Reja Elash jarayonining asoslari



Yüklə 217,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.10.2023
ölçüsü217,45 Kb.
#152977
  1   2   3


1 MA’RUZA Elаsh jаrаyonining turlаri vа ulаrning mаqsаdi. Elаshdа 
qo`llаnilаdigаn elоvchi yuzаlаr. 
Elаshdа sinflаrgа аjrаtish. Elаsh sаmаrаdоrligi. Elаsh sаmаrаdоrligigа tа’sir 
kiluvchi оmillаr. 
 
Reja 
1. Elash jarayonining asoslari. 
2. Elashning turlari
3.
Elashning qo‘llanilishi 
4.
 Elаsh sаmаrаdоrligi
Tayanch iboralar
 -
 Elash jarayoni, elash samaradorligi, barabanli elakлар, 
qo‘zg’almas panjarali elaklar,
ko‘zg’aluvchi podshipniklar; tub podshipniklar; 
shkif; elektrodvigatel. 
 
 
Elash - foydali qazilmaning yirikligiga qarab,bir yoki bir necha elak orqali 
elab,sinflarga ajratish jarayonidir. 
Elashga tushayotgan mahsulot-dastlabki,elak ustida qolgan mahsulot-elak 
usti,elakdan o‘tgan mahsulot esa-elak osti mahsuloti deyiladi. 
Elashda qabul qilingan elak ko‘zlari o‘lchamining kattadan kichikka tomon 
ketma-ket qatori elash shkalasi,ikkita ketma-ket kelgan elak ko‘zlari o‘lchamining 
bir-biriga nisbati shkala moduli deyiladi. Masalan:48, 24, 12, 6, 3, mm li shkala 
uchun modul 2 ga teng; Mahsulotni n ta elakda elashdan so‘ng n+1 ta mahsulot 
olinadi. 
Elashningquyidagi 
turlari 
qo‘llaniladi: 
yordamchi,tayyorlovchi,mustaqil,hamda boyitish mahsulotlaridan suvni ajratish 
maqsadida ishlatiladigan elash operatsiyasi. 
1. Yordamchi elashmaydalash va yanchish sxemalarida ishlatilib, dastlabki 
mahsulot tarkibidagi tayyor (maydalanishi kerak bo‘lmagan) mahsulotni ajratish 
yoki maydalangan mahsulot yirikligini nazorat qilish uchun ishlatiladi.Bunday 
elashning birinchi turi-dastlabki,ikkinchisi esa nazoratlovchi elash deyiladi. 
2.Tayyorlovchi elash dastlabki mahsulotni alohida-alohida boyitish maqsadida 
sinflarga ajratish uchun ishlatiladi. 
3.Mustaqil elash - elash mahsulotlari iste’molchiga yuboriladigan tayyor 
mahsulot hisoblansa mustaqil elash deyiladi, elashning bu turi ko‘pincha ko‘mirni 
elashda ishlatiladi. 
Suvsizlantirish maqsadida ishlatiladigan elash boyitish mahsulotlaridan suvni 
birlamchi ajratishda keng ishlatilmoqda. 
Dastlabki mahsulotning yirikligi va elak ko‘zining o‘lchamiga qarab 
elashning quyidagi turlari mavjud. 
1-jadval 


Ruda 
o‘lchami
Ruda
bo‘laklari. 
Dastlabki
mahsulotning
yirikligi, mm
Elak ko‘zining
o‘lchami, mm 
Yirik 
O‘rta 
Mayda 
Mayin 
O‘rta mayin 
-1200+0 
-360+0 
-75+0 
-10+0 
-1+0 
300-100 
60-25 
25-6 
5-0,5 
0,05 gacha 

Yüklə 217,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin