20
miqyosda ishlashga ko‘proq mos keladi (6-rasm).
Uzoq va o‘tkir nuqtalarni keskinlashtirish
oson bo‘lgan qattiq ko‘mir qalamlari qo‘lingizning
holatini o‘zgartirib, qalin va ingichka chiziqlarni
tezda hosil qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Keng va chiziqli ohanglarni ham bajarish mumkin.
Qalamni yon tomonga bosib foydalanilsa asta-sekin keng
ko‘lamli massaga ohang hosil qilib, ko‘mir milining uzun
qismini varaqlashingiz mumkin. Ko‘mir tayoqchalari
xomaki tasvirlar chizishda ko‘proq ishlatiladi. Ko‘mir
tayoqchalarini uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi.
Misol uchun: ko‘mir tayoqchalarini tayyorlashning oddiy
usulini o‘rganamiz. Buning uchun uzum tokini yoki atir
gul novdasini qizarib yaxshi pishgan novdasidan 5-10
ta bo‘lakchalaridan, bo‘yiga 10-12
santimetr, eniga
8-9 millimetr bo‘lganlarini tanlab olamiz. Biron bir
mahsulotlardan bo‘shagan temir (banka)ni olib yaxshilab
ichini tozalab, quritib qo‘yamiz.
Bu idish ichiga
tok novdalarini tik holatda joylab qum bilan idishni
to‘lg‘izamiz. Og‘zini qalinroq qilib loy bilan suvab
qo‘yamiz, ammo shu narsani
esdan chiqarmasligimiz
6-rasm
21
kerakki, loy bilan suvaganda og‘zidan kichikroq bir
teshikcha qoldirishimiz shart. Keyin tandirda yoki
o‘choqda olovga qo‘yib qizdiramiz. Cho‘g‘ga bo‘yi
barobar ko‘mib qo‘ysak ham bo‘ladi. Temir idishning
qizishi tufayli biz qoldirgan teshikchadan ko‘kish
olovsimon tutun chiqa boshlaydi. Ko‘kish olovsimon
tutun tugashi bilan idishni olovdan (cho‘g‘dan)
olish kerak, chunki ko‘mir qalamcha tayyor bo‘ladi.
Tayyorlangan qalamchalar bilan qog‘oz
yuzalariga
tasvirlar ishlashimiz mumkin. Ishlangan tasvirimiz
uchib ketmasligi uchun ozgina shakarni eritib qog‘ozga
tasvir ustiga engil puflanadi, natijada chizilgan rasmlar
uchib ketmaydi. Shu narsani unutmanki, uzum tokining
qalamchalari bir-biriga juda zich holda joylashishi kerak.
Dostları ilə paylaş: