54 universitetiga Islom Karimov nomi berildi.
Tayanch so‘zlar. O‘zbekiston, SSR, sovet, s’yezd, kompartiya, istiqlol, suverenitet, ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, demografik, urbanizatsiya, madaniy hayot, mafkura, mustaqillik
deklaratsiyasi, konsepsiya, Toshkent, Markaz, mustaqillik, Prezident, markaziy
komitet, sotsialistik, agrar siyosat, sanoat, paxtachilik, xom ashyo.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. 1.
Nima sababdan ittifoqdosh respublikalar SSSR tarkibidan chiqa
boshladilar?
2.
SSSR o‘rniga qanday ittifoq tuzish masalasi ko‘tarildi, u qanday prinsipda
tuzilishi kerak edi?
3.
XX asr 80-yillar oxirlari - 90-yillar boshida respublikadagi ijtimoiy- siyosiy
hayot qay yo‘sinda kechdi?
4.
Referendumning ma’nosini bilasizmi?
5.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Oliy
Kengash Bayonoti haqida so‘zlab bering.
6.
Oliy Kengashning O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini
e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorining mazmunini bilasizmi?
7.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi
Konstitutsiyaviy qonunni kutubxonadan toping va daftaringizga yozib oling.
8.
Mustaqillik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bilasizmi?
9.
O‘zbekiston Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishning tarixiy ahamiyati
nimalardan iborat?
10.
O‘zbekiston Prezidenti saylovi qanday qonun asosida tashkil etiladi?
11.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga kimlar saylanishi mumkin?
12.
Prezident saylovi kunini qaysi hokimiyat organi tayinlaydi?
13.
Saylov okrugi va uchastkalari deganda nimalarni tushunasiz?
14.
Saylov byulleteni nima?
15.
O‘zbekiston Prezidentligiga birinchi umumxalq saylovi qachon bo‘ldi?
Natijalarini bilasizmi?