25
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy-ma’naviy
mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash, imkoniyati bo’lsa,
suhbatdoshlarni uchburchak - berk stol atrofiga to’plash mumkin
.
Demak,
bahslashuvchilarning fazoviy joylashishlari ham bu o’rinda ma’lum ahamiyat
kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli
ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr
almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga
muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o’laroq,
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni
o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining
faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning
yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda
uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga
boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
Psixologik treninglarni qo'llash tajribasi rus psixologlarining asarlarida o'z
aksini topgan. Jumladan, G. A. Kovalev (1980; 1989; 1996), L. A. Petrovskiy
(1982; 1989; 1996), Yu. A. Emel’yanova (1983; 1985; 1991) , X. Mikkina
(1981; 1986), T. S. Yatsenko (1987), V. P. Zaxarova va N. Yu. Xryashcheva
(1989); A.P. Sitnikova (1992; 1996), G.I. Marasanova (1995), V. Yu.
Bol’shakova (1996), S.I.Makshanov (1997), I.V.Vachkova,V. G. Romek (2002),
E. V. Sidorenko (2001; 2002) va boshqalar tomonidan psixologik treninglar va
ularning imkoniyatlari haqida fikrlar bildirgan.
Dostları ilə paylaş: