O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


  5-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Eng yangi tarix kitob

66 
5-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI 
ASOSLARINING SHAKLLANIShI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY 
ISLOHOTLAR. 
REJA 
1.
Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi. 
2.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining 
shakllanishi. 
3.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning 
ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. 
4.
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. 
5.
O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, 
ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik. 
6.
O‘zini o‘zi boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni 
demokratlashtirishdagi o‘rni. 
7.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va 
himoya qilish. 
1.
 
Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil 
demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun 
ustuvorligi hamda mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik 
ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida 
belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bizning bosh 
strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini 
shakllantirishdan iborat” deb ta’kidlagan edi. 
Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida 
shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan 
belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish 
uchun, avvalo, u haqdagi g‘oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim. Fuqarolik 
jamiyati ma’lum asoslar, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy 
asoslar bilan shakllanishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat: 
iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan 
mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor 
munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, 
o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk 
daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol faoliyati 
erkinligining ta’minlanganligi; 
ijtimoiy-siyosiy asos - mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va 
siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish 


67 
maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi, hokimiyatlar turli-tuman markazlar, 
tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va 
muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining 
sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan - kuchli 
jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi; 
huquqiy asosi - inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat 
qadriyatlarining qaror topishi, yuridik tenglikning ta’minlanishi va ularga huquq 
hamda erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi; 
ma’naviy asos - insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari 
himoyasida tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan 
bo‘lishlari, vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura, 
dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni 
demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishadi. 
O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi 
turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va 
davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini 
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki fuqarolik jamiyatining bu progressiv 
jihatlari (tamoyillari va belgilari) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan 
kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon 
beradi. 
Aslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida 
mazmun kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinida jamiyatning muayyan 
shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, 
rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo 
davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal 
etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘liqdir. 
Ma’lumki, yetuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish 
mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona 
shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va 
markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, 
davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, 
erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar 
yaratishdan iborat. 
Bu haqda so‘z borar ekan, aytish mumkinki, mustaqillikning dastlabki 
kunlaridan boshlab O‘zbekiston demokratiyani o‘z taraqqiyotining bosh yo‘li sifatida 
tanladi. Demakki, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni qurish davlat va 
jamiyat oldida muhim vazifa bo‘lgan. 
Fuqarolik jamiyati tushunchasini quyidagi jihatlarda ham ko‘rishimiz mumkin. 
Ya’ni u: 
-
davlat hokimiyati tizimining ijtimoiy negizi; 
-
jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini shakllantirish, ta’minlash makoni; 
-
jamiyatni demokratlashtirishning ijtimoiy zamini; 
-
davlat hokimiyati idoralari tizimi vakolatlari ta’siri doirasini oqilona 


68 
chegaralash va uning ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish vositasi; 
-
kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlarning 
siyosiylashmagan tomonlari; 
-
siyosiy tizim, davlat hokimiyati shakllanishining dastlabki negizi kabilarni 
ham tushunish mumkin. 
Huquqiy davlat - bu shunday bir davlat hokimiyatidirki, u huquq normalariga 
binoan va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki 
cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy 
tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi. 
Fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi inson huquqlari va fuqaro huquqlarining 
farqlanishini belgilab berdi. 
Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro huquqlarini - davlat ta’minlaydi. 
Ikkala holatda ham shaxs huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi, biroq birinchi holatda 
ayrim inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik huquqlari nazarda tutilsa, ikkinchi 
holatda - uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi. 
Inson huquqlari va fuqaro huquqlari o‘rtasidagi farq muayyan asoslarga ega 
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
1)
inson huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilgani va qonun yo‘li bilan 
mustahkamlanganidan, ularning egasi - inson u yoki bu davlatga mansubligidan qat’i 
nazar mavjud bo‘lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa mazkur shaxs qarashli bo‘lgan 
davlat tomonidan himoya qilinadi; 
2)
dunyoda hali anchagina odamlar umuman fuqarolik maqomiga ega emas 
(fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular rasmiy darajada fuqaro 
huquqlariga emas, balki inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik jamiyatining vazifasi 
ijtimoiy hayotning rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Shu sababli, uning asosiy 
tarkibiy qismlarining vazifalari qatoriga bu jarayon normal kechishi uchun 
shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar faoliyati tashkil etadi. 
Fuqarolik jamiyatining asosiy qadriyatlarini oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, 
ma’naviyat, tartib, davlatchilik tashkil etadi. Bunda hammani va majburiy tartibda 
mulkdorlarga aylantirish nazarda tutilmaydi - ularning ko‘pchiligi buni xohlamaydi, 
biroq bunday imkoniyat har kim uchun saqlanishi lozim. Mulk har doim shaxs va 
butun jamiyat erkinligining bosh omili sifatida amal qiladi. Mulkka nisbatan hurmat 
mavjud bo‘lmagan joyda shaxsga nisbatan hurmat ham mavjud bo‘lmaydi. 
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari “yuqoridan” turib emas, balki “quyidan”, 
fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning manfaatlari, 
qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi davlat tuzilmalariga 
qaram emaslikda, ichki qoidalar bilan nazarda tutilgan vazifalarni hal qilishga 
qaratilgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida namoyon bo‘ladi. 
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: 
-
erkin individlar uyushmasi; 
-
o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma; 
-
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuralistik tizim; 
-
o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim. 


69 
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 
1)
iqtisodiy 
erkinlik, 
mulk 
shakllarining 
rang-barangligi, 
bozor 
munosabatlari; 
2)
inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya 
qilish; 
3)
hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati; 
4)
qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik 
jihatdan ishonchli himoyalanganligi; 
5)
hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi 
prinsipiga asoslangan huquqiy davlat; 
6)
siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; 
7)
so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 
8)
fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro 
majburiyatlari va burchlari; 
9)
sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik; 
10)
odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy 
siyosat kabilardir. 
Shunday ekan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniyat yo‘nalishlaridagi masalalarni hal etish 
mumkin bo‘ladi. Unda ko‘pchilikning ishtirokini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin