surilmaydigan, oyning ayni bir xil chislolariga to’g ’ri keladigan
bayramlarga, hamda suriladigan, y a’ni pasxa kunlariga qarab, kalendar
kunlari bo’yicha almashib turadigan bayramlarga bo’Iinadi. Ulug’
bayramlar ro ’yxati pasxadan boshlanadi, undan keyin o ’n ikki bayram
turadi.
988 yilning yozida Kiev knyazi Vladimir Vizantiya davlatidan
pravoslavie mazhabiga qabul qilishni so ’radi va Konstantinopol
patriarxligiga qabul qilindi. Rossiya xristianlikni shu tariqa qabul qildi.
Vizantiyadan Rossiyaga kelgan messioner pravoslav ruhoniylar Kiev
k o ’chalarida oliy tabaqaga mansub kishilami Dnepr daryosida
cho’qintirdilar. Lekin oddiy odamlar yangi dinga kirishni xohlamasdan
cho’qinishdan bosh tortganlari ham bor edi, ular majburan cho’qindilar.
Shundan keyin Moskva, Novgorod, Tver, Pskov, Vladimir, Nijniy
Novgorod knyazliklari ham birin-ketin cho’qintirilib yangi dinni qabul
qilganlar.
Pravoslavie mazhabida hozirgi paytda yagona markaz yo’q. Hozir
15 avtokefal, ya’ni biri-biridan mustaqil bo’lgan pravoslav cherkovlari
bor. Bular Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiy
(Suriya), Quddus, Rus, Kipr, Gruziya, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya,
Ellada, Albaniya, Polsha, Chexiya, Amerika avtokefal cherkovlaridir.
Pravoslavieda ahloqiy ta’limotga ham alohida ahamiyat berilgan.
Yaqin kishilaringni sev, yomonlik qilma, yaxshilik qil, o ’ldirma,
o ’g ’irlik qilma kabi pand-nasihatlar o ’ta talabchanlik bilan ta’kidalanadi.
Dostları ilə paylaş: