O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


partiyasidir. Ularning faollari, asosan, yozuvchi va olimlardan iborat bo‘lgan



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Eng yangi tarix kitob


partiyasidir. Ularning faollari, asosan, yozuvchi va olimlardan iborat bo‘lgan. 
Xususan, 1988-yil 11-noyabrda Abdurahim Po‘latov, Muhammad Solih tomonidan 
asos solingan edi. Chunki o‘sha vaqtda sobiq ittifoqning g‘arbiy hududlarida ijtimoiy 
harakatlar faollashgan edi. Xususan, Boltiqbo‘yi respublikalarida “Sayudis” va 


75 
boshqa harakatlar paydo bo‘lgan edi. “Birlik” harakati dastlab til, milky ma’naviyat 
kabi masalalarni ko‘tarib chiqsada, so‘ngra siyosiy liderlari “shaxsiy manfaati 
yo‘lida” kurash boshlab, davlat va jamiyat faoliyatiga xavf tug‘dira boshladi. So‘ngra 
ularning faoliyati tugadi. 
Keyin esa davlat va jamiyat rivojini ko‘zlab siyosiy partiyalar tashkil topa 
boshladi. Ulaning aniq maqsad va dasturlari mavjud edi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya rasman ro‘yxatdan o‘tgan 
holda faoliyat olib bormoqda, bular: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi; “Adolat” 
sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston 
Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyalaridir. 
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) - 1991-yilda O‘zbekiston 
mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil qilingan birinchi siyosiy partiya. Mazkur 
partiyani ko‘p jihatdan sobiq kommunistik partiyaning merosxo‘ri sifatida ham e’tirof 
etadilar. O‘zXDP 1991-yil 1-noyabrda rasman ro‘yxatga olingan. Rasmiy 
ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda partiyaning a’zolari soni 500 minga yaqin. 
Joylarda partiyaning 11 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib 
boradi. O‘zXDP markaziy kengashi raisi - Ulug‘bek Inoyatovdir. 
Partiya ustavida uning asosiy maqsadi - davlat hokimiyatining vakillik 
organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan 
iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Partiyaning matbuot organi - “O‘zbekiston ovozi” 
va “Golos Uzbekistana” gazetalari. 
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi - 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. 
Bugungi kunda 400 ming a’zosi bor. Respublika hududlarida 5 minga yaqin 
boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Partiya siyosiy kengashining raisi - Bahrom 
Abdurahmonov. Matbuot organi - “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Partiya ustavida 
belgilangan asosiy maqsadi - huquqiy-demokratik davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda 
O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy 
manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, 
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni 
shakllantirishda faol ishtirok etish deya belgilangan. 
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi - 2008-yil 20-iyunda Milliy tiklanish va 
Fidokorlar partiyalarining birlashuvi asosida shakllangan. Partiyaning a’zolari soni 
490 minga yaqin. “Milliy tiklanish” partiyasi markaziy kengashi raisi - Alisher 
Qodirov. 
Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin