanishi uning iqtisodiy va texnik jihatdan qoloqligi
natijasi edi. Rossiya imperiyasi ma`murlarining Turkistonda vaqtli
matbuotni tashkil etishdan asosiy maqsadi hokimiyatni mustahkamlash,
Turkiston general-gubernatorligining obro`sini oshirish, mustamlakachi-
lik siyosatini amalga oshirish edi.
Rossiya imperiyasi mustamlakachilari boshqa sohalar kabi noshir-
lik ishlarida ham o`lkani ma`naviy jihatdan tobe qilish, ruslashtirish
siyosatini kuchaytirish kabi strategik vazifalarni hal etishda foydala-
nishga intildi. Ammo hukumatning tazyiq va taqiqlarga asoslangan
mafkuraviy va ma`muriy tadbirlariga qaramay, keng xalq ommasi,
milliy ziyolilar asriy an`analarni asrab qolishga intildilar, o`tmish
ma`naviy merosini boyitishga kirishdilar. Noshirchilik ishlarida milliy
taraqqiyot uchun o`ziga xos shafqatsiz kurash avj oldi.
Matbaachilik sohasidagi raqobatga chiday olmagan N.A.Kugelning
shtampgraver (o`ymakorlik ustaxonasi) bosmaxonasini 1907- yilda
106
Samarqandda faoliyat yuritayotgan aka-uka Ignatevlar litografiyasi
hamda Sliyanov va Nazarov matbaalari shirkatini G.Demurov litogra-
fiyasi o`ziga qo`shib oldi. Natijada 1908- yilda bu qadimiy shaharda
katta litografiya vujudga keldi. Bu yerda dastlab choy yorliq
(etiketka)lari bosmadan chiqarildi. 1904- yil 1- maydan V.M.Morozov
tashkilotchiligida rus tilida “Samarkand” gazetasi nashr etila boshlandi.
Unga avval N.V.Bototin, keyinchalik P.V.Pozdnyakov, G.D.Demurovlar
noshirlik qilishdi. 1906- yilda 16- yanvarda ushbu gazeta va bosmaxona
podsho senzurasi tomonidan yopildi. Ko`p o`tmay G.D.Demurov katta
jarima to`lab, bosmaxonani qayta ishga tushirishga muvaffaq bo`ldi.
Gazeta 1906- yil 5- fevraldan boshlab kundalik nashr – “Zarafshan”
nomi bilan chop etila boshladi.
1897- yil 14- oktabrda Farg’ona viloyati harbiy gubernatori, gene-
ral-leytenat Shvaykovskiy Turkiston general-gubernatoriga yozga xatida
vodiyda yashovchi yarim million kishilik rus aholisi uchun vaqtli
matbuotning o`ta zarurligini ta`kidlab o`tgan edi. Xuddi shu mazmunda-
gi xatlar general-gubernator nomiga Samarqand va Sirdaryo viloyatlari
harbiy gubernatorlaridan ham kelgan edi. Mazkur iltimosnomalar
natijasida yuqoridagi viloyatlarda ham vaqtli matbuot nashrlari yuzaga
keldi.
Kitob bosishning rivojlanishi Turkistonda maxsus senzura
qo`mitasi ta`sis etish ehtiyojini tug’dirdi. 1883- yilda N.P.Ostroumov
Turkiston o`lkasida ilmiy-adabiy faoliyatni “rivojlantirishni ko`zda
tutib”, Turkiston general-gubernatori huzurida mahalliy senzura qo`mi-
tasi ta`sis etishni taklif qiladi. Ammo bu taklif amalga oshmadi. General-
gubernator mahkamasidagi ma`murlar bu yerda bunday faoliyat uchun
asos yo`q deb hisobladilar. Garchi senzura qo`mitasi ta`sis etilmagan
bo`lsa ham, nashr etiladigan asarlar senzuradan o`tmasdan qolmas edi.
Turkistonda jadid matbuotining yuzaga kelishi shu davr uchun
katta progressiv hodisa edi. G’aflatda yotgan xalqni uyg’otish va uning
siyosiy-ma`naviy ongini yuksaltirishda davriy matbuotning muhim o`rin
tutishini anglab yetgan taraqqiyparvar jadidlar 1905- yil 17- oktabrda
Rossiya imperatori Nikolay II ning “So`z va vijdon erkinligi haqida”gi
Manifesti e`lon qilinganidan so`ng bu boradagi ishlarni jadallashtirib
yubordilar.
Rossiya imperiyasi hududida yashovchi turkiy xalqlar ichida o`zla-
rining milliy matbuotchiligiga birinchilardan bo`lib, tatar ma`rifatparvar-
lari tamal toshini qo`ydilar. Dastlab 1883- yili Boqchasaroyda “Tarji-
mon” gazetasi (tashkilotchisi va muharriri Ismoilbek G’asprali) chiqqan
107
bo`lsa, Manifestdan so`ng 1905- yil 29- oktabrdan “Qozon muxbiri”
(muharriri S.Alkin), 1906- yil 5- yanvardan Peterburgda “Ulfat” (muhar-
riri Abdurashid Ibragimov), 15- yanvardan Qozonda “Yulduz” (muharri-
ri Ahmad Hodi Maqsudiy), 1- fevraldan “Ozod” (muharriri A.Apana-
yev), 21- fevraldan Orenburgda “Vaqt” (muharriri Fotih Karimov) kabi
gazetalar dunyo yuzini ko`rdi.
Gazetalar nashrlarining birinchi yilida-
yoq Rossiya imperiyasi tobeligidagi turkiy xalqlar haq-huquqini tanita-
digan ko`plab maqolalar nashr etildi. Turkiston taraqqiyparvarlari bilan
yuqorida nomlari tilga olingan gazetalar o`rtasida keng ko`lamda
hamkorlik yo`lga qo`yilgan edi. Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulqodir
Shakuriy va boshqa turkistonlik taraqqiypavarlar maqolalarini “Vaqt”
gazetasida tez-tez ko`rinib turishi hamda gazetaning Kabir Bakir,
Ahmadjon Bektemirov, Nuriddin Sayfulmulukov, Mahmud Budayli kabi
muxbirlarining Turkistonda faoliyat olib borganliklari fikrimizni
isbotlaydi.
Turkistondagi milliy davriy matbuot, bosmaxona tashkilotchilari
asosan tatarlardan iborat bo`lgan. 1905-1906- yillarda Qozon badiiy
maktabida o`qigan Ismoil Obidov 1906- yili taniqli tatar matbaachilari
Sh.Muxtor, I.Aliyevlar bilan hamkorlikda Toshkentda “Taraqqiy” gaze-
tasini tashkil qildi. Shu yillarda (1905-1906- yy. - mualliflar) I.I.Geyer
muharrirligida mustamlakachi ma`muriyatning manfaatlarini himoya
qiluvchi aynan “Taraqqiy” nomli gazeta ham nashr etilgan.
“Taraqqiy” gazetasining birinchi soni 1906- yil 14- iyunda chiqdi.
Gazeta o`zining dastlabki sonidan boshlab Rossiyada sodir bo`layotgan
yirik voqealarni asosiy mavzu sifatida olib, ularni keng mehnatkash xalq
nuqtai nazaridan yoritishga harakat qildi. “Taraqqiy” o`z sahifalarida
podsho ma`muriyatining Turkistonda yuritayotgan mustamlakachilik va
zo`ravonlik siyosati, ijtimoiy haqsizliklarni ochib tashlashga qaratilgan
maqolalarni e`lon qildi. Jumladan, uning 1906- yil 30- iyul sonidagi
“Dunyo yig’uvchilari va mehnat qiluvchilari xususida” nomli maqolada
mehnatkash aholining xor-zorlikda, yuqori tabaqa vakillarining esa
rohat-farog’atda yashayotganliklarini achchiq satrlarda isbotlab beradi.
“Taraqqiy” gazetasi haftasiga ikki marta chop etilib, uning sahifa-
larida sharqshunos V.Nalivkin, yozuvchi va tarjimonlar Ismoil Aliyev,
Shokir Muxtorov, o`zbek ma`rifatparvarlari Mahmudxo`ja Behbudiy,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Nozimaxonim va boshqalar o`zlari-
ning o`sha davr ijtimoiy-siyosiy voqealariga bag’ishlangan maqolalari
hamda ilmiy ijod namunalari bilan qatnashib turdilar.
108
Ma`rifatparvarlik va ozodlik g’oyalarini o`ziga bayroq qilib olgan
“Taraqqiy” gazetasiga sun`iy ravishda mahalliy ulamolar tomonidan
bo`xton va tuhmatlar uyushtirildi. Tez orada ma`muriyat tomonidan
ta`qib ostiga olinib, matbuot nashri musodara etildi. Muharriri I.Obidov
esa qamoqqa olindi. “Taraqqiy” gazetasi atigi 72 kun umr ko`rgan
bo`lsa-da, uning 20 ta soni nashr etildi va Turkistonda milliy matbuot-
ning yuzaga kelishida o`ziga xos zamin hozirladi
9
. Oradan ko`p o`tmay
shu yilning 6- sentabridan Munavvarqorining “Xurshid”, 1907- yil 1-
dekabrdan Abdulla Avloniyning “Shuhrat” gazetalari chiqa boshladi.
“Taraqqiy” gazetasi yopilgandan so`ng oradan ikki yil o`tib, 1908-
yil apreldan yana bir tatar ma`rifatparvari Ahmadjon Bektemirov
muharrirligida “Osiyo” gazetasi nashr etila boshlandi. Gazetaning beshta
soni chiqqandan so`ng podsho ma`murlari tomonidan yopildi. Gazeta
sahifalarida Abdurashid Ibragimovning turkchilik va islomchilik masala-
lariga bag’ishlangan, boshqa jadid ziyolilarining Turkistonda maorif
tizimini isloh etish bo`yicha maqolalari bosildi.
I.Obidov va A.Bektemirovlarning gazetalari hukumatga qarshi
ruhda degan ayblov asosida yopilgan bo`lishiga qaramay, turkistonlik
tatarlar mahalliy gazetalar bilan hamkorlikni davom ettirdilar. Abdurauf
Muzaffar, No`shiravon Yaushev, Abdulla Begi, Mahmud Budayli va
boshqalar Turkistondagi boshqa milliy gazetalarda o`z maqolalari bilan
faol ishtirok etib bordilar. Tatar tarjimoni Gazi Nurmuhammad Usmo-
nov Obidjon Mahmudovning “Sadoi Farg’ona” gazetasi tahririyatida
faoliyat ko`rsatdi. Mashhur tatar siyosat arbobi Islom Shagiahmedov
“Turkestanskiy kray” gazetasining muharriri sifatida faoliyat ko`rsatdi.
1908- yil mashhur tatar ma`rifatparvari Abdurashid Ibragimov
Buxoroga kelib, qo’shbegi bilan bu yerda musulmoncha tipografiya
ochish to`g’risida muzokaralar olib borgan. Uning Buxoro amirligi
uchun foydali tomonlarini aytib o`tgan. Biroq qo’shbegi amir Abdula-
hadxon bilan bu xususda maslahatlashgach, uning xalqaro miqyosdagi
faoliyatidan cho`chib, bunga rozilik bermaganlar. Hatto A.Ibragimov-
ning tezroq Buxoro amirligidan chiqib ketishi uchun yo`l haqini ham
to`laganlar.
1909- yili To`raqo`rg’onda xalq qozisi Is’hoqxon to`ra Junaydul-
laxo`ja o`g’li tomonidan yangi tipo-litografiya ochilgan bo`lib, Naman-
gan shahrida hukumat va shaxsiy buyurtmalarni nashr etishga kirishgan.
Is’hoqxon to`ra tatarlar bilan do`stona munosabatda bo`lib, litografiyani
9
"Taraqqiy" gazetasi nashr etila boshlangan 27- iyun Mustaqil O`zbekistonda 1993- yildan
boshlab "Matbuot kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda - mualliflar.
109
ham ularning maslahatiga asosan ochgan edi. Uning yaqin yordamchisi
qozonlik tatar Abdulrauf Shagidullinov bo`lib, u litografiya ishini
yuritish bilan birga, shu yerda tashkil etilgan yangi usul maktabida
o`qituvchilik qilgan.
A. Shagidullinov keyinchalik o`z yurtiga qaytib ketib, 1918- yil-
ning may oyida Simbirskda “Ovul” nomli jurnal chiqarishni yo`lga
qo`ygan. Jurnal sodda turkiy tilda bo`lib, joylarda jamoalarga birlashib
ishlash, sud ishlari, do`konlar ochish, mayda jamiyatlar tuzish kabi
masalalar haqida ma`lumotlar berib borish bilan shug’ullanar edi.
Tatar ziyolilari matbaa ishlaridan tashqari Turkistonda yangi ruh-
dagi kitoblar, gazetalar savdosi va kutubxonalar tashkil etish bilan ham
shug’ullanganlar. Masalan, 1909- yil 18- avgustda Is’hoq Sharipov
Farg’ona viloyati harbiy gubernatori nomiga iltimosnoma yozib, Qo`qon
shahrida “Kashshofiya” nomli kitob do`koni ochishga ruxsat so`raydi.
Iltimosnomada yozilishicha, kitob do`konida kitoblardan tashqari kunlik
gazetalar sotilishi ham ko`zda tutilgan edi. I.Sharipov o`z iltimosnoma-
sida Qo`qon shahrida 1895- yildan beri yashayotganligi, 5 yil harbiy
xizmatni ham o`tab kelganligini aytib o`tgan edi. Farg’ona viloyati
harbiy gubernatori Qo`qon uyezdi boshlig’idan I.Sharipov shaxsi haqida
ma`lumot so`raydi. Qo`qon uyezdi boshlig’i I.Sharipovning “o`ta
panislomist” ekanligini ta`kidlab, kitob do`koni ochishdan maqsadi diniy
aqidaparstlik ruhidagi kitoblar savdosini yo`lga qo`yishi mumkinligidan
cho`chiyotganligini bildiradi.
1909- yil ma`lumotlariga ko`ra, Chustda 2 ta, Andijonda 18 ta,
Namanganda 20 ta, Qo`qonda 32 ta kitob do`konlari bor edi. Bu kitob
do`konlarida Bombey, Istanbul, Qozon, Toshkent va Qo`qonda nashr
etilgan 100 dan ortiq nomdagi kitoblar sotilar edi. “Tafsiru favoid”,
“Jazohil hikoyat”, “Abu ayn sina”, “Go`ro`g’li”, “Dur ul ajalb”, “Dur ul
majolis”, “Majo ul latif”, “Hikoyati latif” kabi kitoblar Qozonda, tatar
tilida chop etilgan edi.
1913- yilga kelib, Turkiston o`lkasi aholisi o`rtasida Orenburgda
chop etilayotgan “Vaqt” gazetasini o`quvchilar soni keskin ortishi
munosabati bilan mahalliy tatarlar mazkur gazetani Turkistonda ko`chi-
rib bosishni tashkil etishga harakat qilib ko`rdilar. Biroq hukumatdan
ruxsat olinmagach, bu ishlar to`xtab qoldi.
1917- yil fevral inqilobidan so`ng Turkiston jadidlarining tatar-
boshqird ma`rifatparvarlari bilan matbuot sohasidagi hamkorliklari
yangi bosqichga ko`tarildi. Nafaqat o`z millati, balki barcha turk-
musulmon dunyosi qayg’usi bilan yongan Ahmad Zaki Validiy, Po`lat
110
Soliyev, Kabir Bakir, Muxtor Bakir va boshqa tatar-boshqird xalqining
farzandlari Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok
etish bilan birgalikda o`zlarining quyidagi gazetalarini ham nashr
ettirdilar:
1.
“Ulug’ Turkiston” gazetasi - Toshkentda Kabir Bakirov va Sodiq
Abdusattorovlar muharrirligida 1917- yil 25- apreldan 1918- yil 30-
noyabrga qadar tatar tilida chop etilgan. Turkiston tatarlarining
markaziy sho`rosi va Toshkent tatarlarining “Ittifoq” jamiyati nashri
hisoblangan.
2.
“El bayrog’i” gazetasi - Qo`qonda Po`lat Soliyev va Ashurali
Zohiriylar muharrirligida 1917- yil 8- sentabrdan 1918- yil boshlari-
ga qadar Turkiston muxtoriyati hukumatining nashri sifatida o`zbek
tilida chop etilgan.
3.
“Farg’ona sahifasi” gazetasi – 1917- yil 15- martdan Namanganda
taniqli tatar matbuotchisi Xusayn Makayev tomonidan o`zbek tilida
nashr etilgan. Gazetaning 19 ta soni chop etilgan xolos.
4.
“Kengash” gazetasi - Toshkentda Ahmad Zaki Validiy To`g’on va
Munavvar Qori muharrirligida 1917- yil 25- iyundan 1917- yil
oktabrga qadar Turkiston musulmon markaziy sho`rosining nashri
sifatida chop etilgan.
5.
“Sho`roi Islom” gazetasi - Toshkentda A.Battol muharrirligida
1917- yil 16- maydan 1917- yil iyunga qadar “Sho`roi Islomiya”
tashkilotining nashri sifatida o`zbek tilida chop etilgan.
6.
“Chayon” jurnali – Toshkentda Xalif Tulakov va Ibrohim Tohiriylar
muharrirligida 1917- yil iyundan 1918- yil avgustga qadar Turkiston
milliy ishchilar sektsiyasining nashri sifatida tatar tilida chop
etilgan.
7.
“Cho`l chayon” jurnali – Toshkentda Ibrohim Tohiriy muharrirli-
gida 1918-1919- yillarda tatar tilida chop etilgan.
8.
“Xalq dorulfununi” - Toshkentda Muxtor Bakir (Bakirov) muharrir-
ligida 1918- yil 31- maydan boshlab Turkiston xalq univesitetining
nashri sifatida chop etila boshlangan.
Mazkur gazeta va jurnallar ichida mashhur tatar ma`rifatparvari
Kabir Bakir (Bakirov) muharrirligida nashr etilgan “Ulug’ Turkiston”
gazetasi alohida o`rin tutadi.
Kabir Bakir (1880-1938) o`zining jurnalistlik faoliyatini 1905- yil
2- sentabrdan Peterburgda tatar tilida Ataullo Boyazidov muharrirligida
chiqa boshlagan “Nur” gazetasida boshlagan edi. Keyinchalik u “Vaqt”
va boshqa gazetalarning muxbiri bo`lib ishlagan paytda ko`p marotaba
111
Turkistonda bo`lib, bu yerdagi hamkasblari bilan do`stlik rishtalarini
bog’ladi. 1917- yil fevral inqilobidan so`ng Toshkentga kelib, “Ulug’
Turkiston” gazetasining tashkilotchisi va muharriri bo`ldi.
“Ulug’ Turkiston” gazetasining birinchi soni “Turkestanskiye
vedomosti” bosmaxonasida 1917- yil 25- apreldan chiqa boshladi. Obu-
na uchun “g’azitaning bahosi yilliq 7 so`m, olti oyliq 4 so`m, uch oyliq 2
so`m 25 tiyin” narx belgilandi. Gazeta 4 sahifadan iborat bo`lib, uning
birinchi sahifasi yuqori qismida e`lon (reklama – mualliflar) undan
so`ng kunning eng muhim voqeasi bayon etilib, keyingi sahifalarda
“Telegraf xabarlari”, “Siyosiy ahvol”, “Adabiyot”, “Dohiliya xabarlari”,
“Turkiston xabarlari”, “Toshkand xabarlari” va yana oxirida e`lonlar
o`rin olgan.
“Ulug’ Turkiston” gazetasini chiqarish yo`lidagi iqtisodiy masala-
lar toshkentlik Rahim Tuminov, Latif Yavushev, Xalil Shirinskiy,
Safarali Sutushov va Muboraksho Eshimboyevlar tomonidan hal etilgan.
Toshkentda mashhur bo`lgan Yaushevlar oilasi ham gazetaning tashki-
lotchilaridan biri edi.
Dastlabki jarayonda “Ulug’ Turkiston” gazetasi o`z bosmaxonasi-
ga ega bo`lmaganligi sababli “Turkestanskiye vedomosti” bosmaxona-
sida chop etilgan va bu hol uning doimiy chiqib turishiga salbiy ta`sir
ko`rsatgan. 1917- yil dekabrdan boshlab, gazeta o`z matbaasiga ega
bo`lgandan so`ng uning haftada 3-4 marta chiqib turishiga imkoniyat
tug’ildi.
Iqtisodiy muammolarning kuchayib borishi gazeta sotuviga salbiy
ta`sir ko`rsatgan. Bu omil gezetani kengroq hududda sotishni taqazo
etardi. Shuning uchun ham 1918- yil boshlaridan “Ulug’ Turkiston”
gazetasini Toshkent temir yo`lining yirik stansiyalarida ham sotishni
yo`lga qo`yildi.
“Ulug’ Turkiston” gazetasini ko`rib chiqish jarayonida uning o`z
oldiga qo`ygan maqsadi Rossiya hududida yashovchi “turk-musulmon
xalqi”ni yagona millat yoki davlat (muxtoriyat)ga birlashtirish, ularni
(o`zbek, qozoq, tatar-boshqird – mualliflar) alohida-alohida muxtoriyat
tuzishlariga yo`l qo`ymaslik g’oyalari bilan uyg’unlashganligini ko`rish
mumkin. Xususan, gazetaning 1917- yil sonlaridan birida: “Hurriyat
e`lon qilinuv ila (1917- yil fevral inqilobi nazarda tutilmoqda –
mualliflar) Toshkanddagi no`g’oylar masjidida totor, sartiya va qozoq-
lardin iborat uch-do`rt ming kishilik bir miting’ yosoldi. Hurriyat va
yerklik hurmatina g’oyat ta`sirli nutqlar so`ylandi. Oxirida bir ovozdin
“Bitsun totorliq, sartiyaliq, qozoqliq! Yashasun musulmonliq va
112
turkliq!” deya fotiha qilindi. Mundin so`ng hech bir vaqt sartiya, qozoq,
totor deya turk bolalarini turli isminda yurutub ayirma yosomasqa qaror
berildi...” deya xabar beradi.
“Ulug’ Turkiston” gazetasining asosiy mavzularidan biri Turkis-
ton o`lkasida yashovchi tatarlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy
faoliyatlarini keng yoritib berishdan iborat edi. Gazetaning deyarli har
bir sonida Toshkentdagi Markaziy tatar sho`rosi, “Ittifoq” jamiyati,
“Muslimalar nashri maorif jamiyati”, Qo`qon, Kattaqo`rg’on, Samar-
qand, Buxoro, Andijon va Namangandagi tatar jamiyatlarining o`lka
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtiroki haqidagi xabarlar o`z ifodasini topar
edi.
1917- yil 3- aprelda tashkil etilgan “Ittifoq” jamiyati Toshkent
shahrida yashovchi tatarlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish
bilan birgalikda o`lka siyosiy hayotida ham faol harakat olib borgan.
1917- yil fevral inqilobidan so`ng Yangi Buxoro (Kogon)da
yashovchi tatarlar ham o`z jamiyatlarini tuzadilar va maktab qurish
uchun pul jamg’aradilar. Buxoro amiri Said Olimxondan maktab uchun
yer so`raydilar. Talabni qondirgan amir ularga yaxshi bir bino hadya
etish bilan birgalikda, shu binoni ta`mirlash uchun 20 ming rubl pul ham
beradi. Bu voqea Buxoroda yashovchi tatarlarning cheksiz quvonchiga
sabab bo`ladi. Mana shu vaqtdan e`tiboran eski Buxoroda ham tatar
jamiyatining sho`basini ochish uchun harakatlar boshlab yuboriladi.
1917- yil may oyi boshlarida Qozondan A.Battol va Ismoil abzi
Turkistonda matbaa ishlariga yordam berish uchun keldilar. “Ulug’
Turkiston” gazetasi tahririyati “…Qozon musulmonlarining shundayin
muhim zamonda Turkistondagi musulmon qardoshlarin eslarina olib
ko`rsatgan bu zo`r yordamlari” uchun ko`p minnatdorchilik bildiradi.
A.Battol va Ismoil abzi “Sho`roi Islomiya” tashkilotiga a`zo qilib
olinadilar. Ularning kelishi bilan “Turon” gazetasi chiqarilishi to`xta-
tilib, yangi “Sho`roi Islomiya” gazetasini chiqarishga qaror qilingan.
“Umid” (Ulug’ Turkiston) matbaa shirkati 1917- yilda ko`rgan
foydasidan 20 000 so`mni o`qituvchilar tayyorlash maktabiga topshir-
gan. Shirkat Nizomiga ko`ra, yillik ko`rilgan sof foydaning 20 foizi
idora a`zolariga berilishi kerak edi. Biroq idora a`zolari Rahim
Tuminov, Muhammadjon O`razayev, Alisafar Sutushov, Jaloliddin
Tojiddinov, Muxtor Bakir va Kabir Bakirlar o`z ulushlarini olmay
Markaziy tatar byurosi va “Ittifoq” jamiyati tomonidan ta`sis etilgan
o`qituvchilar tayyorlash maktabiga berishni lozim topganlar.
113
“Ulug’ Turkiston” gazetasining 1917- yil 24- dekabrdagi 46-soni-
dan boshlab, sarlavhada “Yashasun Turkiston Muxtoriyati” shiori paydo
bo`ldi. Turkiston Muxtoriyati tor-mor keltirilgandan keyin (1918- yil 18-
19- fevral) 21- martdan e`tiboran bu shior boshqa tarzda o`zgartirildi.
Albatta, bu bolsheviklarning ta`siri yoki tazyiqi ostida o`zgartirilgan
bo`lishi ehtimoldan xoli emas.
“Ulug’ Turkiston” gazetasi tahririyati xodimlari 1918- yil 23-
fevraldan maxsus jurnal chiqarishni rejalashtirganlar. Bu jurnaldan
keladigan foyda ochlikdan azob chekayotganlarga yordam ko`rsatishga
sarflanishi ko`zda tutilgan. Jurnalni chiqarishga toshkentlik boylar
qog’oz, muharrir va harf tyeruvchilar esa yozuv bilan yordam ko`rsatish-
lari ko`zda tutilgan. Mart oyida birinchi soni chiqariladigan bu
jurnalning bahosi 1 rubl qilib belgilangan.
Yuqoridagi ma`lumotlar Turkiston tatarlarining eng mas`uliyatli
paytlarda ham o`lka xalqlari bilan yelkama-yelka turib, sabot bilan
kurash olib borganliklarini tasdiqlaydi. Bolsheviklar rejimi o`rnatilib,
milliy taraqqiyparvarlarga nisbatan tazyiqlarning kuchayishi, moliyaviy
holatning yomonligiga qaramasdan, “Ulug’ Turkiston” gazetasi nashr
etilishda davom etgan.
1918- yil 28- aprelda Toshkentdagi barcha nashriyotlar sovet huku-
mati qo`liga o`tganligi e`lon qilindi. Shu jumladan, “Ulug’ Turkiston”
gazetasining “Umid” matbaasi ham barcha asbob-uskunalari bilan
hukumat tomonidan tortib olindi. Mazkur matbaa markaziy tatar byurosi
tashabbusi bilan tashkil qilinib, uning uchun alohida shirkat ham
tuzilgan edi. Bu shirkatga butun Turkiston o`lkasidan yuzga yaqin a`zo
bo`lib, ularning aksariyatini muallimlar, muharrirlar, harf teruvchi va
boshqalar tashkil etardi.
1918- yil oxirlariga kelib, og’ir iqtisodiy holat va tazyiqlar ostida
gazetaning nashr etilishi o`z poyoniga yetdi. Markazdan “Milliy ishlar
seksiyasi”ga rasmiy va favqulodda komissar qilib yuborilgan Orif
Klevleyev seksiya majlisida “Ulug’ Turkiston” gazetasini butunlay to`x-
tatib, uning o`rniga “Yangi Ulug’ Turkiston” nomli bolsheviklar
siyosatiga mos boshqa bir gazeta chiqarishni taklif qildi. Bu fikr dastlab
qo`llab-quvvatlanmagan bo`lsa-da, seksiyaning so`nggi majlisida
“Ishtirokiyun”
10
nomli gazeta chiqarishga qaror qilindi. Shuningdek,
mahalliy aholi ustidan nazorat olib borish va muharrirlar faoliyatini
10
"Ishtirokiyun" gazetasi sovet hokimiyati yillarida tegishli tarzda "Qizil bayroq", "Qizil
O`zbekiston", "Sovet O`zbekistoni" nomlari bilan yuritilgan. Bugungi kunda u "O`zbekiston
ovozi" nomi bilan nashr etilmoqda - mualliflar.
114
muayyan yo`lga solish uchun xususiy matbaa dastgohlarini yig’ish,
matbuot bilan shug’ullanadigan barcha musulmon jamoasini bir yerga
jamlab, musulmon organlarini tuzishga qaror qilinadi. Bu tadbirlarni
amalga oshirish vazifasi matbuot xodimi Abdulhamid Bekqulovga
topshiriladi.
Shunday bo`lishiga qaramasdan, qariyb ikki yil davomida nashr
etilgan «Ulug’ Turkiston» gazetasi Turkiston o`lkasi matbuotchiligi
taraqqiyotida muhim va sezilarli iz qoldirdi.
“Chayon” jurnali 1917- yil iyun oyida tatar va o`zbek milliy
ziyolilarining fikr tarqatuvchisi bo`lib dunyoga keldi. Jurnal ikki haftada
bir marta Toshkentdagi “G’ulomiya” bosmaxonasida Xalif Tulakov va
Ibrohim Tohiriylar muharrirligida nashr etilgan. Jurnalning 1917- yili 12
ta, 1918- yilda 19 ta soni chiqib, Turkiston Xalq komissarligi milliy
ishlar seksiyasi tomonidan to`xtatildi.
1917- yil dekabrdan Namanganda tatarlar jamiyati tomonidan
“Farg’ona nidosi” nomli yangi gazeta chiqa boshladi. Gazetaning
muharriri “Turkistonda birinchi totor matbaasi ochuv va yangi ishlar
nashr qila boshlov ila tanilg’on” Husayn Makayev edi. Gazeta kichik
hajmda bo`lsa-da, tez-tez chiqib turishi va eng so`nggi ma`lumotlarni
mukammal yetkazib berishi bilan boshqa gazetalardan farqlanar edi.
1917- yil sentabr oyidan boshlab, Perovsk shahrida Turkistonda
birinchi bor bolalar uchun Hamza Gazizov tomondan “Bolalar tovushi”
nomli gazeta nashr etila boshlangan.
Ahmad Zaki Validiy To`g’on o`lka milliy matbuotida ham faol
ishtirok etib borgan. Uning Turkiston milliy matbuotida: “Saylovlarda
xotin-qizlarning ishtiroki” (“Kengash”, 1917- yil 25- iyun), “Turkiston-
da tashkilot masalasi” (“Kengash”, 1917- yil 19- iyul) “Musulmonlar
ogoh bo`linglar” (“Kengash”, 1917- yil 28- iyul), “Navbatdagi masalalar
oldinda” (“Kengash”, 1917- yil 11- avgust), “Milliy ruhoniy boylarimiz”
(“Yurt”, 1917- yil 1,2-sonlar) kabi maqolalari chop etilgan edi.
Haqli ravishda ta`kidlash joizki, tatar matbuoti va Turkistondagi
yashovchi tatar ma`rifatparvarlari o`lkada milliy matbuot va matbaa
ishlarini tashkil etishda katta xizmat qildilar.
Dostları ilə paylaş: |