17
2-Mavzu: PSIXOLOGIK TRENINGLARNING TARIXI
Reja:
1.Individual shakldagi treninglar va autotreninglar haqida tushuncha.
2.Treninglar- guruhiy ish shakli va T- guruh treninglari va ularning
tavsifi.
3.K.Levin va K.Rodjers guruhiy treninglarning
asoschilari sifatida.
4. M.Forverg ijtimoiy psixologik reninglarning asoschisi va u bo'yicha
treningni 5 asosiy turi.
5.Ijtimoiy psixologik treninglar tajribasi.
Tayanch tushunchalar:
treninglarning tarixi, guruh, T- guruh, individual
treninglar, autotreninglar,
ekzistensial terapiya, gumanistik yo‘nalish
,
psixoterapevtik jarayon, generatorlar, katalizatorlar
1.Individual shakldagi treninglar va autotreninglar haqida tushuncha.
Treningning ilmiy asoslangan individual shakllari dastlab 20-asrning boshlarida
nazariy bilimlarni o'qitish va mehnat ko'nikmalarini “xavfsiz” ravishda egallash
natijalariga qo'yilgan cheklovlarni bartaraf etish vositasi sifatida paydo bo'la
boshladi. Shu bilan birga, faoliyatning haddan tashqari o'ziga xosligi bo'lgan
yoki mehnatni tashkil etishning yuqori darajadagi murakkabligi bilan bog'liq
bo'lgan
kasblardagi
mutaxassislarning
psixoemotsional
stressini
engillashtirishga qaratilgan turli xil ruhiy o'zini - o'zi
boshqarish shakllari
rivojlana boshladi. 1922 yilda amerikalik psixofiziolog R. D. Jeykobson ruhiy
stressni engillashtirish uchun progressiv relaksatsion tizimini taklif qildi. 1932
yilda I.G. Shul’ts esa ichki stressni engillashtirish ta'siriga asoslangan, shaxsga
emotsional zo’riqishlarda taskin beruvchi avtogen mashg'ulotlarning klassik
versiyasini ishlab chiqdi.
Treningning guruh shakllarining paydo bo'lishi 1945 yillarga to'g'ri kelib,
bu izlanishlar K. Levin, K. Rodjers, L. Bradfort, R. Lippit kabi olimlar bilan
bog’liq. Ushbu davrda AQShda guruh dinamikasini o'rganish
markazi tashkil
etildi. Maxsus tashkil etilgan laboratoriyalarda K. Levin tomonidan guruhlararo
munosabatlar tashkil etilib, shaxsiy parametrlaridagi samarali o'zgarishlarning
aksariyati individual konteksda emas, balki guruhda sodir bo'ladi degan qat'iy
fikrga keldi. Olib borilgan izlanishlar natijasida uning ta'kidlashicha, odamlar
o'zlarining moslashuvchan bo'lmagan munosabatlarini aniqlash va o'zgartirish
18
va xatti-harakatlarning yangi shakllarini yaratish uchun odamlar o'zlarini
boshqalar kabi ko'rishi kerakligini keltirib o’tadi. Bu boradagi mulohazalar K.
Levin va K. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan guruh dinamikasi va mijozga
yo'naltirilgan terapiya nazariyalarida o’z aksini topgan. Xususan, 1951
yilda
K.Rodjers o‘zining shaxs va xulq-atvor nazariyasini “Mijozga yo‘naltirilgan
terapiya” kitobida keltirib o‘tadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra xavotirlanish bu
organizmning idrok oldi vaziyatga noqulaylik va qo‘zg‘alish ko‘rinishidagi
reaksiyasidir. Xavotirlanish holatida idrok va tushunishda “Men”-
kontsepsiyasi yoki malaka o‘rtasida nomuvoflqlik yoki nokongruentlikning
vujudga kelishi kuzatiladi. Natijada “Men”- konsepsiyasining hozirgi
holatida yetakchi bo‘lgan o‘zgarishlar vujudga keladi. Ushbu nazariyaga
ko‘ra, inson o‘zini tushunish va o‘zgartirish
uchun cheksiz katta
imkoniyatlarga ega. Biroq bu imkoniyatlarni kashf etish va ro‘yobga
chiqarish uchun odamga maxsus sharoit kerak. Bu sharoit uch shartga
asoslanadi.
Ushbu terapevtik yo‘nalishda asosiy e’tibor terapevtik metodga emas,
balki psixolog va mijoz o‘rtasidagi munosabatga qaratiladi. Bunda psixolog
mijozni boshqarmaydi, unga ko‘rsatma bermaydi, faqat o‘zaro munosabatda
ochiqlik, samimiylik, hamdardlik muhitini yaratadi. Mijoz o‘z
muammosining yechimini o‘zi topadi. Shaxsga yo‘naltirilgan terapiyada
quyidagi mashqlar qo’llaniladi:
A.
“O‘zlik ideal o‘zlikka qarshi”. Mijozga o‘zidan norozi bo‘lgan
jihatlarni yozib berish taklif etiladi. Bunda real va ideal “Men”
haqidagi
tasavvurlarning o‘rtasidagi tafovutni aks ettirish so‘raladi. Masalan, inson
o‘zidagi biror kamchilikni bayon etgach, shu vaziyatdagi ideal “Men”ning
holatini ham ifodalashi lozim bo‘ladi.
B.
“Mijozga yo‘naltirilgan terapevt”. Bu mashq guruhiy holatda alohida
juftliklarda amalga oshiriladi. Sherik tanlash ixtiyoriydir. Bunda mijozdan
sherigiga aytib berish qiyin kechadigan, masalan, yolg‘on
gapirgan, nohaq
bo‘lgan vaziyatlarni so‘zlab berish so‘raladi. Terapevt rolini bajaruvchi
sherik esa uni diqqat bilan tinglab, maksimal darajada tushunishi va
hikoyani qayta so‘zlab berishi lozim bo‘ladi. Ammo, bunda sherigining haq
yoki nohaqligini baholamagan holda sherikka teng munosabatda bo‘lish
talab etiladi. So‘ng rollar almashilgan holda mashq davom ettiriladi.
V. “Qarshiliklar tahlili”.
Bu mashq juftliklarda, shaxsiy qarshilikni
anglash maqsadida o‘tkaziladi. Juftlikning har bir a’zosidan o‘zi uchun
qadrli bo‘lgan biror sir haqida o‘ylash so‘raladi. So‘ng bu sirni sherigiga
19
aytsa, u qanday javob reaksiyasi ko‘rsatishi mumkinligini tasavvur etish
taklif etiladi. Ammo, muhokama jarayonida o‘zining siri haqida emas, balki
faqatgina sherigining namoyon etishi mumkin bo’lgan
javob reaksiyasi
haqida so‘zlash taklif etiladi.
Individual shakldagi treninglar va autotreninglar haqida fikr bildirilganda