bosqichdan iborat bo‘ladi: 1) og‘zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish; 2) tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig‘ilib, interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo‘nalib), 5-6 yoshli bolalarda ichki nutqqa aylanadi. Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar ongni www.ziyouz.com kutubxonasi
intensiv ravishda o‘zlashtirishga sabab bo‘ladi. Bola nutqi borgan iari mazmunliroq bo‘lib boradi. Situativ nutq — kichik bog‘cha yoshdagi bola nutqining asosiy shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot beravchi nutqqa o‘mini bo‘shatib beradi. Kontekst nutq bu nutqni suhbatdosh faqat til vositalari asosida, vaziyat (situatsiya) ga tayanmay turib tushuna olishi bilan xarakterlanadi. Nutqning kontekst shakli fikming to‘laligicha, mantiqiy to‘g‘ri ketma-ketlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning qo‘llanilishini taqozo qiladi. 0 ‘z tuzilishiga ko‘ra kontekst nutq yozma nutqqa yaqinlashadi. Kontekst nutqning muhim xususiyati uning ixtiyoriyligidir. Bog‘cha yoshidagi bolalami savodxonlikka o ‘igatish byicha olib boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Savodxonlikka o‘igatishning bog‘cha yoshiga mo‘ljallangan shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan. Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va xususiyatlarini o‘rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh davrini aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6 yoshli bolalar savodxonlikni o‘rganishda tanlovchan tipdagi qabul