N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


Protestantsizmning o’ziga xos bo’lgan aqidalari



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/79
tarix06.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152700
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q (1)

Protestantsizmning o’ziga xos bo’lgan aqidalari
quyidagilardan iborat:
1) 
shaxsiy e ’tiqod bilan najot topish; 2) dinga ishonuvchan barcha 
kishilaming ruhoniy bo ’lishi mumkinligi; 3) Bibliyaning oliy nufuzini
tan olish;
4) 
dastlabki gunoh fe’l-atvorini buzganligi, uni yaxshilik qilish 
qobiliyatidan mahrum qilganligi, shuning uchun u xayrli ishlar, sirli 
marosimlar va asketizm y o ’li bilan emas, bandalar gunohini so’rab olish 
uchun o ’zini qurbon qilgan Isoga shaxsan e ’tiqod qilish yo’li bilan 
oxiratda gunohlardan forig’ bo’lish mumkinligini; 5) xristianlikni qabul 
qilgan va cho’qintirilgan har bir kishi o ’zini xudo bilan g ’ayritabiiy 
muloqatda bo ’lishga bag’ishlaydi, bu ishni cherkov yoki ruhoniylar 
vositaligisiz amalga oshirishi mumkinligi; 6) ruhoniylar bilan oddiy 
dindorlar o ’rtasidagi aqidaviy farqning yo ’qligi; 7) ruhoniylar oddiy 
dindorlaming tavbasini qabul qilishi va ularni gunohdan forig’ qilishi 
mumkin emasligi va ulaming diniy jam oalar oldida hisob berishi 
to ’g ’risidagi aqidalarga amal qilishi ishlab chiqilgan.
Protestantsizmning o’ziga xos xususiyatlari:
- ruhoniylaming oila qurishi m an’ etilmaydi;
- samoviy huzur-halovat to’g ’risidagi ta ’Iimotni rad qilingan;
67


- o ’lganJarga bag’ishlab duo o ’qish, aziz avliyolarga sig’inish, ular 
sharafiga bag’ishlab bayramlar o ’tkazish, muqaddas murdalarga va 
ikonalarga (ikona yunoncha so’z bo ’lib, uning m a’nosi tasvir, obraz, 
g ’ayritabiiy mavjudodlaming rasmlari, relefli tasvirlari bo ’lib, ular 
katolitsizm va pravoslavieda sig’inish predmetlari hisoblanadi) topinish 
bekor qilinadi;
- ibodat uylaridan ortiqcha hashamlar, mehroblar, ikonalar, 
haykallar, qo’ng’iroqlar olib tashlanib, oddiy holga keltirildi;
- monastirlar va monaxlar jamoasi ham barham toptirilgan;
- ibodat nihoyatda soddalashtirildi, v a’z aytish, duo o ’qish, 
psalomlarni (yunoncha pasaltir tarkibini tashkil etuvchi diniy qasidalar, 
ashulalar, xudoga hamdu sanolar o ’qish, iltijo, arz-dod (zorlanish), 
qarg’ash kabilarni ona tilida o ’qish va kuylash joriy qilindi;
- Bibliya birdan-bir manba deb qaralib, muqaddas rivoyatlar rad 
qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni o ’rganish va sharhlash 
«gunoh» hisoblanmaydi.
Bu o ’ziga xos xususiyatlar burjuaziya demokratiyasining yangi 
diniy yo’nalishga nisbatan tadbiq etish asosida paydo bo’lgan.
Protestantsizm ichki yo’nalishlarida: Lyuteranlik, tsving-lichilik, 
kalvinizm, anglikanchilik, mennochilik, anabap-tizm, unitarizm kabi 
mazhablar mavjud. Bu mazhablar XVI-XV1II asrlarda paydo bo’lgan 
edi.
Sekta lotincha-“ajralgan”, “uzilgan”, “mazhab” degan m a’noni 
bildiradi. Xristianlikda barcha yo’nalishlarda ham firqalar bor. Ayrim 
sektalar mustaqil diniy oqimga aylanib ketgan. Xristianlikning o ’zi 
dastlab yahudiy dinidagi sekta bo’lganligi boshda aytib o ’tilgan edi. 
Rasmiy hukmron din sektaga mansub ruhoniylami bid’atchilar, ular 
shaytonning yo’liga kirib ketganlar, deb qoralaydilar, O ’tmishda 
sektantlik harakatlari yangi diniy aqidalar, marosimlar, bayramlar, 
rivoyatlar, ayrim diniy peshvolar, alviyolar ta’limotiga amal qilish, 
ijtimoiy-siyosiy sinfiy-tabaqaviy manfaatlar, rasmiy dindan norozilik 
oqibatlarida va boshqa sabablarga ko ’ra kelib chiqqan va rivojlangan.
Biroq sektantlik juda xilma-xil b o ’lib, uning ichki ziddiyatlari 
ko ’p. Agar sektalaming aksar ko’pchiligi diniy yangi tarixiy sharoitga
68


moslashtirish asosida paydo bo’lgan bo’Isa, shunday sektaiar ham borki, 
ular eski dinni avvalgi holida, hech qanday o ’zgarishsiz saqlab qolishga 
intiladilar.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin