Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155
audit (3)

Takrorlash uchun savollar: 
 
1.
Qanday auditorlik tekshiruvini majburiy deyiladi? 
2.
Qanday auditorlik tekshiruvini tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik 
tekshiruvi deyiladi? 
3.
Auditorlik tashkiloti kanday turdagi professional xizmatlarni bajarishi 
mumkin? 


41 
4
4
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
 
 AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AXLOQIY 
TALABLAR 
1. Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini 
litsenziyalash.
Auditorlarning yuqori darajadagi kasb mahorati o’tkaziladigan auditorlik 
tekshiruvlar va professional xizmatlar eng yuqori darajada amalga oshirilishining 
garovi hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati 
bilan shug’ullanishga yuqori talablar o’rnatilgan.
Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabridagi 
365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining 
ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da’vogarlar O’zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 28 avgustda 17-17/534-sonli 
buyruq bilan tasdiqlangan «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» 
va 2000 yil 25 sentyabrda 68-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditor malaka 
sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq belgilangan bilim va 
tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon 
topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya 
qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq 
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya 
berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF-615 sonli 
farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab 
va shartlar belgilandi: 


42 

litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning 
shakllangan bo’lishligi; 

auditor o’z auditorlik faoliyati faqat bir auditorlik tashkilotida amalga 
oshiradi; 

litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) 
bo’lishi kerak; 

shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari(kamida 1-2) 
bo’lishligi; 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari 
rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi; 

auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi 

har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati 
haqida ma’lumotlarning berilishi. 
Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik 
faoliyati bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma 
(litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik 
tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan mustasno. Auditorlik 
faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya 
berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, 
to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining 
buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim 
qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar: 
1.
Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora tomonidan 
tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat 
ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma; 
2.
Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari; 


43 
3.
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi 
to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma; 
4.
Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning 
to’lov hujjati.
Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni 
talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Auditorlik 
tashkiloti 
topshirgan 
ariza 
va 
boshqa 
zarur 
hujjatlar 
litsenziyalovchi organ tomonidan 15 kun ichida ko’rib chiqilib, litsenziya berish 
yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinishi lozim. Hujjatlar 
litsenziyalovchi organlar tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun auditorlik 
tashkiloti eng kam ish haqining (to’lov kunidagi) ikki baravari miqdorida yigim 
to’lanadi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish 
to’g’risida qaror qabul qilingandan so’ng uch kun mobaynida bu haqda auditorlik 
tashkilotiga bildirish xati yuborishi kerak.
Litsenziya berish to’g’risidagi bildirish xati litsenziya bitimi loyihasi ilova 
qilingan holda yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yuborilib (topshirilib), unda 
davlat boji to’lanadigan bank rekvizitlari va to’lash muddati ko’rsatiladi. 
Litsenziya uchun davlat boji eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida 
undiriladi va respublika byudjetiga o’tkaziladi.
Litsenziya berish auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji to’langanligini 
tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolanganidan 
so’ng amalga oshiriladi.
Litsenziyaning asli auditorlik tashkilotiga beriladi, nusxasi belgilangan 
tartibda litsenziyalovchi organda saqlanadi.
Auditorlik tashkilotiga litsenziya berish litsenziyalovchi organ tomonidan 
quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: 
- auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar 
taqdim etilganda; 
- taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash ma’lumotlar bo’lganda; 


44 
- auditorlik tashkilotining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo’lgan sabablarni bartaraf qilish 
uchun auditorlik tashkilotiga ko’pi bilan 15 kun muddat beriladi.
Kamchiliklar bartaraf qilinganidan so’ng hujjatlar qayta ko’rib chiqilishi 
mumkin. Hujjatlarni qayta ko’rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan 
auditorlik tashkilotining arizasi va unga ilova qilgan barcha zarur hujjatlari 
olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta 
ko’rib chiqish uchun yig’im undirilmaydi.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan ikki oy 
oldin litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish 
to’g’risida ariza taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: 
-ta’sis hujjatlarining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari 
(litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ariza berilgan sanada 
ularga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda); 
-auditorlik tashkiloti tarkibidagi auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi 
auditorlar to’g’risidagi ma’lumotlar; 
-moliyaviy holati to’g’risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma; 
-arizani qayta ko’rib chiqish uchun yigim to’langanligini tasdiqlovchi hujjat; 
Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimining talablari va shartlariga 
rioya qilinganda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish oldingi berilgan 
litsenziya blankasiga maxsus belgi qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Agar 
litsenziyaning amal qilishi ariza berilgan sanada yoki ariza ko’rib chiqilayotgan 
davrda qonun hujjatlariga muvofiq to’xtatib qo’yilgan bo’lsa, litsenziyaning amal 
qilish muddati uzaytirilmaydi.
Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki o’rni o’zgargan hollarda, 
auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan 
so’ng bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan 
litsenziyani va tegishli o’zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda 
litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishlari lozim.


45 
Auditorlik tekshiruvlari turiga qarab
tabaqalashtirilishi
 
Nom 
Ustav kapitali 
xajmi 
Shtatdagi 
Auditor 
Xalqaro
buxgalterlik 
sertifikatiga
ega 
bo’lish 
1. Faqat tashabbus tarzidagi auditorlik 
tekshiruvini o’tkazuvchi auditorlik
kamida 1500 
EKIH 
kamida 2 ta 
auditor 
shart emas 
2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda (ustav 
kapitali 500 mln so’mdan ortiq bo’lgan 
ochiq turdagi aktsiyadorlik
kompaniyalari, banklar va sug’urta 
tashkilotlaridan tashqari) tashabbus va 
majburiy auditorlik tekshiruvini 
o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari,. 
kamida 3000 
EKIH 
kamida 4 ta 
auditor 
kamida 1 ta 
auditorda 
3. Barcha turdagi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini
o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari. 
kamida 5000 
EKIH 
kamida 6 ta 
auditor 
kamida 2 ta 
auditorda 
Hujjat litsenziyalovchi organga auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita, 
yoxud hujjatlar olinganligini bildirib qo’yish sharti bilan pochta aloqasi vositasi 
orqali etkazib beriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi qaror tegishli ariza olingan 
kundan boshlab besh kun muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan qabul 
qilinadi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reestriga tegishli tarzda 
o’zgartirishlar kiritadi.
Amal qilish muddati tugamagan yo’qotib qo’yilgan yoki yaroqsiz holga kelib 
qolgan litsenziya o’rniga, auditorlik tashkilotining arizasiga ko’ra, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda dublikat berilishi mumkin.
Bunday hollarda auditorlik tashkiloti yo’qotib qo’yilgan yoki yaroqsiz holga 
kelib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to’g’risida ommaviy axborot 
vositalarida e’lon qilishi, shuningdek, e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim 


46 
etishi lozim.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun eng 
kam ish haqining bir baravari miqdorida yigim litsenziyalovchi organning maxsus 
hisob raqamiga o’tkaziladi. Ushbu to’lovni o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat 
nusxasi litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun berilgan arizaga ilova qilinadi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar auditorlik tashkilotiga auditorlik 
tekshiruvini o’tkazish ta’qiqlanadi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkilotiga nisbatan 
quyidagi litsenziya talablari va shartlari qo’yiladi: 
-
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, 
auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari 
talablariga rioya qilish; 
-
shtatida kamida ikki nafar auditor bo’lishi; 
-
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini 
ta’minlash; 
-
auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z 
vaqtida va sifatli bajarish; 
-
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash; 
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta’minlash; 
-
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish; 
-
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish; 
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo’lish; 
-
fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish; 
-
o’z pochta manzil o’zgartirilganligi to’g’risida 10 kun muddatda 
litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish; 
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa 
axborotni litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra taqdim etish.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya 
shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi.


47 
Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan 
hollarda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga 
yoki butunlay to’xtatishga haqlidir.
Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan
shuningdek auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organning aniqlangan 
buzilishlarni 
bartaraf etish to’g’risidagi qarori bajarilmagan hollarda 
litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yish 
to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqida qaror qabul qilinganidan so’ng uch kun 
mobaynida auditorlik tashkilotiga bildirish xati yuborish shart.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotiga litsenziyaning amal qilishini 
to’xtatib qo’yishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Bu 
muddat olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Litsenziyaning amal qilishi to’xtatib qo’yilgan davrda auditorlik tashkiloti 
tomonidan faoliyat amalga oshirilganda qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka 
tortiladi.
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yishga olib kelgan holatlar 
auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ 
ushbu holatlar bartaraf etilganligi to’g’risida tasdiqnoma olingan paytdan boshlab 
10 kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash to’g’risida qaror qabul 
qiladi.
Basharti auditorlik tashkiloti ko’rsatib o’tilgan holatlarni belgilangan 
muddatda bartaraf etmagan bo’lsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal 
qilishini butunlay to’xtatadi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal 
qilishi quyidagi hollarda ham to’xtatiladi: 
-
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to’xtatish to’g’risida ariza 
bilan murojat qilganda; 
-
auditorlik tashkiloti tugatilganda; 
-
auditorlik tashkilotini qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati 


48 
to’xtatilgan taqdirda, qayta o’zgartirish bundan mustasno; 
-
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam 
ravishda buzib kelinganda yoki bir marta qo’pol ravishda buzilganda.
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini butunlay to’xtatish 
to’g’risidagi sabablari asoslangan holda qaror qabul qilinganligi haqida u qabul 
qilingandan keyin uch kun mobaynida auditorlik tashkilotiga bildirish xati 
yuboradi. Ushbu qarorni auditorlik tashkiloti olgan kundan boshlab litsenziya o’n 
kun mobaynida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo’q qilinishi lozim. 
Qaror qabul qilingan sanadan boshlab litsenziyaning amal qilishi to’xtatilgan 
hisoblanadi.
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatish uchun asos bo’lib hisoblanadigan 
litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo’pol ravishda buzishga quyidagilar 
kiradi: 
-
faoliyatning auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa turlarini 
amalga oshirish; 
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik; 
-
ishonchsiz yoxud butunlay yolg’on auditorlik xulosasi tuzish; 
-
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan maxfiy axborotni auditorlik 
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya quyidagi 
hollarda yuridik kuchini yo’qotgan va bekor qilingan hisoblanadi: 
-
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to’g’risida ariza bilan 
murojaat qilganda; 
-
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti 
aniqlanganda; 
-
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to’g’risidagi qarori 
noqonuniyligi aniqlanganda; 
-
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi 
to’g’risida bildirish xati yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy 


49 
davomida litsenziyalovchi organga davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat 
taqdim etmagan bo’lsa, yoxud litsenziya bitimini tasdiqlamagan bo’lsa.
Litsenziya sud qaroriga ko’ra ham bekor qilinishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to’g’risida 
qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan 
so’ng uch kun mobaynida bildirish xati yuborishi lozim. Ushbu qaror auditorlik 
tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya o’n kun davomida 
litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo’q qilinishi kerak. Bekor qilish 
to’g’risidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yish, yangilash, to’xtatish 
to’g’risidagi, shuningdek, litsenziyani bekor qilish haqida litsenziyalovchi organ 
tomonidan chiqarilgan qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi 
kerak.
Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlarining reestrini yuritadi, unda 
quyidagilar ko’rsatib o’tilgan bo’lishi kerak: 
-
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan o’rni (pochta manzili); 
-
telefon (faks) raqami; 
-
hisob-kitob schyoti; 
-
soliq to’lovchining identifikatsiya raqami; 
-
ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushlari 
to’g’risidagi axborot; 
-
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda auditor 
malaka sertifikatining sanasi, uning tartib raqami, shuningdek, auditor 
tashkilotida ishlovchilarning malaka sertifikatlarining tartib raqamlari va sanalari; 
-
litsenziya berilgan sana, uning tartib raqami va amal qilish muddati; 
-
litsenziyalarning amalda bo’lishini uzaytirish, to’xtatib turish, to’xtatish, 
tiklash va bekor qilish asoslari va sanalari; 
-
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va 
sanalari.


50 
Reestrdagi axborot manfaatdor shaxslarning u bilan tanishib chiqishlari uchun 
ochiq hisoblanadi va yozma holdagi so’rovga ko’ra reestrdan ko’chirma 
tariqasida beriladi.
Bir auditorlik tashkilotiga nisbatan reestrdan olingan axborotni berganlik 
uchun eng kam ish haqining (axborot taqdim etish to’g’risida ariza berilgan 
sanadagi) yarmi miqdorida haq undiriladi.
Davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga reestrdan olingan axborot bepul 
taqdim etiladi.
Reestrdan olingan axborotni taqdim etganlik uchun to’lov summasi 
litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o’tkaziladi.
Reestrdan olingan axborotni taqdim etish muddati tegishli ariza berilgan 
sanadan boshlab (uni taqdim etganlik uchun haq to’langanligi to’g’risida hujjat 
taqdim etilgan taqdirda) uch kundan oshib ketishi mumkin emas.
Litsenziyalovchi organ chiqargan qaror ustidan auditorlik tashkiloti 
belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin