O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Eng yangi tarix kitob

3.
 
O‘zbekistonda ekologik holatning og‘irlashishi. Orol fojeasi. 
Ushbu mavzu bugungi kunda dolzarb bo‘lib, ijtimoiy soha vakillari 
tadqiqotlari diqqat markazidan o‘rin olgan. Jumladan, N.Jo‘rayev va H.Usmonov 
tadqiqotlarida mavzuning tarixiy jihatlari tahlil etilgan. O‘zbekistonning 
mustaqillikka erishuv yo‘lidagi harakatlari A.Azizxo‘jayev ilmiy izlanishlarida o‘z 
aksini topgan. Mustaqil O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar, sud-huquq tizimidagi 
islohatlar hamda iqtisodiy hayot talqini taniqli olimlar - A.Saidov va 
M.Sharifxo‘jayevlar ilmiy ishlaridan o‘rin olgan. Umuman, ushbu mavzuni atroflicha 
o‘rganish o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlari haqiqatda paxta ishlab 
chiqarish va uni qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Respublikada mamlakat 
va bir qator xorijiy davlatlardagi paxta yetishtiradigan mintaqalar ehtiyojini 
qondiradigan darajada qudratli paxtachilik mashinasozligi barpo etildi. O‘zbekiston 
jahondagi eng yirik paxta yetishtiruvchi hududga aylandi. Lekin bularning barchasi 
butun mamlakat manfaatlari, ittifoqning iqtisodiy va siyosiy qudrati rivoji uchungina 
edi. Paxta ekin maydonlarining to‘xtovsiz kengayib borishi, har qanday yo‘l bilan 
hosildorlikni oshirishga ruju qo‘yish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tarzida 
ko‘r-ko‘rona tashkil etilishi hamda iqtisodiyotning ekstensiv tarzdagi inqiroziy 
holatlarining chuqur ko‘lami respublikaning chekka xomashyo zahira o‘lkasi 
sifatidagi o‘rnini aniq belgilab bergandi. 
Ekin ekiladigan yerlar, asosan, bo‘z yerlar va oddiy tuproqdan, ba’zi joylarda 
esa tuz aralashgan yerlardan iborat edi. Shu bois O‘zbekistonda yer ko‘proq 
o‘g‘itlanar edi. Qadimdan mahalliy aholi yerlarni daryolardagi suvlar bilan 
sug‘organida, loyqa suv bilan uning tarkibida o‘simliklar uchun foydali turli 
moddalar ham oqib kelgan. Bular yeming quvvatiga quvvat qo‘shgan, tuproq qatlami 
ham loyqa hisobiga o‘sib borgan. Kanallar qurilishi bilan ular orqali sug‘orilgan 
yerlarga suv omborlarida obdon tingan muzdek suvlar kelishi ham yerning tarkibini 
o‘zgartirib yuborgandi. 
Vaqt o‘tishi bilan maydonlar oriqlab, yerning hosildorligi imkoniyatlari 
kamayib, yer eroziyasi kuchaydi. Oxir-oqibatda ko‘proq mineral o‘g‘it solinmasa 
yerdan hosil olish mumkin bo‘lmaydigan darajaga kelib, tuproqdagi yo‘qolgan 
moddalarning o‘rnini mineral o‘g‘itlar bilan qoplash zaruriyati kuchaydi. 1984- yilga 
kelib respublikada 600 ming ga yer tezda meliorativ ishlar olib borilishini talab 
qiladigan holatga tushib qoldi. O‘zbekistonda har gektar yerga ishlatilayotgan mineral 
o‘g‘itlarning miqdori o‘rta hisobda 600 kgni tashkil etdi, bu esa jahonda qabul 
qilingan normadan 20-30 marta yuqori darajada bo‘ldi. Holbuki, bu o‘g‘itlarning 


33 
deyarli 60 foizi o‘zlashtirilmay, tuproq sahnida qolib ketdi va yer tarkibini buzib 
yubordi. 
Asosan, serhosil bo‘lgan Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida sho‘r yuvish 
zarurati kelib chiqdi. Sho‘rxok yerlar respublikaning Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo 
viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonning katta qismini tashkil etdi. 1985- yilga kelib 
respublikada sho‘rlangan yerlar sug‘oriladigan maydonlarning jami 25 foizini tashkil 
etdi. O‘sha yilning o‘zidagina haddan tashqari sho‘rlanib ketgani bois besh ming 
gektardan ko‘proq yer qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarib tashlandi. 
Mazkur holat o‘simliklarning tabiiy yo‘l bilan o‘zini himoya qilish 
immunitetini kamaytirib, dalalarda turli hashoratlar ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Shu 
bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini, xususan, paxtazorlarni zaharli kimyoviy 
moddalar bilan dorilashda aviatsiyadan keng foydalanish usulini qo‘llash kuchaydi. 
Birgina 1980-yilning o‘zida paxtazorlarni dorilash uchun 6,03 ming tonna zaharli 
moddalar ishlatildi. Paxta ekiladigan maydonlar turli kimyoviy moddalar bilan 
shunchalik zaharlandiki, bu holat, eng avvalo, aholi sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Har gektar yerga solinadigan pestitsidlar miqdori ham xavfli darajadan oshib, tuproq 
tarkibidagi gumus miqdori kamayib ketdi. G‘o‘zaga ishlov berish uchun solingan bu 
moddalarning 45-50 foizi foydali ta’sirga ega bo‘lgan holda, qolgan 50-55 foizi 
tuproqdan yuvilib havoga uchib, insonlarga, atrof-muhitga salbiy ta’sir etdi. 
Xo‘jaliklar esa rejalashtirilgan hosilni ham olmadi. Tuproq tarkibi esa zararli tuzlar, 
ayniqsa, og‘ir metall birikmalar - ^or, xrom, marganes, kobalt, nikel, mis, rux, 
kadmiy, simob, qo‘rg‘oshin, surma va boshqalar bilan ifloslanib ketdi. Tuproqning bu 
yo‘l bilan zaharlanishining manbalari metallurgiya sanoati chiqindilar, ba’zi bir 
texnogen mahsulotlar, chiqindi gazlar qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan pestetsid, 
gerbetsid va boshqalar bo‘ldi. 
Yuqoridagi holatlar natijasida hosildorlik kamayib bordi. Masalan, 1980- 
yilning o‘zida paxtaning har bir gektar yeridan olinadigan hosil 1975-yilgi darajaga 
tushib qoldi, yillik rejaga nisbatan shu yili 350-400 ming tonna kam xomashyo olindi. 
Agar respublikada har gektar sug‘oriladigan yerdan olingan daromad 1980- yilda 
1.337 rublni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich, 1982-yilga kelib 1.241 rublga tushib 
qoldi. Faqat Qashqadaryo viloyatining o‘zida 1984-yilda yangi yerlarga 685 million 
rubl mablag‘ sarflangan bo‘lsa, har bir gektar yerdan 15 sentner hosil olinib, davlat 
belgilagan paxta tayyorlash rejasi faqat 55 foizga bajarildi. Olingan hosil esa 
1980-yildagiga nisbatan 37 ming tonnaga kam bo‘ldi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, paxta yakkahokimligining kuchayishi oziq- 
ovqat mahsulotlari, yem-xashak yetishtiriladigan yerlarga, chorvachilikka ham ta’sir 
etdi. 1980-1985-yillarga oid bo‘lgan ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, shu davr ichida 
O‘zbekistonda 64,3 ming bosh yirik qoramollar (respublikadagi qoramollarning 20 
foizi), 872,1 ming bosh qo‘y-echki (barcha mayda mollarning 3,7 foizi), 215,1 ming 
bosh cho‘chqa (mavjud cho‘chqalarning 11,5 foizi) zaharlanish, kasallanish natijasida 
nobud bo‘lgan. Bulardan kelgan zarar esa besh yil ichida 85,6 million rublni tashkil 
etdi. Ayni paytda shu yillarda bunday yo‘qotishlarning sababi veterinariya ishlarining 
yomon yo‘lga qo‘yilganligi deb ko‘rsatildi. 


34 
Natijada aholi turmush tarzining pasayib, genofond buzila boshladi, bolalar 
o‘limi va turli kasalliklar tarqalishi avj oldi, ekologik vaziyat og’irlashib (tabiiy 
jabhalar - suv, havo, tuproqning zaharlanishi), ishsizlik, qambag‘allashish va boshqa 
ijtimoiy salbiy illatlarning yuzaga kelishi aynan bir tomonlama - paxta yakka 
hokimligiga asoslangan iqtisodiy siyosatning O‘zbekistondagi fojeali yakunlari edi. 
Respublika agrosanoat kompleksini kengaytirish partiyaning oziq-ovqat 
dasturi bilan bog‘liq holda amalga oshirilsa-da, bunday katta tarmoqni boshqarish va 
hamma usullarni ishga solish qiyin edi. Ish, asosan, ekstensiv usulda olib borilar, 
rejani bajarishga intilib, bu kompleks xo‘jaliklarda har gektar yerga qilinayotgan 
xarajatlarni 22 foizga oshirib, 1980-1985-yillar davomida agrosanoat kompleksiga 
qarashli bo‘g‘inlarda mehnat unumdorligini 11 foizga, hosildorlikni 6 foizga 
kamaytirib yuborgandi. Har 100 rubl sarflangan kapital mablag‘lardan tushgan 
mablag‘ 1980-yilda 75 rubl bo‘lgan bo‘lsa, 1985-yilga kelib bu ko‘rsatkich 54 rublga 
tushdi. 1980-1985-yillar davomida agrosanoat kompleksiga qarashli 245,9 ming 
gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib, bu kompleksga qarashli korxonalarda sabzovot 
yetishtirish 2,8 foiz, uzum - 2,8 foiz, tuxum - 7 foizni tashkil etdi, ish haqi faqat 1,8 
foizga ko‘paydi. 
Umuman, shu yillarda agrosanoat kompleksiga qarashli korxonalar berilgan 
rejalarni bajarmaslikdan ko‘rgan zararining 624 million rubli Qashqadaryo viloyatiga, 
153 million rubli Buxoro viloyatiga, 81 million rubli Jizzax viloyatiga to‘g‘ri keldi. 
Bu kompleksda sabzavot, kartoshka, mevalarni tashish va saqlash hamda uni qayta 
ishlash ham qiyin masalalardan biri bo‘lgan. Respublikada sabzavot va mevalar 
saqlanadigan omborxonalar bilan xo‘jaliklarning atigi 50 foizi ta’minlangan edi. 
Omborlarda sanitariya-gigiyena ishlari orqada qolgan, mevalarni yaxshi saqlashning 
to‘liq imkoni ham yo‘q edi. Bunday ahvolda yetishtirilgan mahsulotning sifati buzilib, 
iste’molchiga tezda yetib borish imkonini bermas edi. Holbuki butun SSSRda O‘rta 
Osiyo va Qozog‘iston respublikalari qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 
bo‘yicha sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida eng yuqori o‘rinda turardi. 
O‘zbekiston XX asrning 60-yillaridayoq ittifoqdosh respublikalar orasida 
mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagan, 1980- yillarga 
kelib mamlakatdagi butun kimyo korxonalarining beshdan bir qismi O‘zbekistonda 
joylashtirildi. Bu korxonalar ham mamlakat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulot 
ishlab chiqarib, respublika atrof-muhitiga tuzatib bo‘lmas darajada zarar keltirdi. 
Buning ustiga bunday korxonalar, asosan, aholi zich yashaydigan, namlik juda tez 
so‘rilib ketadigan yerlarda qurildi. Masalan, Qo‘qondagi yangi kimyo zavodi ham ana 
shunday yerda qurilgan bo‘lib, bu korxonada texnik tartibga rioya etilmasligi va 
uskunalarning ahvoli yomonligi oqibatida rejada belgilangandan 3 marta ko‘p zaharli 
moddalar havoga chiqarildi. O‘z navbatida, bu zaharlar oziq-ovqat mahsulotlari va 
ochiq suv havzalari orqali aholi organizmiga o‘tib, sog‘ligiga salbiy ta’sir qildi. 
1985-yilda Qo‘qon atrofida tekshirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining 3,8 foizida, 
ichimlik suvining 4,9 foizida, atmosfera havosining 18,8 foizida inson salomatligiga 
zarar keltiradigan darajada ko‘p zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan edi. 
Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish maqsadida kimyoviy moddalardan 


35 
foydalanish, ayniqsa, 1986-yil KPSS MKning ko‘rsatmalari asosida qishloq 
xo‘jaligini kimyolash keng ko‘lamda boshlandi. Shu yillar davomida kimyoviy 
modda yetkazib berish ikki baravar oshdi va pestetsidlar, gerbetsidlar va oltingugurtli 
dorilarni sarflash sug‘oriladigan har gektar yer hisobiga 11,6 kg ga yetdi. Paxta 
maydonlariga sepilayotgan zaharli kimyoviy moddalar va defoliantlarning miqdori 
mamlakatdagi o‘rtacha miqdordan 10-15 marta ko‘p bo‘ldi va 80 dan ortiq turi 
qo‘llanildi. Gerbetsid va pestetsidlar bilan zaharlangan dalalarda ishlashga 
“internatsional burchni bajarish uchun” ayollar ham chiqdilar. Tug‘ilgan bolalarning 
30-40 foizi har turli kasalliklarga chalindi. Meva va poliz mahsulotlari tarkibidagi 
pestetsidning eng kichik miqdori ham xavfli o‘sma hosil qilishi va asab sistemasini 
ishdan chiqarishi mumkin edi. 
O‘zbekistonda ekologik falokatning og‘irlashib borishi juda ko‘p omillar bilan 
bog‘liq bo‘lib, sanoat korxonalarida ishlatiladigan suvni tejash va undan qayta 
foydalanish texnologiyasining mutlaqo yo‘qligi ham shular jumlasiga kirardi. 
Mirzacho‘l, Qarshi, Surxon-Sherobod dashtlarining qo‘riq yerlarida, Markaziy 
Farg‘onada va Amudaryoning quyi oqimida barpo etilgan yangi xo‘jaliklarda ham suv 
va yer osti resurslaridan foydalanishda jiddiy xatolar mavjud edi. Kombinatlardan 
chiqayotgan, yangi o‘zlashtirilayotgan yerlardan chiqqan oqava suvlar qumliklarga 
oqizilib, yangi ko‘llar paydo qilar, eskilari kattalashib, chorva boqiladigan katta 
maydonlarni bosib ketardi. 
Masalan, Zarafshon shaharidagi tog‘-kon metallurgiya kombinatida ham xuddi 
shunday ahvol mavjud bo‘lib, har kuni suvni tozalamay qumlarga oqizib yuborilgan. 
Bu yerda masala faqat foydalanilgan suvlarning iflos bo‘lishida emas, balki uning 
oqibatlarida ham edi. Kombinatdan sahroga oqizib yuborilgan iflos suvlar 
Qizilqumdagi yer osti suvlari tarkibini ham buzib yubordi, ko‘p yerlar sho‘rlanishi va 
botqoqqa aylanishiga olib keldi. 
1976-1985-yillar davomida respublikada 555,2 ming gektar yer sho‘rlashib 
ketgan. Xorazm viloyatida sho‘rlanmagan yerlar 1970-yilda 86 foizni tashkil etgan 
bo‘lsa, 1989-yilga kelib bu maydonlar 68 foizga tushib qoldi. Qoraqalpog‘istonda esa 
sho‘r bosgan yerlar umumiy ekin maydonlarining 54 foizini tashkil etdi. Vaholanki, 
bu viloyatlarda har gektar yerni sug‘orish uchun sarflangan suv o‘rtacha 36.000 kub. 
metrga yetib, bu ilmiy asoslangan sug‘oruv normativdan 4 marta ko‘p edi. Lekin bu 
suvlar ham qumliklarga oqizildi. Natijada qumliklarga, cho‘llarga oqizib yuborilgan 
suvlardan hosil bo‘lgan Arnasoy, Aydarko‘l kabi ko‘llar Orolga har yili oqib borishi 
lozim bo‘lgan 5-8 kub.km suvni ushlab qoldi. Umuman, Amudaryo atroflarida 
yerlardan foydalanish, ularni o‘zlashtirishdagi tuturuqsizliklar natijasida tang 
ekologik vaziyat yuzaga kelgandi. 
Buning oqibatida daryo atrofida o‘sadigan daraxtlar, qushlar va hayvonlarga 
boshpana bo‘lgan katta to‘qayzorlar qurib, Amudaryo suvlari, aniq o‘zani bo‘lmagani 
sababli Qoraqum kanali orqali qumli sahrolardan o‘tib, Kaspiy dengiziga qarab oqdi. 
Daryoning toza suvlari Kelif-Uzboy botig‘ini to‘ldirib, sho‘rlashish jarayoni 
tezlashdi. Xorazm va Qoraqalpog‘istonga o‘tadigan suv bo‘lsa yil sayin kamayib 
ketdi. 


36 
Sirdaryo va Amudaryo atroflari Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy 
industrial-agrar hududlardan biri hisoblanib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun 
Sirdaryo suvidan 100 foiz, Amudaryo suvidan 80 foiz miqdorda foydalanilar edi. 
Ayniqsa, Sirdaryo atroflarida turli korxonalar, 47,9 million gektar yer mavjud bo‘lib, 
bu yerlarning 1,5 mln. gektari Namangan, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Toshkent va 
Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Bu yerdagi korxonalardan va ekin ekiladigan 
maydonlardan chiqqan 400 million kub.m. iflos suvlar Sirdaryoga quyilgan. 
Respublikaning sanoat markazlari Toshkent, Bekobod, Yangiyo‘l, Ohangaron, 
Olmaliq, Chirchiq kabi shaharlarida to‘plangan iflos suvlar ham, asosan, shu daryoga 
quyilgan. Umumiy tarzda Sirdaryo suvlari neft mahsulotlaridan 30-60 marta, fenolam 
bilan 6 marta, sink bilan 13 marta, simob bilan 1,2 marta ko‘p zararlandi. 
Buning ustiga 1965-1970-yillarda respublikada sug‘oriladigan yerlarning 
hajmi 7 foizga ko‘paygach, faqat Sirdaryo oqimida umumiy sathi 1,6 ming kv.km.ni 
tashkil etgan suv omborlari qurilgandi. Sirdaryoga suvning ko‘p qismi Farg‘onadagi 
eng sersuv bo‘lgan So‘x daryosidan kelib quyilgan. Tog‘lardagi irmoqlardan suv 
olgan bu daryoning yoz oylarida suvi ko‘payib, yerlarni sug‘orish uchun imkon 
bergan. Paxtachilikda hosildorlikni oshirish yo‘lida So‘x daryosida suv ombori qurish 
ishlari boshlanib, bunga katta mablag‘, texnika ham jalb etilgan edi. 
Biroq suv ombori qurib bitirilmasidan Rishton shahrining aholi istiqomat 
qiladigan janubiy tomonlarida yer osti suvlari ko‘tarilib, botqoqlash holatlari yuz 
berdi. 
O‘rta Osiyoda yuzaga kelgan ekologik tanglikning eng og‘iri Orol dengizining 
qurib borishi, uning atrofidagi hududlarda og‘ir ijtimoiy, iqtisodiy vaziyat yuzaga 
kelishi edi. Respublikada quruq yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orish, xususan, qishloq 
xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan paxtachilikni yuksaltirish, hosildorlikni 
oshirish, birinchi navbatda, irrigatsiya va melioratsiya ishlari bilan ham bog‘liq edi. 
Bunday holat, o‘z navbatida, Orol dengizining qurib borishiga ham ta’sir etgan edi. 
Orol dengizi suvni, asosan, Amudaryo, Sirdaryodan olgan. Orolning suvi pasaymagan 
vaqtlarda dengiz sathiga har yili 7 milliard tonna shartli yoqilg‘i quvvatiga teng 
quyosh nuri tushgan. Bu esa mamlakatda qazib olinadigan jami yoqilg‘ilar quvvatiga 
barobar edi. Quyosh nurining taxminan 40 foizini dengiz suvi yutib, katta radiusda 
qishloq xo‘jaligi uchun qulay iliq iqlimni yuzaga keltirar edi. 
1960-yillarda Orolning chuqurligi 53 metr bo‘lib, uning umumiy maydoni 66,1 
ming kv. kmni tashkil etgan. 27 yildan so‘ng 1987-yilga kelib, uning akvatoriyasi 
20.000 kv. kmga kamayib ketdi. Suvning umumiy hajmi ikki marta, qirg‘oq 30 kmdan 
80 kmgacha qisqardi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Orol dengizi yer kurrasining 
cho‘l mintaqasida joylashgan eng yirik, suvi sho‘r va oqmaydigan ko‘llardan 
hisoblanib, kattaligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi, ittifoqda Kaspiy dengizidan keyin 
ikkinchi o‘rinda turgan. Bu dengizning qurib borishi butun jahonni tashvishga solib 
turgan vaqtda, qurigan Orolning tubida yaxshi ekinzorlar yaratamiz degan g‘ayri 
ilmiy tasavvurlarga berilib, yangi yerlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya shoxobchalarini 
qurish masalasi ilgari surildi. 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin