2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq:
«Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki
boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjat-
larida nazarda tutilgan tartibda o’tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va
boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik
tashkilotlari o’rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risidagi
shartnomada belgilab qo’yiladi».
Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda xo’jalik
yurituvchi sub’ektning qaroriga ko’ra o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik
30
tekshiruvi o’tkazishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z oldiga asosan quyidagilarni
maqsad qilib qo’yishi mumkin:
buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini
aniqlash;
butun buxgalteriya hisobi tizimini yoki uning ayrim bo’limlarining ahvolini
nazorat va tahlil qilish;
buxgalteriya hisobi bo’yicha ish yuritishni tashkil etish;
buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining
me’yoriy ta’minlanganligini aniqlash;
hisobni kompyuterlashtirishda qo’llaniladigan vosita va uslublarni baholash;
soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir hisob-kitoblar
ahvolini tekshirish va h. k.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi har xil sabablarga ko’ra o’tkazilishi
mumkin. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan
xususiylashtirilgan va aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan ko’plab sobiq dav-
lat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi
barham topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabatlarning yangi turlari hisob
obe’ktlariga aylandi. Ikkinchidan, mulk egalari, investorlar va aktsiyadorlarning
korxona moliya-xo’jalik faoliyatining ahvoli to’g’risidagi xolis axborotlarni talab
qilishlari. Shuningdek, buxgalter xodimlarining o’zgarib (almashlanib) turishi,
ular malakasining pastligi va boshqalar. Uchinchidan, iqtisodiyotning
erkinlashtirilishi va islohotlarning chuqurlashtirilishi munosabati bilan me’yoriy
hujjatlarning tez-tez o’zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va h. k.
Bunday muammolar bilan to’qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik
xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik
tashkilotlariga yordam so’rab murojaat qilmoqdalar. Yuqorida ta’kidlanganidek,
majburiy auditorlik tekshiruvi to’liq (kompleks) o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi
ya’ni ixtiyoriy audit esa to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin. Shuningdek,
tashabbus tarzidagi auditda tekshiruvlar chuqurligi ham har xil bo’lishi mumkin.
Masalan: hisob ma’lumotlarini dastlabki hujjatlardan boshlab to’la va yoppasiga
31
tekshirish; dastlabki hisob ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va
hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab tekshirish.
.