Gotfrid Xerder Konfutsiy haqida ko'p narsalami осЫЬ beradi. Uning fikricha, Konfutsiy axloqi butun dunyodan va ma'naviy va madaniy taraqqiyotdan uzoqda bo'lgan qullami tug'ishga qodir. Konfutsiychilikda kishilaming yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy rol o ’ynamaydi, bunda yuksak ahloqiy fazilatning xizmati katta, deyiladi. Biroq bu hukmron va qaram tabaqalarga ajratisb butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfutsiyning fikricha tabaqalarga ajratish tartibi eski an’analarga asoslanishi va u davlat tomonidan boshqarilishi lozim. Nomlarning to’g ’rilanishi, Chjen-min siyosati bo’yicha hamma narsa va hodisalar o’z ismiga mos kelishi kerak. Ana shunda hamma o ’z huquqi va majburiyatini biladi. Eramizning boshida konfutsiychilikka diniy g’oyalar kiritildi va u diniy ta’limot sifatida talqin qilina boshlandi. Konfutsiyning qabri yoniga ko’plab ibodatxonalar qurildi, unga qurbonliklar qilina boshlandi. Shu tariqa Konfutsiy xudo darajasiga ko’tarila boshlandi. XX asr boshlariga kelib KonfUtsiy sharafiga qurilgan ibodatxonalar soni ko’paya bordi. Konfutsiychilikda oliy ilohiy kuch osmon hisoblanib, Xitoy hukmroni esa xudolar bilan insonlar o ’rtasidagi vositachi, osmon o’g ’li deb talqin qilindi. Xitoy imperator-larini hatto xudo darajasiga ko’tarishgan. Konfutsiychilikda ajdodlar ruhiga sig’inish muhim o ’rin egallaydi. Shu boisdan qurbonlik qilish, tug’ilish, oila qurish, daft» qilish va boshqa marosimlar g’oyat tantanali bajariladi. Bu marosimlar davlat xokimlari, oila yoki urug’ boshliqlari tomonidan boshqariladi. Konfutsiychilikda qohinlar bo’lmagan dastlabki davrlarda hech qanday muayyan ta’limot ham bo’lmagan.