10
da’vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini jadallashtirdi.
2
Ibtidoiy odam samarali ov natijasini bir-biriga bayon qilish
natijasida, hayvonot dunyosining o‘ziga xos ajoyib harakatlarini ilg‘ay
bordi va ularni tasvirlarda ham aks ettirish harakatini kashf qildi.
Tosh asri davri sanat asarlari tabiiy ehtiyoj tufayli vujudga kelgan bo‘lib,
qadimiy odam kundalik mehnat faoliyatining in’kosi sifatida o‘z-o‘zidan tug‘ilgan
dunyoqarashi natijasidir. Bu davrda inson hayoti mehnat qilish jarayoni, afsonalar
majmui, san’at, sehr va ibtidoiy ilmiy tasavvurlar bo‘linmagan, yaxlit holda edi. Ibtidoiy
odam o‘zini tabiatdan ajratmaydi, balki unga sehrli tasir etish mumkin deb hisoblaydi
va buning asosida tabiatni sehr kuchi bilan o‘zgartirish mumkin degan fikr yuritadi.
Ilk insoniyat fikr va g‘oyalarida ov ko‘rinishlarini sahnalashtiruvchi
ovchilar o‘yini, о’zlari yashagan makonlaridagi g‘orlarga, tog‘ qoyalariga, turli
jonzotlarning terilariga, toshlarga chizilgan naqshlar, jonivorlarni tasvirlovchi
chiziqlar afsunkor urf-odatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibtidoiy odam tasavvuri
bo‘yicha ovda muvaffaqqiyat qozonishni taminlashi kerak edi. Jonivorlarni tasvirlay
bilishi asosida odamda xuddi ular ustidan g‘alabani qo‘lga kiritganday hissiyot
mujassam edi. Bu fantastik fikrlashida insonning dunyoni egallashga bo‘lgan
intilishi o‘z aksini topgan. Ushbu ilk ijodiy yaratuvchanlik jarayonida estetik
tushunchaning dastlabki kurtaklari mavjud bo‘lib, shu asosda tasviriy sanat rivojlandi.
Dostları ilə paylaş: