i n s o n i y m u n o s a b a t l a r uchun h a r a k a t. M enejm entda insoniy
m unosabatlar maktabini rivojlantirishda ikki olim - M eri P arker
Follett va Elton Meyoni en g nufuzli insonlar deb aytish mumkin.
Ayni m iss Follett birinchi bo'lib m e n e jm e n tn i «boshqa shaxslar
yordamida ish bajarilishini t a ’minlash» sifatida aniqlab berdi. Xo-
to rn d a joylashgan «V estern Elektrik» zavodida Elton M ey o to-
monidan o'tkazilgan m ashhur sinovlar m enejm ent nazariyasida yangi
yo'nalishlar ochdi. M eyo shuni aniqladi-ki, ilmiy m enejm ent mak-
tabining vakillari o'ylaganidek puxta ishlab chiqilgan ish operatsiyalari
va yaxshi ish haqi har doim m e h n a t unum dorligining oshishiga
olib k e lm a g a n . In so n la r o 'r ta s id a g i m u o m a la la r vaq tid a paydo
bo'ladigan kuchlar ra h b arn in g s a ’yi harakatlaridan u s tu n kelishi
m um kin bo'lgan va tez-tez u s tu n kelgan ham. B a’zan ishchilar rah
barning istagiga va moddiy rag'batlantirishga qaraganda ko'proq
guruhlaridagi hamkasblarining taziyqlariga javob berardilar. Abraxam
Maslou va boshqa psixologlar tomonidan keyinroq o'tkazilgan tad-
q iq o tla r bu h o d i s a n i n g s a b a b la r i n i a n i q l a s h g a y o rd a m berdi.
M aslo u n in g fikricha inson harak atin in g motivi, ilmiy m enejm ent
maktabining tarafdorlari va izdoshlari hisoblaganlaridek, asosan, iqti-
sodiy kuchlar emas, balki pul yordamida faqatgina qisman va bil-
vosita qoniqtirilishi m um kin bo'lgan turli ehtiyojlar bo'lgan.
Shu xulosalarga asoslanib, psixologik m aktab tadqiqotchilari,
agar rahbariyat o'z ishchilariga katta g'amxo'rlik ko'rsatsa, unda
ish sam arad o rlig in in g o'sish ig a olib keladigan ishchilarning qo-
niqarlilik darajasi ham o'sishi kerak deb taxm in qilganlar. Ular
bevosita boshliqlarning samaraliroq harakatlarini, ishchilarga bera-
digan maslahatlari va ularga ishda kengroq muloqotda bo'lish im-
koniyatlarini o'z ichiga olgan insoniy m unosabatiarni boshqarish
usullaridan foydalanishni tavsiya qilganlar.