O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Eng yangi tarix kitob

2.
 
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining 
shakllanishi. 
Suveren O‘zbekiston tarixi hali nisbatan qisqa - respublika mustaqilligi 
1991-yil 31-avgustda e’lon qilingan, biroq o‘tgan vaqt ichida mamlakatimiz xalqaro 
miqyosda e’tirof etildi va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi. 
O‘tmish ham, kelajak ham o‘z holicha mavjud bo‘lmasligini O‘zbekiston 
fuqarolari yaxshi tushunadilar. Ular tarix qirg‘oqlari oralig‘ida, bir oqimda suzadilar, 
ularni tarixiy harakatning yagona sub’yekti - inson birlashtiradi. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil 
demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun 
ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik 
ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida 
belgilangan. 
Agar nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-2000-yillarda mamlakatda fuqarolik 
jamiyati qurishning poydevori - huquqiy davlatga xos bo‘lgan qonunlar va boshqa 
huquqiy shart-sharoitlar shakllandi. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan 
boshlab O‘zbekistonda xalqning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini 
ta’minlashning siyosiy-huquqiy asoslarining yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi. 
O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan meros 
bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor 
yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda “fuqaro - jamiyat - davlat” tizimi 
qonuniy asosga qo‘yildi. Bu - siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan 
jarayon. Chunki uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni 


70 
nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish 
o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda insonning barcha huquqlari, xususan, davlat 
ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda 
ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. “Fuqaro” va “davlat” munosabatlaridagi 
mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularning davlat hokimiyatini 
boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi 
vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32- moddasida belgilab 
qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar, 
deb belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji 
bilan ta’minlanadi. 
Demokratik institutlar - jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror 
topishiga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni 
shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy- siyosiy 
institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat 
demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, 
inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish 
mumkin. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va 
rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 
Bular jumlasiga asosiy hujjatlar sifatida “O‘zbekiston Respublikasida jamoat 
birlashmalari to‘g‘risida” (1991-y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va 
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992-y.), “Nodavlat-notijorat tashkilotlari 
to‘g‘risida” (1999-y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” 
(1999-y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996-y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” 
(2003-y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004-y.), “Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991-y.), “Nodavlat-notijorat tashkilotlari 
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007-y.), “Ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risida” (1997-y.), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik 
to‘g‘risida” (2014-y.) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin. 
Jamiyatda NNT tizimini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Muhimi, 
“uchinchi sektor” deb ataluvchi NNT jamiyatning asosiy institutlari sifatida namoyon 
bo‘la boshladi. 
Jahon tajribasidan ma’lumki, aholi fuqarolik jamiyati institutlari, ya’ni jamoat 
tashkilotlari, siyosiy partiyalar, NNT, ayollar va yoshlar uyushmalari, o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, ayniqsa, mahallalar, ommaviy-axborot vositalari kabi ijtimoiy 
tuzilmalar vositasida davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlari uchun 
shart-sharoitlar yaratishi talab etiladi. O‘zbekistonda ham fuqarolik jamiyati 
institutlari o‘sib bordi: agar 1991-yilda respublikamizda 200 ta fuqarolik jamiyati 
institutlari - NNT qayd etilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning soni 2585 taga, 
2013-yilda esa 6000 taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev 2020-yil 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda 
jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish 


71 
o‘tkazdi. Shunda mamlaktimizda 10 mingdan ziyod nodavlat-notijorat tashkilotlari 
mavjudligi ta’kidlandi. 
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirishga oid konseptual va 
strategik hujjatlarning qabul qilinishi 2000-2016-yillarni o‘z ichiga oladi. Biroq 
2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Xalq davlat 
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini 
o‘rnatishga oid tashabbusi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy 
omili sifatida namoyon bo‘ldi. Prezident tashabbusi bilan 2017-yil esa “Xalq bilan 
muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Albatta, xalq bilan doimiy 
muloqot - bu fuqarolik jamiyatining eng asosiy prinsipi edi. Lekin mamlakatda davlat 
hokimiyati organlari boshqaruvining ahvoli qandayligi, fuqarolarning bu haqda 
qanday fikrda ekanligini aniqlash lozim edi. 
2016-yilning 
28-dekabrida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan 
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Unga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining 
Fuqarolar qabulxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq 
qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, 
shuningdek, har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tuzildi. Bu borada aholi 
bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi 
mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor. Biz aholi eng ko‘p 
murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat 
jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tish haqida o‘ylayapmiz”. 
Albatta, 2017-yildan boshlab fuqarolik jamiyati qurishga yangicha qarashlar, 
bu sohadagi tub o‘zgarishlar o‘z natijasini bera boshladi. 10 oy ichida - 2017- yilning 
21-iyuligacha Xalq qabulxonalariga bir millionta murojaat kelib tushdi. Hattoki, bu 
ko‘lamdagi xalq muammolariga doir axborotlar olib, ularni tahlil etadigan institutlar 
g‘arb davlatlari tarixida ham uchramaydi. Shu bilan birga murojaatlar ichida ularning 
bittasi ham davlat organlari e’tiboridan chetda qolmaydigan mexanizm o‘z samarasini 
ko‘rsatdi. 
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “davlat 
va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy 
partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, 
davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” 
tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini 
oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash” masalalariga alohida e’tibor 
qaratilgan. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijasida 
mamlakatda fuqarolik jamiyati va uning institutlarini rivojlantirishga oid huquqiy 


72 
asoslar takomillashtirildi va demokratlashtirildi. 2017-yil 15-avgustgacha Harakatlar 
strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini 
rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish 
sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta 
vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta 
ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta 
tashkil etildi. 
Bu kabi sa’y-harakatlar tizimli ravishda olib borilmoqda. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin