51
ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi.
O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada birinchi bor o‘tayotganligi inobatga
olinib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida
saylov komissiyalari
tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko‘pgina
vakillar kiritildi.
O‘zbekiston Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
VIII sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u
birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi, ya’ni Oliy lavozimga ikki nomzod -
O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi
I.
A.Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi
vakili Saloy Madaminov
(Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln
nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda
tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida
ta’minlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning
saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot vositalarida
e’lon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish,
binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi
jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini ta’sis
etgan mustaqil
mamlakatlardan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Malayziya va boshqa
davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. Ular
O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar.
Saylovlar yakuniga ko‘ra, 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda
qatnashganlarning (86 %) I.Karimov nomzodini, 1 million 220 ming saylovchi (12,3
%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga
asoslanib Islom Abdug‘aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. I.Karimov
O‘zbekiston Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX
sessiyasida qasamyod qildi. 1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan
I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000- yilgacha uzaytirildi.
O‘tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy- ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000- yilgacha uzaytirish masalasi
bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000- yilgacha uzaytirishga siz
rozimisiz?” degan savolga 11 mln 199 ming 415 kis hi yoki ovoz berishda
qatnashganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Referendum natijalari Markaziy
saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli
qarori bilan mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil
19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov
52
komissiyasi O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom
Abdug‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq
demokratik partiyasidan
ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi, yashirin
ovoz berish byulleteniga kiritdi.
2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga
olingan
saylovchilaming 95,10 foizi, 12 mln 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda
qatnashganlaming 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A.Jalolov uchun ovoz
berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2000-yil 11-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
navbatdagi majlisi 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti
saylovi natijalariga bag‘ishlandi.
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yil 9-yanvari mustaqil O‘zbekistonimiz
tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga
va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib
qoladi. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Islom Karimov nomzodi uchun ovoz
berdi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar
asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash
imkoniyati berildi va ular
xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu
hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo‘lishi
uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini yanada
erkinlashtirilishiga zamin hozirladi.
2015-yil 29-mart kuni yana bir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
saylov bo‘lib o‘tdi. Ushbu saylov jarayonida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20
million 798 ming 52 nafardan 18 mln. 942 ming 349 nafar saylovchi ovoz berishda
ishtirok etgani aniqlandi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 91,08
foizini tashkil etadi.
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 17 mln. 122 ming 597 nafari
yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-
demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimovni
yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan
ko‘rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga - 583 ming 309 nafar saylovchi
yoki 2,92 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod
Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar saylovchi yoki 2,92
foizi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Narimon
Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar saylovchi yoki 2,05 foizi ovoz berdi.
Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 43 ta davlatidan va beshta xalqaro
tashkilotdan: Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va
inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay
hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorligi
tashkilotidan 299 nafar kuzatuvchi ishtirok etgani saylov kompaniyasi demokratik va