2-Mavzu: psixologik treninglarning tarixi reja: Individual shakldagi treninglar va autotreninglar haqida tushuncha


K.Levin va K.Rodjers guruhiy treninglaning asoschilari sifatida



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152408
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Mavzu. PSIXOLOGIK TRENINGLARNING TARIXI

3.K.Levin va K.Rodjers guruhiy treninglaning asoschilari sifatida. 
Bahs va munоzara yo‘li turli muammоlarni ijоbiy hal qilish masalasiga qiziqish 
asrimizning 30 yillaridan bоshlangan. Chunki ayni shu hоdisaga qiziqish shu 
davrga kelib pedagоgika va psixоlоgiya sоhalariga ham yoyilgan va bu xaqda 
dastlabki ilmiy psixik hulоsalar qilgan оlim shveytsariyalik psixоlоg Jan Piaje 
hisоblanadi. U bоla ijtimоiylashuvi jarayo’nini o‘rganar ekan, uning o‘z 
tengqurlari bilan turli mavzularda qiladigan munоzara yo’ki baxslari bоladagi 


26 
egоistik mavqeining pasayishi va shu tariqa o‘z-o‘zini anglash bilan bir qatоrda 
o‘zgalar mavqeini anglash va bоshqalar orniga o’zini qo’ya olish qоbiliyatini 
tadqiqоtlar orqali, keyinchalik esa sоf ijtimоiy psixik hоdisalar dоirasida ham 
o‘rgana bоshladi.
Chet el psixologiyasida Morenodan keyin guruh bilan ishlashga qiziqish 
nemis olimi Kurt Levin ishlarida ko’rinadi. Kurt Levinga qadar ham bir qancha 
mutaxassislar bu yo’nalishda ish olib borishgan, lekin Kurt Levinni trening 
guruhlarining otasi deb atash mumkin. 
Kurt Levin o’z tadqiqotlarini 1930-yillarda boshlagan. Birinchi T-guruh 
tasodifan vujudga kelgan. K.Levin biznesmenlar bilan ishlashda guruhiy 
muammoning tezda hal bo’lishini kuzatgan va shu asosda bu yo’nalish T-
guruhlari sifatida dunyoga kelgan. Trening guruhi o’qitish laborotoriyasi bo’lib, 
unda shaxs turli ijtimoiy munosabatlarga o’rgatilati va zarur ijtimoiy bilimlarni 
egallashi mumkin. Shu sifati bilan trening guruhlari har xil maqsadga ega 
bo’lishi mumkin. Masalan, senzitivlikni oshirish guruhlarida trening guruhi 
katnashchilari soni 12 kishi chegarasida bo’lishi kerak. Keyinchalik, Kurt Levin 
ham 40 yillardayoq guruhda ko‘pchilikni yagona bir qarorga kelishishining 
psixologik tabiatini o‘rganar ekan, unda ana shu guruhlarda o‘tkaziladigan tabiiy 
munozaralarning har bir shaxs ijtimoiy ustanovkalari, qarashlari va guruh 
munosabatiga bevosita ta’sirini isbotladi. Uning fikricha, guruhdagi munozara 
har bir shaxsning guruh faoliyati motivatsiyasini oshirib, har bir a’zoning 
guruppaviy jarayonlarga qo’shilishi, o‘z mavqeini anglashi, o‘zgalarga nimadir 
deyish kabi ehtiyo’jlarini oshiradi. Erkin demoqratik tarzda fikr almashinish 
imkoniyatini yaratish, muhokama qilinadigan muammo bo’yicha guruh 
a’zolarini fikr jaryonini tezlashtiradi, ularning ijtimoiy mavqeilarini yanada 
faollashtiradi. 
K.Levin eksperimentlarini real hayotda qanday samara berishi bo’yicha 
keyichalik ikkinchi jahon urushi yillarida sinovlar o‘tkazish orqali tahlil qilgan. 
O’sha yillar bir guruh ayollarga ayrim oziq - ovqat mahsulotlari (baliq 
konservasi va pashteti) ning ham foydali ekanligi, har doim ham yangi so’yilgan 
mol yoki boshqa hayvon go’shtini iste’mol qilish shart emasligi haqida chiroyli, 
ishonchli ma’ruza o’qiladi, ertasi kuni o’sha tinglovchilarning 3% gina 
do’konlardan yuqorida targ’ibot qilingan narsalarni harid qilganlar. Boshqa, bir 
ayollar guruhiga esa, aynan shu mavzuda munozara o‘tkazish sharoiti yaratilgan. 
Keyingi kuzatishlarning ko‘rsatishicha, munozara qatnashchilaridan 32% o’sha 
oziq - ovqat mahsulotlariga nisbatan qiziqishlari ortib, ularni harid qila 
boshlaganlar. 


27 
Ilmiy nuqtai nazardan olib qaralganda, munozaralarning mohiyati va 
ahamiyati ancha kengdir. Agar an’anaviy ma’ruza tinglovchilar gapirilayotgan 
muammoga nisbatan xato bo’lsada, taxminiy bir xil neytral mavqeini 
bildiradigan past reaksiyali fikrni ko’rsatadi, fikrlar to’qnashuvini taqozo 
qiluvchi munozarada esa qarama-qarashi fikrlarning mavjudligi, monand fikrlar 
borligini ham anglash shaxsda osha fikrlarga nisbatan ancha faol mavqeini 
shakillantiradi. 
Munozaraning 
qanday 
yakunlanishidan 
qat’iy 
nazar 
unda 
qatnashuvchilarning fikrlari bir-biriga mos tushmasligi ham mumkin yoki ularda 
ma’lum uyg’unlik bo‘lishi ham mumkin. Qanday bo‘lganda ham uning 
mazmuni shaxs ijtimoiy tasavvurlari va qarashlarida mustahkam o’rnashadi va 
xotirasida qoladi. 
 
Guruxiy mashgulot o’tkazishda asosan doira shaklida o’tirish qabul 
qilingan. Doirada hamma odam bir-birini ko’rib turadi. Shuning o’zi odatda 
yangilikni qabul qilish uchun yo’naltirilgan o’zgarishni vujudga keltirishi 
mumkin. Ishtirokchilar har bir gruppa a’zosi tengligini idrok qiladi va anglaydi. 
Uning asosiy tamoyillari “shu yerda va hozir”, “faollik” va 
“konfidentsiallik”dan iborat. O’z xatti-harakatlari haqida salbiy gaplarni 
eshitishni xohlamagan guruh a’zosi “texnika”, “top” kabi so’zlarni ishlatishi 
mumkin. 
 
Bu kabi mashg’ulotlar O’zbekistonda sotsial psixologik trening 
o’tkazishda qo’llaniladi. Guruhiy me’yorlar qabul qilish chet ellarda bir muncha 
boshqacharoq kechadi. Masalan: ba’zi bir psixogimnastik mashg’ulotlarni 
O’zbekiston sharoitida tarbiyalangan odam bajarishni o’ziga noqulay deb bilishi 
mumkin. Xuddi shu sababli, bizning fikrimizcha, chet ellarda qo’llanilayotgan 
guruhiy treninglarni O’zbekiston sharoitiga moslashtirmasdan turib, to’g’ridan – 
to’g’ri qo’llash mumkin emas. O’zbekiston sharoitida treninglarni tashkil etish 
va o’tkazishda etnopsixologik va milliy xususiyatlarni hisobga olish yaxshi 
samara beradi.


28 
Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning asoschilaridan biri bo’lib, o’ziga 
xos terapevtik yo’nalishga asos solgan. U insonning boshqa odamlar bilan 
muammosi autentik (o’xshash) bo’lishi, ya’ni muammolar hammada 
mavjudligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarda shaxslarga 
yordam berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy belgilari; 
uchrashuv qatnashchilarining o’zligini ochish, hislarini anglash, javobgarlik, o’z 
“Men”ini anglash, “Shu yerda va hozir” tamoyiliga asoslanganlikdir. 
Psixologiyada, shuningdek, Geshtal’t psixologiya yo’nalishi tomonidan 
ishlab chiqilgan psixoterapevtik metodlar ham mavjud. Geshtal’t guruhlar 
yuqorida ko’rilgan geshtal’tterapiya metodlariga asoslanadi. Boshqa 
guruhlardan farqli o’laroq, guruh mashg’ulotlarini trener har bir a’zo bilan 
yakka – yakka o’tkazishi mumkin. Boshqalar esa “bo’sh issiq stul” texnikasi 
bo’yicha kuzatuvchi hisoblanadi. O’z muammosini yechishni istagan odam 
bo’sh stulga kelib o’tirib, boshqalarni kuzatish orqali o’z muammosini optimal 
yo’l bilan anglashga harakat qiladi. Bu geshtal’tterapiyaning guruhiy 
ko’rinishidir. Odatda ikki stul texnikasi ham ishlatiladi. Bu Morenoning ikkinchi 
“Men” metodiga o’xshaydi. Kishi o’z retroflektsiyasini (orqaga qaytish) anglash 
uchun yonidagi bo’sh stulga proektsiya qiladi va ikkita odam sifatida o’ziga-o’zi 
savol-javob qila boshlaydi. Guruh “issiq stul”dagi maslahatlar bilan yordam 
berib turadi. Geshtal’t guruhlarning asosiy maqsadi javobgarlikni o’ziga olgan 
holda o’zligini anglashdir. Geshtal’t nazariyasi bo’yicha odam o’zini anglash 
vaqtida samimiy ko’ringandagina yaxlitlik, geshtal’t hosil bo’ladi va muammo 
yechiladi. 
4.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin