O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Eng yangi tarix kitob

3.
 
Davlat ramzlarining qabul qilinishi. 
Mustaqillikning asosiy ramzlaridan biri hisoblangan milliy bayroq 1991 -yil 
18-noyabrda qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi 
mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga 
xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos 
xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi 
moviy rang - mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, 
shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z 
vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang - tinchlik 
va poklik timsolidir. 
Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. 
Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi 
niyat ramzidir. Qizil yo‘llar - bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy 
kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang - serne’mat va orombaxsh tabiat 
timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng 
yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy - O‘zbekiston xalqining ko‘p 
asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmonning va 
tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda 
qadimdan barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i - bizning 
o‘tmishimiz, 
bugungi 
kunimiz 
va 
kelajagimiz 
ramzidir. 
O‘zbekiston 
Respublikasining davlat bayrog‘i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. 


64 
O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo‘yilgan. O‘zbekiston sportchilari 
jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilgan 
paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va 
jahon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir tomondan, davlatimiz 
shon-shuhratini oshirsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur 
bag‘ishlaydi. 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2- 
iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. 
Gerbning markazida tasvirlangan - qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi - 
baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo 
qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta’riflagan. Gerbning 
yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz 
qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug‘” degan ma’noni anglatadi. 
Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri - 
davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsolidir. 
Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib turadi. 
Boshoqlar - rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan 
paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari - serquyosh yurtimizning dong‘ini butun 
dunyoga taratgan asosiy boyligimizning ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta 
chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilgani - bu 
respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda 
bo‘lib, Humo qushi kumushrangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va 
“O‘zbekiston” degan yozuv tilla rangda, g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil 
rangda, tog‘lar havo rangda, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq 
rangda, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil 
rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng 
qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va 
shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston 
Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat 
ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining 
muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valyutamiz - 
so‘mda ham davlat gerbi o‘z ifodasini topgan. 
“O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 
10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida qabul 
qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan 
variant tasdiqlandi. 
Davlat madhiyasi mamlakat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston 
fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat 
madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini 
ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar. 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin