11
aka-uka Yan van-Eyklar haqida ma’lumot beradi. Moybo‘yoq
rangtasvirda XV
asrdan buyon qo‘llanila boshlandi. Shungacha kartinalar, ayniqsa yog‘ochga
ishlangan rasmlar tuxumli tempera bilan ishlangan. Bu kartinalarni yaratishda
rantasvir uchun murakkab materiallar va bog‘lovchi elementlardan foydalanganlar.
Lekin, ular qisqa vaqtda ishdan chiqqan va bo‘yoqni
yana tayyorlash zarur
bo‘lgan. Bo‘yoqlarda bog‘lovchi vosita sifatida moylardan foydalanila
boshlagandan keyin, bo‘yoq tayyorlash jarayoni bir muncha osonlashadi. Bundan
tashqari bo‘yoqlarning yorqinligi va ranglarning aniqligi oshdi. Turli bo‘yoq
qatlamlarini bir-biriga qo‘yilishi nozik rang nyuanslarini keltirib chiqardi.
Rangtasvir - rang san’ati. Rangtasvir - xaqiqiy hayotni aks ettirib, tamoshabinning
fikri va hissiyotlariga ta’sir o‘tkazuvchi tasviriy san’at turlaridan biridir.
Biror bir satx yuzasiga, bo‘yoqlar (moybo‘yoq, tempera, akvarel,
guash va
boshqalar) bilan bajarilgan san’at asariga rangtasvir deyiladi. Rangtasvirdagi obrazlar
juda yorqin va tomashabop. Rassomlar asarlarini rangtasvir va plastik vositalar bilan
yaratadilar. Ular qalamtasvir va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanganlari bilan,
rangtasvirdagi eng asosiy ta’sirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi.
Rangtasvirdagi tasvirlar tasviriy satxda uzluksiz bo‘yoq qatlamini
hosil qiluvchi bo‘yoqlar yordamida yaratiladi. Xattoki akvarel rangtasvirida
qog‘ozda bo‘yoq
tegmagan joylar qolsa ham, tasvirning uzluksizligiga
ta’sir qilmaydi, chunki bo‘yoqlar bir-biriga singishib va aralashib ketishadi.
Rangning tasviriy va ta’sirchanlik imkoniyatlaridan
rangtasvirda
rassomga zarur bo‘lgan erkinlik va to‘liq kuch bilan foydalaniladi. Rang orqali
kompozitsiyadagi asosiy fikrni ajratib ko‘rsatish, muhim detallarini bo‘rttirish,
masofani chuqurligini berish yoki tasvirning yassiligini berish mumkin.
Rangtasvirning eng muhim ajralib turuvchi xususiyatlari shundan iboratki,
unda shakl va masofaning tasviri, obrazlar va harakatlar faqat rang orqali ko‘riladi.
Rangtasvir inson hissiyotlari va xarakterining
murakkab dunyosini
aks ettirishi bilan birga tabiatning nozik o‘zgarishlari, fantastik obrazlar
va falsafiy fikrlarni berish xususiyatiga ega. Bularning hammasi
tasviriy san’atda grafik materiallarda ishlash orqali yoritilib beriladi.