yaqindan munosabatda bo’lgan missionerlardan
xristianlik haqida
ko’pgina m a’lumotlar olgan, hinduiylar bilan munozaralarga kirishgan.
1876 yilda G ’ulom Ahmad Allohning huzuriga chiqqani va vahiy
ola boshlaganini da’vo qilib chiqadi. 1880 yilda u o ’z ta’limoti
asoslariga bag’ishlangan "Barohini Ahmadiya" (Ahmad dalillari) nomli
kitobining ilk ikki jildini nashrdan chiqarishga erishadi. Unda u islomni
boshqa dinlardan himoya qilgan. Shu tufayli
musulmonlar kitobdagi
"ilohiy ilhomlar", karomatlar, o ’z-o ’zini maqtashlarga, dastlab, uncha
e’tibor bermaganlar. Uchinchi va to ’rtinchi jildlarda esa G ’ulom Ahmad
o ’ziga vahiy tushayotgani va payg’ambar ekanini da’vo qilgan.
Shuningdek,
ingliz hukumatini maqtab, hozirgi paytga kelib "jihod"
tushinchasining o ’rinsiz, hukmsiz holga kelib qolganini aytgan.
Boshlanishda 50 jild bo’lishi rejalashtirilgan "Barohini Ahmadiya"ning
5 jildigina nashr qilingan.
1885 yili Mirzo G ’ulom Ahmad o ’zini o ’zi yashab turgan davr
(hijriy XIV asr) "mujaddidi" ekanini, 1888 yilga kelib esa insonlardan
"bay’at" olib, alohida "jamoat" tashkil qilish haqida buyruq olganini
e’lon qiladi. 1891 yilda u Iso ibn Maryamning tabiiy yo’l bilan o ’lganini
aytib va shundan kelib chiqib o ’zini musulmonlar kutayotgan "Masih"
va "Mahdiy" deb da’vo qilgan. 1904 yilning noyabr oyidan boshlab esa
ochiqdan-ochiqo’zini musulmonlar uchun "mahdiy",
xristianlar uchun
"masih" va hindular uchun "krishna" deb e ’lon qilgan.
Ahmadiylarga ko’ra barcha dinlar qandaydir xaloskomi kutadilar,
uning kelishiga umid bilan yashaydilar. Agar kutilayotgan qutqaruvchi,
bir odamda mujassam bo ’lsa, dinlararo kelishmovchilik bartaraf etilib,
birdamlik, hamjihatlikka erishilgan bo’lardi.
Mirzo G ’ulom Ahmad 1908 yil 26 mayda Lahorda vafot etgan.
Qabri Qodiyonga olib ketilgan va tarafdorlari
uchun ziyoratgohga
aylangan.
Mirzo G ’ulom Ahmadning o ’limidan keyin shogirdlari uning
fikrlarini yig’ishda davom etdilar va natijada "Sinkretik Qodiyoniya-
Ahmadiya harakati" yuzaga kelgan. Keyinchalik oqim "Qodiyon
ahmadiylari" va "Lahor ahmadiylari" nomli ikki jam oaga bo ’linib ketdi.
143
Dastlab, payg’ambarlikning Muhammad (s.a.v) bilan tugagani va
qiyomatgacha undan boshqa payg’ambar
kelmasligini tan olishini
ta’kidlagan Mirzo G ’ulom, 1901 yildagi "Juma xutbasi"da uning izdoshi
bo’lgan Mavlaviy Abdulkarim Mirzo G ’ulom Ahmadga nisbatan
"nabiy" va "rasul" sifatlarining ishlatish mumkin deb e’lon qilgan.
A w alroq,
"Muhaddas"
(xitob
qilinib,
gaplashilgan)
deb
nomlangan Mirzo G ’ulom keyinchalik muhaddaslikni bir m a’noda
ju z ’iy nabiylik sifatida baholagan; payg’ambarlikning butunlay
tugaganini, lekin ju z ’iy nabiylikning qolganligini
ochiq va oshkora
aytgan.
Dostları ilə paylaş: