26
Tempera asosan keng miqyosda mahobatli (monumental) rangtasvir asarlar
yaratishda qo‘llanadi. Ular devorning katta-katta sathlarida tasvirlar yaratishda qulay
vositadir. Temperada natyurmortlar ishlansa ham ajoyib chiqadi. Chunki u bilan juda
tiniq, chiroyli tasvirlar ishlashga erishish mumkin. Buning uchun natyurmortdagi
«aksesuarlar» - qo‘yilmalar ham yorqin ranglilarini topib, muvofiqlashtirib tashkil
qilinishi kerak. Guash va temperada tasvirlar ishlashda maxsus ularga moslangan
Ashe, jihozlar kerak bo‘ladi. Avvalo bo‘yoqning o‘zi sifatli bo‘lishi talab etiladi.
Temperada ishlash uchun material gruntlanishi lozim. Ular qog‘ozda,
kartonda, matoda, faner yoki taxtaga surtib tayyorlanadi.
Buning uchun asosan
elimdan foydalaniladi. Eng yaxshi asos bo‘lib maxsus tayyorlangan gruntlangan
mato xizmat qiladi. Uni xuddi moybo‘yoq texnikasiga
tayyorlanadigan mato
singari ishlovdan chiqariladi. Tempera uchun yassi va dumaloq ko‘rinishdagi
yumshoq, yarimyumshoq, shuningdek dag‘al mo‘yqalamlar ishlatiladi.
Palitra
ham yuzasi chuqurroq plastmassadan yoki chinnidan yasalgan bo‘lishi kerak. U
chetlari bukib tayyorlangan va emal surtilgan metaldan tayyorlangan bo‘lishi
ham mumkin. Shundan undagi suyuqroq qorishtirilgan bo‘yoqlar oqib ketmaydi.
Dostları ilə paylaş: