O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Eng yangi tarix kitob

3.
 
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning 
ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. 
Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy 
prinsiplaridan eng muhimi davlat hokimiyati organlarining umumxalq saylovlari 
asosida shakllantirilishi hamda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita yoki 
o‘zlari tomonidan saylab qo‘yilgan vakillari orqali ishtirok etishi hisoblanadi. Bunda, 
eng avvalo, jamiyat bilan davlat o‘rtasida o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini o‘tovchi va 
fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan - siyosiy partiyalar 
asosiy rol o‘ynaydi. 
Siyosiy partiya - bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida 
tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining 
siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va 
jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko‘ngilli birlashmasidir. 
Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va 
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini 
tuzishda ishtirok etadilar. 
Partiya so‘zi lotincha “partio” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘lak, bo‘laman, 
ajrataman”degan ma’noni anglatadi, ya’ni butunning bir bo‘lagi, jamiyatning bir 
bo‘lagi degan tushunchalarni beradi. Shuningdek, partiya deganda “g‘oyaviy jihatdan 
maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish 
uchun ajratilgan kishilar guruhi”ni tushunish mumkin. 
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, siyosiy partiya - bu siyosiy ambitsiyaga ega 
bo‘lgan shaxslar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan hamda umumiy mafkura 
asosida birlashgan tarmoqdir (networks). Siyosiy partiyalar, eng avvalo, o‘z elektorati 
manfaatlaridan, siyosiy mafkurasi va pozitsiyasidan kelib chiqib, siyosiy qarorlar 
qabul qilish jarayonlariga yetarlicha ta’sir o‘tkazishlari hamda o‘zining vakillari 
orqali davlatning markaziy va mahalliy ijroiya organlari ustidan jamoatchilik 
nazoratini o‘rnatishda qatnashishlari lozim. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, erkin fuqarolik jamiyatini 
qurishni maqsad qilgan mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tildi. 
Аynan ko‘ppartiyaviylik tizimi tanlanishini quyidagicha izohlash mumkin: 
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: 
“O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va 
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi” mazmunidagi qoida mustahkamlangan 


73 
va uning mazmuni ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosibdir; 
ikkinchidan, salmoqli aholi soniga ega bo‘lgan bu davlatda fikrlar, qarashlar 
ham xilma-xil bo‘lishi tabiiy edi. Shuning uchun ham jamiyatda mavjud turli 
qatlamlar, guruhlarning manfaatini ifodalovchi hamda uni davlat boshqaruvida 
amalga oshishiga zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi; 
uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning keng 
ishtirokini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov davlat hokimiyati 
vakillik organlarini tashkil etishning demokratik ko‘rinishi hisoblanadi. 
Shunday ekan, mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarinnig muhim qismi 
bo‘lgan siyosiy partiyalarning faoliyatiga oid yetarli tashkiliy-huquqiy asoslari 
mustahkamlangan. 
1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Repsublikasida Jamoat birlashmalari 
to‘g‘risida”gi Qonunning birinchi moddasida: “O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda 
siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning 
boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun 
birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga 
kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy 
harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, 
veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy 
tarbiya, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar 
uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat 
birlashmalari deb e’tirof etiladi”, degan qoidada o‘z ifodasini topgan. 
Siyosiy partiyalarning huquqiy asosi sifatida yana O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 34-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba 
uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, 
ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega”ligi to‘g‘risida qoida belgilandi. 
Asosiy qonunning 58-moddasida davlat siyosiy partiyalarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok 
etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi lozimligi, shuningdek, davlat 
organlari va mansabdor shaxslar tomonidan siyosiy partiyalar faoliyatiga 
aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mustahkamlangan. 
Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning ajralmas belgisi 
hisoblanar ekan, siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut ekanini namoyon 
qiladi. Buning asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida siyosiy 
Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin