1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Labihovuz ansambli haqida ma’lumot bering



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2. Labihovuz ansambli haqida ma’lumot bering. 
Labihovuz ansambli - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (17-asr). Dastlab 
bozor maydoni boʻlgan. Maydon oʻrtasida katta qovuz qazilib (1620 yil) atroflari 
sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar 
ishlangan. Shagʻal va tuproq bilan toʻldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., boʻyi 
45,5 m., chuqurligi 5 m. Uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir 
Devonbegi madrasasi, shimolda Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi 
(saqlanmagan) qad koʻtargan. Hozirgi hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona 
qurilgan. Yodgorliklar taʼmirlangan. 
 
3. Galileo Galiley hayoti va ilmiy faoliyati. 
Galileo Galilei (Galileo Galiley; 15 fevral 1564 — 8 yanvar 1642) — oʻz 
davrining ilmiga katta ta'sir koʻrsatgan italyan faylasufi, fizik va astronom. Galiley 
asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning 
geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mehanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur. 
GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza - 1642.8.1, Archetri, Florensiya 
yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik 
asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan 
Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel 
fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed matematikasini o‘rgangan. aliley — 
Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. G. olam tuzilishini 
tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi. Oʻzi yasagan (32 marta katta qilib 
ko‘rsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining 
Uzgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va 
Quyoshning uz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. G.ning bu ishlari "Yulduz 
xabarchisi" (1610—11) asarida bayon qilingan. "Olam tuzilishining ikki asosiy 
sistemasi haqida dialog" (1632) asarida geliotsentrik sistematlt toʻgʻriligiga asosli 
dalillar keltirgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin