39 asarida ham aniq ifodalangan. Bular quyidagilar:
1. Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. Odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari
pastligi tufayli bunday holat O‘zbekistonning boshqa joylarida ham sodir bo‘lishi
mumkinligi.
3. Ishsizlik, ish o‘rinlarining kamligi, ya’ni ortiqcha ishchi kuchining
ko‘payib borishi.
4. Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o‘ylab ko‘rilmagani
kabi sabablar. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan
munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning
uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. Islom
Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989- yil
15-avgustda “Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari
va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” maxsus qaror qabul
qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, Islom Karimov o‘z
fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning
4-oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi.
XX asr 80-yillarining oxirlari - 90-yillarining boshlarida respublikada
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o‘z umrini o‘tab, bozor munosabatlariga o‘tish
harakatlari endigina ro‘y berayotgan bir davrda, O‘zbekistondagi og‘ir ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitda jamiyatni demokratlashtirish, O‘zbekistonning haqiqiy
suverenitetini o‘rnatish, mamlakatda yashayotgan ko‘p sonli millatlarning totuvligi va
tengligini ta’minlashga erishishga kirishildi. 1989-yil 21-iyundan O‘z KP MQ
birinchi kotibi lavozimiga kirishgan Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning
asosiy vazifalaridan biri bu - O‘zbekiston xalqi bilan respublika rahbariyati o‘rtasida
yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni
ta’minlashdan iboratligi ma’lum bo‘ldi. Chunki O‘zbekiston rahbariyati xalqning
xohish-irodasini hisobga olib, uning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritishi lozim edi.
Vujudga kelgan o‘ta og‘ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga,
turli to‘siqlarga qaramasdan, xalqimiz Islom Karimov boshchiligida o‘zining asriy
orzusi - O‘zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligi sari dadil va qat’iyat bilan
harakat qilishda davom etdi. Shu bilan birga boshqa respublikalarda xususiylashtirish
to‘g‘risida gap sotilayotganda, aynan muholiflar tomonidan o‘rinsiz tanqid
qilinayotgan “konservatorlar respublikasi”da birinchilardan bo‘lib xususiy korxonalar
paydo bo‘ldi. Respublikada do‘konlarni va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini
xususiylashtirish boshlanib, 1990-yilning o‘zida 170 ming gektar yer oilalarga meros
qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi. Bu raqamni yarim million gektargacha
yetkazish belgilab olindi. So‘nggi paytlargacha yerlarning bor-yo‘g‘i 4,5 foizida
dehqonchilik qilgan shaxsiy xo‘jaliklar respublikadagi oziq-ovqat resurslarining 40
foiziga qadar bergani hisobga olinadigan bo‘lsa, yerlarning umumiy salmog‘ida
bunday uchastkalar hajmi ikki barobardan ziyod oshganda oziq-ovqat mahsulotlari
hajmi sezilarli darajada oshishi muqarrar.