50
erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror
qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi
referendumini o‘tkazish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Shunga muvofiq, 29-dekabrda
“Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon
qilinishini ma’qullaysizmi?” mavzuida referendum o‘tkazishga katta tayyorgarlik
ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra, unda qatnashgan aholining 98,2 foizi
O‘zbekiston mustaqillikni yoqlab ovoz berdi.
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt
davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni
quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston
Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada,
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy
singari yirik davlatlar tan oldilar.
Dostları ilə paylaş: