GRAFIK MATERIALLAR
HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Akvarel
Akvarelda rangtasvir ishlash uzoq
tarix va boy an’analarga ega. 3500 yillar
oldin inson kitob yozish va unga rasmlar
ishlashni boshladi, bu bilan u akvarel
rangtasviriga asos solganligini bilmas edi.
Yozishda qo‘llanadigan Cuperuspapirus
o‘simligini topib, misrliklar bunga
birinchi qadamni tashlagan edilar.
Oxiratda
yer
yuzida
nima
qilganligini ollohga ko‘rsatishlari
uchun bu yaratilgan kitoblarni uning
mualliflari bilan ko‘mishgan. Bu
kitoblarga rasm ishlashda jigarrang
uchun tabiiy oxra va siena, qizil rang
uchun kinovar, qora rang uchun kuydirilgan iva, oq bo‘yoq uchun gips kabi
minerallar asosida yaratilgan shaffof bo‘yoqlardan foydalanilgan. Bu bo‘yoqlar
tuxum sarig‘i va gummiarabik bilan qo‘shib tayyorlanib, suv bilan suyultirilardi.
Boshqacha qilib aytganda bu hozirda biz ishlatib kelayotgan akvarel bo‘yog‘i edi.
Yuqorida aytib o‘tilgan ilk akvareldan hozirgi zamonaviy akvarel
bo‘yog‘i shakli, rangi va janrning asosiy xususiyatlari ancha o‘zgarganligini
kuzatish mumkin, lekin bo‘yoqning tarkibi o‘shaligicha qolgan.
3
Shuningdek o‘sha davrlarda akvarelning Yaponiya va Xitoyda ham
ishlatilgani ma’lum. Ipakka ishlovchi rassomlar akvarelda ishlashni hayratlanarli
yuqori cho‘qqiga ko‘targanlar. U davrda asosan qaynoq batikni eslatuvchi
shirmalarni bezatish uchun ishlatilgan roketlarga ishlash juda keng tarqalgan
3
Barrington Barber. Advanced DRAWING SKILLS a course in artistic excellence. The
Publishing House, Bennetts Close, Cippenham, Slough, Berkshire SL1 5AP, England.2003/s-27
13
4-rasm
edi. O‘zining jozibadorligi va nafisligi bilan bu ishlar hatto zamonaviy
kishilarni ham hayratga soladi. Xitoyda esa chinniga rangtasvir ishlash o‘zining
yengil, mo‘jizaviy ranglar uyg‘unligi bilan akvarel texnikasini yodga soladi.
Rangtasvirda ishlashning bir turi bo‘lgan shu texnikada bajarilgan asarlar
hamda suv bilan ishlatiladigan bo‘yoqlar akvarel deb atalib, lotincha aqua –
suv (fransuzskogo – aquarelle) ma’noni bildiradi. Bo‘yoqni eritishda suvdan
foydalanadi va shu sababli nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. Akvarel –
o‘zining shaffofligi bilan boshqa bo‘yoqlardan alohida ajralib turadi. Bunga nafaqat
qo‘llaniladigan materiallar sifati, balki yuqori darajada ishlov berilib maxsus
tayyorlangan sifatli bo‘yoq kukunlaridan tayyorlanganligi hisobiga erishiladi.
Shaffof bo‘yoqlarga oq bo‘yoq aralashtirilib tayyorlangan akvarel
bo‘yog‘i yuqorida ta’kidlanganidek antik davrdayoq Qadimgi Misrda,
undan tashqari o‘rta asrlarda esa Osiyo va Yevropa qit’alarida ishlatilganligi
ma’lum. Rassomlarning papirus va guruch po‘stloqlariga ishlangan asarlari
bizgacha yetib kelgan. O‘rta asrlarda Yevropa va Rusda cherkov kitoblarini
(qo‘lyozmalardagi naqshlar, bosh harflarni bo‘yashda ishlatilgan) bezashda,
14
keyinchalik minatyura asarlarini ishlashda akvarel bo‘yog‘idan foydalanilgan.
4
Taxminan XII asrlarda Forsda paydo bo‘lib, butun Sharqqa tarqalgan kitobga
minatyura rangtasvirlari ishlash orqali akvarel rangtasviri rivojlana boshladi.
Qadimgi qo‘lyozmalarga illyustratsiyalar ishlash minatyura rangtasviri
paydo bo‘lishiga olib keldi. “Minatyura” atamasi lotin tilida qizil bo‘yoq
– “minium” so‘zidan olingan. Turli xalqlarning qadimiy qo‘lyozmalariga
ishlangan ajoyib minatyura rangtasvirlari bizgacha yetib kelgan.
XVII-XVIII asrlarda akvarel ko‘pgina san’at turlari: gravyura, eskiz,
kartina va freskalarning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Akvarel ko‘plab
grafika va rangtasir materiallari bilan qo‘shib aralash texnikada (guash,
tempera, pastel bilan) keng qo‘llanila boshladi. O‘sha davrdagi mashhur
rassomlar ichida akvarelga murojaat qilmagan rassomlarni topish juda qiyin edi.
Akvarel - rangtasvir (tusning boyligi, shakl qurilishi va rangda fazoviylik)
va grafika (tasvirni ifodalashda qog‘ozning ahamiyati) xususiyatlarini o‘zaro
birlashtiradi. Tasvirga harakat hamda jilvalanish effektini beradigan yuvib
va oqizib ishlash – bu akvarelga xos usullar hisoblanadi. Mo‘yqalamda
ishlanadigan rangtasvir ko‘pincha avval qalamda chizib olinadi.
XV – XVII asrlarda akvarel amaliy bezak sifatida gravyura, rangtasvir asari
va devoriy suratlarning eskizlarini bo‘yash uchun qo‘llanilardi. Golland va flamand
rassomlari hamda Dyurerning manzaralari bunga misol bo‘la oladi. Shu davrda akvarel
A. Dyurer va kichik Gans Golbeynlar diqqatini o‘ziga tortdi. Birinchi marta shu davrda
A. Dyurer tomonidan akvarel bo‘yog‘ining texnik imkoniyatlari keng ochib berildi.
Akvarel bo‘yog‘ini o‘zi qo‘lda tayyorlab, unda ajoyib rangtasvir
ishlarini yaratdi. Bu vaqtda Dyurer atigi 17-18 yoshda edi. XVIII asrga
kelibgina Angliya, keyinchalik Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda
akvarel mustaqil rangtasvir turi sifatida ko‘zga tashlana boshladi.
Angliya akvarelning ilk vatani deb hisoblanadi. Angliyaning tinmay
o‘zgarib turadigan atmosfera sharoiti, o‘ziga xos tumanli iqlimiy tabiati shaffof
bo‘yoq sifatida akvarel texnikasining rivojlanishiga katta imkoniyat yaratdi.
XVII asrda Angliya akvareli rangtasvir sifatlari osha borib, shaffof bir xil
rangli monoxrom usuldan ranglarga boy rangtasvir texnikasiga aylana bordi.
Angliya akvarel maktabini Jon Kozens, Tyorner, Konstabl, Richard
Bonington, Tomas Gertin kabi mashhur rassomlar boshqarardi. Ular o‘zgaruvchan
havo va quyoshdan tushayotgan xira yorug‘likda fazoviy perspektivani
ifodalash imkonini beruvchi ajoyib akvarel texnikasini ishlab chiqdilar.
5
Sof akvarel (oq bo‘yoq qo‘shilmagan) XV asr boshlaridan keng
qo‘llanila
boshlandi.
Ranglarning
tozaligi,
bo‘yoqning
shaffofligi,
bo‘yoqlar orasidan asosning tusi va fakturasi (asosan qog‘oz, ba’zida ipak
va fil suyagi)ning aks etib turishi – uning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Kuzatilayotgan ko‘rinishni akvarelda tezkor tasvirlash imkoniyati
mavjudligi, unda fazoviylikni ifodalash qulayligi XVIII asr ikkinchi yarmidan
4
Бурчик А.И. “Основы акварельной живописи”. Учебное пособие, Гродно, 2014.2-б.
5
R.Xalilov Akvarel Izdatelstvo “Navruz”. T– 2013. 7-б.
15
boshlab akvarelning manzara janrida keng qo‘llanila boshlanishiga sabab
bo‘ldi. Akvarelda rangtasvir ijod qilish o‘ziga kasb qilgan birinchi rassomlar
paydo bo‘ldi. Juda ko‘p mashhur rassomlar qatorida taniqli Battista Jovanini
ham akvarelning xususiyatlaridan mohirona foydalangan. Battista Jovannining
chizish usuli qiyin ko‘rinsa ham o‘rgansa bo‘ladigan jihatlari ko‘p. Rassomning
asarlari yengil chizilgan chiziqlar suvli mo‘yqalamda yuvish yo‘li bilan birga
olib boriladi. Uning chizmatasvirlarini unga yaqin bo‘lgan tugallangan mo‘jaz
rangtasviri bilan solishtirsangiz ajoyib, nafis chiziqlarning o‘zidayoq rassom
kompozitsiyaning asosiy ilk g‘oyasini ifodalab qo‘yganining guvohi bo‘lasiz.
6
Boshqa rassomlar tomonidan ham yuvish va pero bilan chiziqlar chizish
yo‘li bilan akvareldagi ranglar ko‘lami umumlashtirilgan, nam qog‘ozlarda
bir xil tusdagi yorqin bo‘lmagan manzaralar bajarilardi. Buyuk Britaniyada
(A.Dj.R.Kozens, T.Gyortin), Fransiyada (J.O.Fragonar, Y.Rober), Rossiyada
(F.Y.Alekseev, M.M.Ivanov, S.F.Shedrin, F.M.Matveyev va boshqalar).
XIX ikkinchi choragida Italiyada quruq oq qog‘ozga qarama-qarshi rang-
tuslar, yorug‘-soyalar, jarangdor va to‘yingan ranglarda bajarilgan ko‘p qatlamli
akvarel rangtasviri paydo bo‘ldi. Rangtasvir materiali sifatida akvarel – fazoviylik,
shaffoflik va noziklik kabi asosiy xususiyatlari bilan ko‘plab rassomlarning
diqqatini o‘ziga jalb qildi. Umumiy rangtasvir rivoji ta’sirida akvarel texnikasi
asta-sekin boyib, takomillashib tasviriy san’atning mustaqil turiga aylana bordi.
O‘zining afzalliklari va badiiy qiymati jihatidan moybo‘yoqda bajarilgan
kartinalardan aslo qolishmaydigan va yuksak darajadagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan
dastgohli akvarel rangtasviri paydo bo‘ldi. Dastgohli akvarel bilan bir vaqtda
illyustratsiya va me’moriy sohada qo‘llaniladigan akvarel texnikasi ham rivojlana bordi.
Rossiyada bu janrda K.P.Bryullov va A.A.Ivanov kabi rassomlar ijod qilishdi.
P.F. Sokolovning shaklga katta, yaxlit rang surtmalari berib, o‘ziga xos
maydalab ishlov berilgan ajoyib portret rangtasvirlari mitti portret ishlash
san’atida yangi davrni boshlab berdi. U qog‘ozga oq bo‘yoqsiz toza ranglarda
ishlardi. Rassom akvarelning shaffoflik va fazoviylik kabi asosiy imkoniyatlaridan
unumli foydalanardi. Mitti portretlari hayratlanarli darajadagi oddiyligi, ranglar
ko‘lamining jilvadorligi va suratlarning jozibadorligi bilan kishini o‘ziga jalb
qilardi. (“Yashil ko‘ylakdagi ayol portreti”, “Yosh zobit portreti”) XIX asrda
akvarel rangtasviri sezilarli darajada rivojlandi. Ko‘p rassomlar ishlari uchun
rangtasvir ishlashdagi erkinlik, tus ko‘lamlarining xilma-xilligi va koloristik
yechim xarakterli edi. Bu davrda Fransiyada E.Delakrua, O.Dome, P.Gavarni,
Germaniyada A.Mensel, Rossiyada I.E Repin, V.I.Surikov, M.A.Vrubel kabi
rassomlarning akvarel texnikasida ishlagan ajoyib ishlari ma’lum. Angliya
maktabi gullab yashnadi (R.Bonington, Dj.S.Kotmen, I.Kellou, I.Tyorner).
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida rus akvarel rangtasviri tarixiga “San’at olami”
guruhi a’zolari va ular atrofidagi rassomlar o‘zlarining katta ulushlarini qo‘shdilar.
Yuqori kasbiy mahorat va san’atning zamonaviy tilini izlash yo‘lidagi
umumiy maqsad sari intilish har xil ijodkorlarni birlashtirib turar edi.
6
Barrington Barber. Advanced DRAWING SKILLS a course in artistic excellence. The
Publishing House, Bennetts Close, Cippenham, Slough, Berkshire SL1 5AP, England.2003/s-27
16
Akvarel texnikasida erkin va oddiy ishlash XX asr uchun rassomlari ijodining
xarakterli tomoni edi. Ko‘pgina rassomlar asarlarida grafika va rangtasvirning
qo‘shilish holatini kuzatish mumkin. “San’at olami” guruhining A.Y.Golovin,
L.S.Bakst, D.N.Kardovskiy, F.A.Malyavin, M.V.Dobujinskiy, K.F.Yuon,
B.M.Kustodiyev, Z.S.Serebryakova kabi ko‘pgina a’zolari o‘z asarlarida akvarelni
oq bo‘yoq, guash, tempera, pastel, bronza va boshqa materiallar bilan qo‘shib
ishlashni ma’qul ko‘rishagan. Lekin K.A.Somova, A.N.Benua va A.P.Ostroumova-
Lebedeva ijodida sof akvarel texnikasining saqlanganini kuzatish mumkin.
G.S.Vereyskiy, V.M.Konashevich, N.A.Tirsa, K.I.Rudakov, N.N.Kupreyanov,
V.V.Lebedev,
L.A.Bruni,
P.V.Miturich,
S.V.Gerasimov, A.V.Fonvizin,
L.V.Soyfertis kabi rassomlar o‘ziga xos yorqin va original ranglarda ishlab
rus dastgohli akvarel rangtasviri an’analarini davom ettirib keladilar.
7
Akvarel
texnikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, unda o‘ziga xos rangtasvir ishlash
tilini topish yo‘lida izlanish Respublikamiz rassomlari ijodida ham o‘z aksini
topdi. Mashhur rassomlarning akvarel ishlari O‘zbekistonda rangtasirning bu
turi rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Vatanimizning takrorlanmas
go‘zalliklaridan ilhomlangan O‘. Tansiqboev, K. Cheprakov, I. Yurovskiy, G.
Shevyakov,V. Akulin, G.I. Chiganov, Y.I. Taldikin va boshqa mashhur rassomlar
katta mahorat bilan o‘zining ko‘plab asarlarini yaratdilar. Bu tasviriy san’at ustalari
lirik, kishi ruhiyatini ko‘taruvchi tabiat go‘zalliklari va ona zamin ne’matlarini
mo‘yqalamning yengil harakatlari bilan akvarelda ajoyib asarlar yaratdilar.
Keksa avlod keyingi avlodga yuksak va ezgu maqsadlar yo‘lida san’atga nisbatan
o‘zlarining chin muhabbatlari, o‘zlarining tajriba va ko‘nikmalarini me’ros qilib
qoldirdilar. Barcha eng yaxshi an’nalarni qabul qilib olgan yosh avlod shaxsiy ijodiy
yutuqlari bilan yurtimiz akvarel rangtasviri rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini
qo‘shdilar. Oxirgi yillarda o‘zbek akvarel rangtasviri ajoyib rassomlar R. Choriev,
M. Sodiqov, G‘. Boymatov, V. Apuxtin va boshqa yangi iste’dodlar bilan boyidi.
Rang va texnik sifatlari jihatdan Marat Sodiqovning akvarel asarlari juda yuksak
qiymatga ega. Har xil rang quymalaridan foydalanib kompozitsiyalarida o‘ziga xos
go‘zal koloritdagi takrorlanmas asarlar yaratdi. Rang surtmalarining aniqligi, kerakli
joyda kuchaytirish, ba’zi joylarda rang jo‘shqinligini so‘ndirish kabi akvarelning
texnik imkoniyatlaridan oqilona foydalanish rassomning yuksak mahoratini
belgilab turibdi. Kishi ma’naviy dunyosiga chuqur ta’sir qiluvchi, badiiy g‘oyalar
bilan sug‘orilgan asarlari o‘ziga xos mazmuni bilan tomashabinni o‘ziga rom etadi.
N.D. Ten, M.N. Nabiyev, N.P. Bannikov badiiy-grafika fakulteti pedagog-
rassomlari ham akvarel rangtasvirida ijod qilishdi. Akvarel rangtasviri
xususiyatlari o‘ziga xosligidan mohirona foydalanib, juda ko‘plab shogirdlari,
pedagog-rassomlarga ular o‘z tajribalarini me’ros qilib qoldirdilar. Shunday
ajoyib rangtasvir ustalaridan dars olgan R.Sh. Xalilov, M. Djumashevlar ham
akvarelning respublikamizdagi rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Olam go‘zal va jozibador, kishini to‘lqinlantiruvchi dunyo
ko‘rinishlari, uning go‘zalliklari, murakkabligi va ko‘pqirraligini turli
7
Бурчик А.И. “Основы акварельной живописи”. Учебное пособие, Гродно, 2014.3-б.
17
ranglar orqali tomashabinga yetkaza olish – bu san’atning asosiy vazifasi
hisoblanadi. Bugungi kunda akvarelchi rassomlar ham turli usullarda bu
vazifaning yechimini topib, akvarelda ajoyib obrazlarni yaratishmoqda.
Akvarel rangtasviri texnikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi
keltirilgan qisqacha akvarel tarixi rangtasvirning bu turi qanchalik ommaviylashib
ketganligini isbotlab turibdi. Kimdir uchun akvarel kartinalarga eskiz ishlashda
qo‘llaniladigan oddiy material, boshqalar uchun moybo‘yoqdan kam ahamiyat
kasb etmaydigan, uchinchi guruh rassomlari uchun asosiy ijodiy faoliyat turiga
aylanganligining guvohi bo‘lamiz. Avloddan-avlodga o‘tgan sari akvarelning
texnik qo‘llanishi va usullari takomillasha borib, uni baholash kriteriyalari
aniqlandi, keng texnik vositalar, har xil ishlash usullari va janrlari paydo bo‘ldi.
Mashhur rassomlar tomonidan yaratilgan ajoyib asarlar akvarel
texnikasida ishlash vositalari va undan foydalanish imkoniyatlari cheksiz
ekanligini isbotlab turibli. Buyumlar shakli va fakturasini ifodalashda yetarli
darajadagi tajriba, texnikani to‘g‘ri tanlash va rangtasvir ishlash mahorati orqali
yorug‘lik va ranglarga boy, g‘aroyib obrazlar xilma-xilligiga erishish mumkin.
Akvarel asosan fazoviy ko‘rinishlardagi nozik rang va tuslar ko‘lamini
ifodalashda katta imkoniyatlarga ega. Kasbiy tayyorgarlikka ega akvarelchi
rassom uchun bu bo‘yoq texnikasida – o‘zgaruvchan atrof muhit, yoritilganlik
holati, buyumlar materiali, fazodagi planlilikni berish imkoniyatlari mavjud.
Shu bilan birgalikda akvarelchi rassomdan an’anaviy akvarel rangtasviri usul
va texnikalarini qo‘llash ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirish, tasvirlash
asoslari, materiallarning o‘ziga xos xususiyati va tarkibini o‘rganishda sinchkov
bo‘lishga o‘rgatadi. Sirtdan qaraganda yengil ko‘ringani bilan akvarel rangtasviri
boshqa rangtasvir turlariga (guash, tempera, moybo‘yoq) nisbatan ma’lum
darajada qiyin hisoblanadi. Bunday qiyinchiliklar buzilgan akvarel rangtasviriga
tuzatishlar kiritilganda yoki ustidan ishlanganda qog‘oz yuzasi buzilishi va qorayib
ketishi bilan izohlanadi. “Shuning uchun ishni boshlash oldidan rassom nimani
tasvirlashni hohlashi va uni qanday amalga oshirish haqidagi aniq tasavvurga
ega bo‘lishi kerak”, - deb yozadi rus rassomi A.P. Ostroumova-Lebedeva.
Rang qatlamlarining shaffofligidan foydalanib ishlanadigan an’anaviy
akademik akvarel ishlash usulini o‘rgatishning hozirda aniq metodikasi ishlab
chiqilgan va yuqori darajada o‘zlashtirilgan. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida akvarel
rangtasvirining tarixiy rivojlanishidagi materiallar, texnik usullar, obrazlar va boy
tipik sifatlari, avval foydalanilmagan akvarelning yangi qirralarini ochib berdi.
Akvarelning tipik sifatlari asosan ikki faktor: materiallar (qog‘oz,
bo‘yoq, suv, bo‘yoqqa qo‘shimcha ashyolar) va muallifning ijodkorlik
xususiyatlari orqali aniqlanadi. Tizimdagi birinchi tarkibni avvaldan tahlil
qilish, tizimlash, va hatto aniq belgioash ham mumkin (har xil sintetik va
tabiiy qo‘shimchalardan foydalanib yaratilayotgan ishning texnik natijalarini
avvaldan aniqlasa bo‘ladi), ikkinchi faktor butunlay rassomning xarakter
xususiyatlari va birinchi navbatda uning improvizatsion qobiliyati va tafakkur
kengligiga bog‘liq. Badiiy ta’lim amaliyotida bu ikki faktor ajralmasdir.
18
Akvarel rangtasviri ranglar qatlamining keng diapazondagi shaffoflik
(tasvirlash jarayonidagi qog‘ozning o‘rni) xususiyati va suvli bo‘yoqning yoyilishi,
harakati, ta’sirchanligi bilan xarakterlanadi. Aynan mana shu sifatlar akvarelning
xususiyatini aniqlab beradi. Zamonaviy akvarel rangtasviri rassomdan nafaqat
rangtasvirning akademik qonun-qoidalari to‘g‘risidagi bilimlar, balki rangtasvir
ishlash jarayonidagi harakat va tezkor obrazli fikrlashni ham talab qiladi.
Akvarelning yoyiluvchanligi natijasida paydo bo‘ladigan texnik effektlar
muallif tomonidan oldindan aniq belgilanishining iloji yo‘q. O‘ziga xosligi,
betakrorligi, oldindan aytib bo‘lmasligi, bu akvarelning eng noyob sifatlari
hisoblanadi. Oxirgi natijani ko‘zdan qochirmagan holda ishlash, asosiy g‘oyani
saqlash bilan birga vazifaga tuzatishlar kirita olish akvarelchi rassom uchun
eng zarur mahorat sanaladi. Boshqa texnika va materiallardan foydalanib
akvareldagi obrazlarni bajarib bo‘lmasligi akvarelning qanchalik noyob ekanligi
va uning tasviriy san’at morfologiyasi tizimida mustaqil tur sifatida ahamiyati
katta ekanligining isboti bo‘lib turibdi. Zamonaviy an’analar asosida akvarel
rangtasvirining rivojlanishi badiiy ta’limdagi har xil mutaxassislikdagi rassomlar
tayyorlanadigan o‘quv jarayonlarida qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi.
Akvarel – maxsus badiiy ta’lim tizimida keng qo‘llaniladigan rangtasvir
turlaridan biri hisoblanadi. Bu eng avvalo tasvirlash asoslari haqidagi bilimlarni
o‘zlashtirish, ranglar uyg‘unligini yaratish, rang-tusga oid kompozitsiyalar
tuzish, uch o‘lchamlilik, fazoviylik, materiallik va boshqa ko‘rinishlarni
ifodalash jarayonida ishlatish uchun nisbatan qulayligi bilan izohlanadi.
8
Guash
Guash bo‘yog‘i esa akvarel bo‘yog‘ining tamoman aksi bo‘lib, u kabi tiniq,
jarangdor tus bermaydi (5-rasm). Ranglari yorug‘likni yutganligi sababli uning
tagidagi qog‘oz ko‘rinib, sezilib turmaydi. Tarkibi esa akvarelniki singari –
bo‘yoq kukuni va uni bog‘lovchi moddalardan iborat. Ammo ular maxsus yog‘och
yelimi bilan mo‘tadil nisbatlarda aralashtirilgan bo‘ladi. Guash bo‘yog‘ining
yana bir muhim jihati uning oq bo‘yoq bilan aralashtirib ishlatilishidir.
Shuning uchun uning ranglari unchalik jarangdorlik kasb etmaydi. Bo‘yoqni
ishlatish uchun mo‘yqalamlar ham maxsus tanlanib olinadi va ular juda yumshoq
bo‘lmasligi, bir oz dag‘alroq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Tasvir ishlanadigan
sath, ya’ni qog‘oz yoki karton ham silliq bo‘lmagani yaxshi. Uning yuzasi iloji
boricha yelimli qoplama (grunt) bilan ishlov berilgan bo‘lishi zarur. Shunda uning
sathiga guash bo‘yog‘ini yaxshi surtish mumkin bo‘ladi. Guash ko‘pincha grafik
ishlarni, bezaklarni, plakatlarni ishlashda va qisman rangtasvirlarni bajarishda
foydalaniladigan, suv qo‘shib ishlatiladigan, tez quriydigan bo‘yoqdir. U bilan
tasvirlar bajarishning murakkabligi shundaki, bo‘yoq surtilgan paytda to‘q,
qurigandan keyin esa ochlashib ko‘rinishidir. Shu jihatini hisobga olib turilmasa,
ranglar orasidagi muvofiqlikni ushlab turish ancha qiyin kechadi. Buning uchun
odatda har bir surtiladigan asosiy ranglar alohida-alohida maxsus idishchalarda
tayyorlanib olinib, so‘ng unga bir oz boshqa qo‘shimchalar aralashtirib
tasvir
8
X.E.Sultanov. RANGTASVIR (Akvarelda natyurmort ishlash). O‘quv qo‘llanma.
Toshkent-2019., 6-11 b.
|