Z nishanova, G. Alimova


bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/170
tarix06.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#152672
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.
Bog‘cha yosh davrda bola o‘zining harakatlari, ularda ishlatayotgan
buyumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi,
kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalami analiz qiladi.
(“Qo‘g‘irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”,
“Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko‘tarib qo‘yaman”). Bunda
nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje
“egotsentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq
bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali
etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.
Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje
aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki
o ‘z tabiatiga ko‘ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo‘lishiga
sabab hali bolaning o‘ziga va o‘zgalarga yo‘naltirilgan nutqni o‘zaro
farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik
bog‘cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat
qilishga moyil bo‘lishlari bilan bog‘liq. Bolaning mustaqil faoliyat
ko‘rsatishi qanchalik sust bo‘lsa, ushbu moyillik yuqori bo‘ladi.
Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o‘mini
bosuvchi o‘ziga xos nutqiy o‘rinbosor vazifasini bajaradi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni
rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o ‘z
faoliyatining maqsad-muddaosini ozaki ifodalaydi. So‘ngra faoliyatni
bajarish davrida olingan natijalami og‘zaki qayd etadi, og‘zaki
ravishda yangi harakatlami rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklami
bartaraf etadi.
Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin