O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


partiyalardan 35 mingdan ortiq kuzatuvchilar ham ishtirok etdi



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Eng yangi tarix kitob


partiyalardan 35 mingdan ortiq kuzatuvchilar ham ishtirok etdi. 
Prezident saylovini mamlakatimizning qariyb 600 ta va 180 dan ziyod xorijiy 
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, qariyb 180 ta xorijiy va milliy internet 
nashrlari yoritib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish 
bo‘yicha Respublika matbuot markazi va hududiy matbuot markazlari tomonidan 
mamlakatimiz va chet elning 980 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida saylov 
kompaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan 70 dan ortiq matbuot 
anjumanlari, brifinglar va onlayn brifinglar o‘tkazildi. Mamlakatimiz va chet el 
ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq 12750 dan ziyod maqola va axborot 
materiallari, ko‘rsatuv 
hamda eshittirishlar e’lon qilindi. O‘zbekiston 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi 
Qonunining 35-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Umumiy qilib aytganda, Islom Karimov O‘zbekiston davlati va davlatchiligini 
barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakatimiz 
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida 
ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bordi. Mana 
shunday buyuk ishlarni amalga oshirgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2- sentabr kuni 78 yoshida 
Toshkent shahrida vafot etdi. U 2016-yil 3-sentabr kuni Samarqand shahrida dafn 
etildi. Dafn marosimida jahonning 17 ta mamlakatidan delegatsiyalar, davlat 
rahbarlari, ko‘plab rasmiy doira vakillari, respublikaning keng jamoatchilik a’zolari 
ishtirok etdilar. 
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, yurtimizda qad ko‘targan ko‘plab noyob 
ishootlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ulug‘ ajdodlarimizning nomi bilan bog‘liq 
bo‘lgan me’moriy majmualar Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir. O‘tish davrining 
qiyinchiliklari, o‘zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, tinchligini saqlash va 
millatlararo totuvlikni ta’minlash kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk 
bo‘lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf bilan uddalab o‘tganini 
qayd etishimiz kerak. Shuningdek, u mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga 
oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni 
mustahkamlash, jamiyatda qonun ustuvorligini, insonlarning huquq va erkinliklarini 
ta’minlash, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik 
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart- sharoitlar yaratdi. 
2017-yil 27-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va 
siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash 
to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom 
Karimov haykali o‘rnatildi. Samarqand shahridagi Shohizinda me’moriy majmuasida 
Islom Karimov nomiga atab maqbara bunyod etildi, Toshkent davlat texnika 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin