partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston
Respublikasi Saylov kodeksini alohida ta’kidlash lozim.
Bundan tashqari 2018-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
“Saylov
jarayoniga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga
ko‘ra, respublikada Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish hamda
barcha darajadagi saylovlar tizimiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini
ishlab chiqish va joriy qilish vazifalari belgilab berildi.
Chunki siyosiy partiyalar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun saylovlarda
munosib ishtirok etishi lozim.
Siyosiy partiyalar va saylov tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq, bir-birini
taqozo qiladigan tushunchalardir. Chunki siyosiy partiyalar aynan saylovlar orqali o‘z
tarafdorlarini aniqlaydi, kim unga ovoz beryapti, kim uning g‘oya va dasturlarini
qo‘llab-quvvatlayapti bularning barchasini amalda ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi.
Siyosiy partiyalarning fuqarolarni o‘z dasturiy g‘oyalariga ishontira olgani, kimning
manfaatlarini ifoda qilgani, shu bilan birga, kimning ularga ergashayotgani, kimlar
ishonch bildirgani faqat saylov natijalariga ko‘ra ayon bo‘ladi. Aynan saylov paytida
siyosiy partiyalar o‘zlarining asosiy va ustuvor qarashlari, islohotlarni qanday amalga
oshirish borasidagi g‘oyalarini ilgari suradilar.
Saylovlar partiyalar uchun sinov vazifasini o‘taydi, partiya g‘oya va
maqsadlarining yashovchanligi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, mamlakatni isloh
etishdagi ishtiroki aynan saylovlar jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shunday ekan, siyosiy partiyalar faoliyati va davlat qurilishida muhim bo‘lgan
saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish, saylovchilar tanlovi uchun bir necha
nomzodlar kurashini taqozo qiladi. Saylovchilarga, ya’ni xalqqa ushbu nomzodlardan
77 tanlab olish huquqi beriladi.
Chunki siyosiy partiya va saylov jarayonlari yonma-yon keladi. Bu haqda
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov saylov va siyosiy