38
qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, o‘zining yurakdan chiqqan
samimiy va haqqoniy so‘zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi yaralariga malham
qo‘ygandek bo‘ladi.
Ammo voqelar qaltis tus olgan kezlarda Farg‘ona fojialari haqida respublika
matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi,
bu
mojarolarning kelib chiqishida, asosan, “mahalliy aholi aybdor” deb bir
tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Ta’kidlash joizki,
1989-yil 11-iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan farg‘onalik
yoshlardan yuzga yaqini ommaviy axborot vositalarining voqealarga munosabati
haqida bir qator to‘g‘ri talablarni qo‘yadilar. Bunday ommaviy chiqishlarga,
kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga “ko‘nikmagan” mustabid tuzum
siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashlaydi.
1989-
yil 8-iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari
tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok
bo‘ladi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilinadi.
Umuman 3-12-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va
ularning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009
kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Voqealaming keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy
organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga
hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug‘d viloyati)
viloyati Asht tumanidagi
Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday
lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan
Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib
olib borib joylashtiriladi. Zero, o‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari
o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli
maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq bermasin, tarix, albatta, o‘zining adolatli
hukmini chiqaradi. Baynalminalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik,
qalb saxovati
hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi,
kadrlar siyosati, qatag‘onlar, sanoat, elektroenergetika, mashinasozlik, asbobsozlik,
irrigatsiya, melioratsiya, qo‘riq va bo‘z yerlar,
ijtimoiy hayot, madaniy hayot, fan,
adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya, “qayta qurish”, “paxta ishi”, paxta yakka hokimligi,
ekologik muammolar.
Respublika rahbarining bunday qat’iyati asossiz ta’na va bo‘xtonlardan
ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko‘tardi. Islom
Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha’niga otilgan
malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik
qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan,
transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini,
ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi
minbarlardan turib jasurlik
bilan aytadi.
Davlat rahbari o‘sha davrdayoq Farg‘ona voqealarining tub sabablari quyidagi
masalalar bilan bog‘liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar Islom Karimovning