3-
MAVZU. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
TASHKIL
TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
Reja:
1.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
2.
Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
3.
I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi.
1.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
XX asrning 80-yillari sobiq sovet davlatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviy jihatdan yaqqol tunazzul holati yuzaga kelib qolgan davr edi. “Qayta
qurish”
siyosati
barbod
bo‘lishi,
ma’muriy-buyrukbozlikka
asoslangan,
mulkchilikning turli shakllari raqobat asosida saqlanishni inkor etgan mavhum
siyosiy, sinfiy, umumiy manfaatlarni milliy manfaatlardan ustun qo‘ygan, yagona
partiya ish hukmronligiga tayangan mustabid tuzum butunlay istiqbolsiz ekanini
amalda yana bir bor ko‘rsatgan edi. Bu vaqtda O‘zbekiston iqtisodiy hayoti juda og‘ir
ahvolda, xususan, sanoatning bir yoqlama rivojlanib, “paxta” sanoat kompleksiga
moslashishi, ekologik ahvolning og‘irlashib, onalar va bolalar o‘limining oshib
ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar yuzaga kelib, milliy mojarolar
yanada kuchayib, milliy urf-odatlar, qadriyatlar ta’qib ostida qolishi respublikani tang
ahvolga solib qo‘ygan edi.
1989-
yil sentabrda KPSS MQning navbatdagi plenumida ham I.A.Karimov
respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang vaziyatga tushib qolganligini alohida
ta’kidlab o‘tadi. Biroq markaz respublikalar milliy manfaatlarini o‘ylashdan yiroq edi.
Respublikada sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar avvallari markazning
qanchalik e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsa endilikda ham uni mamlakatda iqtisodiy
inqirozlar kuchayib turgan vaqtda bu hol umuman qiziqtirmas edi. Shuningdek,
O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish asta-sekin so‘na bordi. Masalan, 1987-yilda
O‘zbekistonda milliy daromad kishi boshiga 1985- yildagiga nisbatan 94,5 %ni
tashkil qildi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi 1986-1990- yillarda biron marta ham
1985-yildagi darajaga yetib bormadi. Bu davrlarda sanoat va qishloq xo‘jaligining bir
45
qancha sohalari nafaqat kishi boshiga, balki mutlaq miqdori ham kamayib ketdi.
Po‘lat, traktor, paxta terish mashinalari, ekskavator, ko‘prikli kran, qog‘oz, paxta
tolasi, shohi gazlama, go‘sht ishlab chiqarish miqdori ancha kamaydi. Qishloq
xo‘jaligida ham paxta va sabzavot turlarining hosildorligi pasaydi. Aholiga maishiy
xizmat ko‘rsatish, o‘rtacha ish haqi to‘lash va boshqa ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
O‘zbekiston Rossiyadan deyarli ikki barobar orqada qola boshladi. Buning asosiy
sababi - bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan
ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha
miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni
yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda
yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi
o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi. Mamlakatimiz rahbari
o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yo‘li sifatida quyidagilarni belgilab
berdi:
a)
ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni
sog‘lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b)
hayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o‘rnatish, rahbar
kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchilar bilan
olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mustaqillikkacha
bo‘lgan davr bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish,
istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish,
ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qo‘lga kiritilganini idrok etish
masalalarga chuqur yondashish zarur edi.
Respublikadagi vaziyatni yaxshi tushungan O‘zbekiston rahbari tashabbusi
bilan 1989-yil 17-avgustda “Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan
ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha sharoitlarni yaratib
berish haqida” qaror qabul qilindi. Mazkur qaror qabul qilinganidan so‘ng o‘tgan bir
yil mobaynida 60 mingdan ziyod oilaga yer uchastkalari ajratib berildi. Respublikada
mavjud bo‘lgan tomorqalar butun ekin maydonlarining 5 foizini tashkil etgan, jami
200 ming gektar yerni tashkil etdi. Ayni paytda bu yerlarning har gektaridan ko‘plab
daromad olindi.
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi xo‘jalikda
yetishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga chiqarish imkoniga ham
ega bo‘ldi. Natijada mayda tovar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila boshladi. Bunday
yordamchi xo‘jaliklar bozor munosabatlarini rivojlantirish, oziq- ovqat mahsulotlarini
yetishtirishga muayyan hissa qo‘sha boshladilar.
Bu harakatlar zamirida mustaqil tiklanish, milliy davlatchilikni tuzish uchun
harakatlarni sezish mumkin edi. 1989-yilning oxirlariga kelib o‘zbek tiliga ham
Davlat tili maqomini berish uchun olib borilgan harakatlar milliy davlatchilikni
rivojlantirishning bir yo‘li edi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish harakatlari
1988-yildan boshlangan bo‘lsada, hali-hanuz bir qarorga kelishning imkoni yo‘q,
matbuotda esa bu haqida turli qarashlar va fikrlar bildirilar, aniq bir natija
46
belgilashning imkoni bo‘lmas, markazniig ta’siri ham kuchli edi. Respublikada
rahbarlikni boshlagan I.A.Karimov alohida komissiya tuzish haqida ko‘rsatma beradi.
Ushbu komissiya xalq fikrini o‘rganib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini beruvchi
qonun loyihasini tayyorlashi kerak edi. Yangi tuzilgan komissiya tarkibiga norasmiy
tashkilotlarning vakillari ham kiritilgan edi. Loyiha muhokama qilinayotgan to‘rt oy
davomida komissiyaga jami to‘rt mingga yaqin maktub kelib tushdi, bu xatlarga jami
150 mingdan ortiq kishi imzo chekkan edi.
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bu takliflar o‘rganib chiqildi va tezda
qonun loyihasining yangi uch varianti yuzaga keldi. Bular komissiya loyihasi,
yozuvchilar uyushmasi tuzgan loyiha, norasmiy tashkilotlar vakillari tuzgan
loyihalardan iborat edi. Barcha loyihalar ochiq, xolis muhokama etildi va ularni
o‘rganish, umumlashtirish asosida yangi loyiha tayyorlanib, u 1989-yil 11- oktabr
kuni matbuotda e’lon qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so‘ng O‘zbekiston
SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan 11-sessiyasida “O‘zbekiston
SSRning Davlat tili haqida” Qonuni qabul qilindi. Shundan so‘ng davlat tilini izchil
takomillashtirish maqsadida keng harakatlar boshlandi. Qonunda belgilanganidek,
Respublikada qonun loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar aniq
belgilangan holda faqat rahbar xodimlargina emas, balki turli millat vakillari bilan
muntazam aloqada bo‘luvchi kishilar, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, ijtimoiy
ta’minot, xalq maorifi, madaniyat va sog‘liqni saqlash, savdo, maishiy xizmat
ko‘rsatish, aloqa, transport, kommunal xo‘jalik, ommaviy axborot vositalari
xodimlari, o‘z vazifalarini bajarishi uchun yetarli darajada davlat tilini bilishlari
kerakligi ta’kidlangandi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston rahbariyati o‘zbek tilini davlat tili darajasiga
ko‘tarishda respublikada istiqomat qiladigan boshqa xalqlarning milliy manfaatlarini
ham hisobga oldi. Davlat tili haqidagi qonunda o‘zbek tilining davlat tili sifatida
rivojlanishi boshqa milliy tillarning manfaatlariga zid kelmasligi belgilangan edi.
Qonunga respublikada yashovchi barcha xalq va millat vakillari teng huquqli ekanini
ko‘rsatuvchi modda ham kiritildi.
Bunday yondashuv asosida 1995-yil 24-avgustda “O‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi. Bu
qaror Davlat tili haqidagi Qonunni to‘ldirdi. Shundan so‘ng respublikadagi
rusiyzabon aholining davlat tilini egallashlari uchun yanada ko‘proq imkoniyat
yaratish, shu munosabat bilan maktablar, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari
muassasalardagi o‘zbek ta’limini yanada yaxshilash, takomillashtirish, ular uchun
yangi dastur, darslik hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, davlat tilini
jadallashtirib o‘rgatishning zarur uslubiyotini tezkorlik bilan ishlab chiqish, bu
muhim tadbirda ana shu soha mutaxassislarining keng va faol ishtirokini ta’minlash
maqsadida bir qator vazifalar ham amalga oshirildi. Shuningdek, harbiy, diniy va
boshqa sohalarda kerakli til belgilanishiga urg‘u berildi.
O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy atamalarini tartibga
keltirish va takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzurida
maxsus Atamalar qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita oldiga tegishli vazifalar
47
qo‘yildi. Qo‘mita dastlabki vaqtdan boshlab matbuotda berilgan, radio va
teleko‘rsatuvlarda qo‘llangan atamalarni, 15 ta vazirlik, qo‘mita va idoralardan
kelgan, shu idoralarga taalluqli atama va nomlanishlarni to‘plab, muhokama etdi.
Umuman, 1989-yilda qabul qilingan davlat tili haqidagi qonun ayrim
kamchiliklardan holi bo‘lmasa-da, biroq bu qonunning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitda qabul qilinganini hisobga olsak, bunday kamchiliklarning sabablarini
tushunib olish qiyin emas edi. Mazkur qonun xalq madaniy merosi, milliy
qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash, shu asosda milliy ong, ruhiyat
mustahkamligi, ijtimoiy faollik kuchayishiga ham yo‘l ochib berdi. Shu ma’noda
milliy tillarga davlat maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi olib borilayotgan
mustaqillik yo‘lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy ta’sir etdi. Davlat tili
haqidagi qonun milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida
respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy qadam bo‘ldi
va milliy mustaqillikning ma’naviy poydevoriga asos bo‘ldi. O‘z-o‘zidan, ushbu
Qonun o‘zbek xalqining mavqeyini tiklashga, uning ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida to‘la amal qilishiga katta imkon yaratdi.
1990-
yil 31-oktabrga kelib Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq
prokuroriga qaramligiga barham berish va bu tizimning mustaqilligini
mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Prokurori Respublika oliy organi tomonidan
tayinlandi. Umuman, 1990-yilga kelib sovet davlatining hukmronligi inqirozga
uchrayotgan, ittifoqdosh respublikalar o‘z milliy mustaqilligi uchun keng harakatlarni
olib borayotgan davrlar bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati ham mustabid
tuzum uchun butkul yot bo‘lgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar bilan
maydonga chiqdi. Aynan mana shu davr respublikaning mustaqillik sari yo‘l olishi
bilan ifodalandi. O‘zbekistonning Birinchi rahbari I.A.Karimov boshchiligida
boshlangan bu yo‘l tarixiy-ma’naviy tiklanish, markaz tomonidan olib borilgan
qatag‘onlik siyosatiga chek qo‘yish, o‘zbek xalqi sha’nini himoya qilish, iqtisodiy
tanazzul holatini cheklash, ichki bozorni himoyalash, butkul yangi ijtimoiy himoya
siyosatini olib borish, markaz ta’sirini kamaytirish va boshqa keng qamrovli
tadbirlardan iborat bo‘ldi.
1990-yil bahorida Islom Karimov “Gorbachyovcha qayta qurish” boshi berk
ko‘chaga kirib qolganini anglab yetdi. O‘sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida
bunday odamlar kamdan-kam edi. Rossiyada va boshqa ittifoqdosh respublikalarda
tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O‘zbekistonda ham yuz bermasligi uchun
qat’iy choralar ko‘rish kerak edi. O‘zbekistonda hokimiyatning ozgina zaiflashuvi
ham respublikada millatlararo nizolar yangidan boshlanishiga, ijtimoiy portlashlarga
olib kelishi mumkin edi.
Lekin baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. Shu
sababdan ham davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq rahbariyati
1990-yilning kuzida markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi
holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini boshlashga majbur bo‘ldi.
1990-yil oxirlariga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari mustaqillik to‘g‘risidagi
48
talablarni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga ko‘ndalang qilib
qo‘yganlaridan so‘ng Prezident M.Gorbachev bir guruhni deputatlar va rahbarlar
bilan vaziyatni o‘rganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish, ta’sirini o‘tkazish maqsadida
Boltiqbo‘yiga bordi. Guruh tarkibida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov ham bor edi.
U yerda I.Karimov haqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat’iyat va
favqulodda jur’at bilan munosabatini bildirdi. Komissiya ishini yakunlamasdanoq
Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi guruhni ham tashlab,
tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo‘yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi,
mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy haqiqat, inson haq-huquqlarinining
tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi. Haqiqatdan ham ittifoq tarkibida turib
hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy taraqqiyot to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin
emas edi. 1991-yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada
chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish o‘ta mushkul bo‘lib qoldi. Shu
vaziyatdan foydalanib 19-21-avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga
urinib ko‘rildi. Favqullodda holat davlat qo‘mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti
M.Gorbachev zo‘ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi. Shu sababli Gorbachev va
uning atrofidagilar norozi bo‘lishiga va qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, O‘zbekiston
Respublikasi respublika Prezidentligini joriy etdi.
Dostları ilə paylaş: |