Reja Elash jarayonining asoslari


Elaklarning turlari, tuzilishi



Yüklə 217,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix07.10.2023
ölçüsü217,45 Kb.
#152977
1   2   3
Elaklarning turlari, tuzilishi
va ishlashprintsiplari 
 
Elaklar geometrik shakli,elovchi yuzaning hususiyati,uning gorizontal 
tekislikka nisbatan joylashishi bilan bir-biridan farq qiladi.Elovchi yuzaning 
shakliga qarab yassi,tsilindrik (barabanli) yoki yoysimon shakldagi elaklar 
mavjud.Elovchi yuzaning joylashishiga qarab gorizontal va qiya, ba’zi hollarda 
vertikal elaklarga bo‘linadi.
Mahsulotning elovchi yuza bo‘ylab harakatlanishi hususiyatiga qarab 
qo‘zg’almas (ba’zi hollarda elovchi yuza ba’zi elementlarining harakatlanishi), 
aylanma harakatli qo‘zg’aluvchi va to‘g’ri chiziqli harakatlanuvchi qo‘zg’aluvchi 
elaklarga bo‘linadi. 
Foydali qazilmalarni elashda ishlatiladigan elaklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
qo‘zg’almas panjaralar,valokli aylanuvchi barabanli,yassi tebranuvchi; yarim 
vibratsion; vibratsion aylanma vibratsiyali; vibratsion to‘g’ri chiziqli vibratsiyali; 
yoysimon va h.k. 
Hamma elaklar engil,o‘rta va og’ir turdagi elaklarga bo‘linadi. 
Ular sochma zichligi 1,16 va 2,7 t/m
3
bo‘lgan mahsulotni elash uchun 
ishlatiladi.Ular xarflar va sonlar bilan belgilanadi.G-groxot; I-inertsion; S-
samobalansniy; R-rezonansniy; L-legkogo tipa; xarflardan keyingi birinchi son 
elakning enini ko‘rsatadi: 1-750 mm; 2-1000 mm; 3-1250mm; 4-1500 mm; 5-1750 
mm; 6-2000 mm; 7-2500 mm; 8-3000 mm; 9-3500 mm; 10-1000 mm; undan keyingi 
son-elak to‘rlarining soni. 
GIT41- groxot inertsionniy tyajelogo tipa,shirina groxota 1500 mm 1-
odnositniy.GIL -32-groxot inertsionniy legkogo tipa,shirina groxota-1250 
mm,dvuxsitniy. 
 
Qo‘zg’almas panjarali elaklar 
Qo‘zg’almas panjarali elaklar alohida orasi ochiq panjaralardan tashkil 
topib,gorizontga nisbatan 40-45 burchak ostida rudani elash uchun,30-35burchak 
ostida ko‘mirni elash uchun o‘rnatiladi.Mahsulot panjaraning yuqori qismiga berilib 
o‘z oqimi bilan harakatlanadi,bunda mayda mahsulot panjara orasidan o‘tib,yirik 
mahsulot esa panjara ostidan ajratiladi.Bunday elaklar yirik mahsulotni elash uchun 
ishlatiladi.Ikkita panjara orasidagi masofa 50 mm va undan ortiq bo‘lishi kerak. 
Elakning kengligi dastlabki mahsulotdagi eng katta bo‘lak o‘lchamidan 
kamida 2-3 marta katta,uzunligi esa kengligidan 2 marta katta bo‘lishi kerak.Elovchi 
panjaralarning panjaralari turli xil ko‘rinishga (profil) ega bo‘lishi mumkin: 
trapetsiadal, dumaloq,kvadrat, "T" xarfi (tavroviy) ko‘rinishida va h.k. Panjara 
sifatida oddiy temir yo‘l relslari ham ishlatilishi mumkin.Panjaralar bir-biridan 
ma’lum masofada parallel holda joylashtiriladi va bir-biri bilan boltlar orqali 
mahkamlanadi. 


Elovchi panjaralarda elash samaradorligi 60-70% ni tashkil qiladi. 
Elovchi panjaralarning i/ch quvvati elakning o‘lchamiga,mahsulotning xossasiga va 
panjaralar orasidagi masofaga bog’liq. 
Elovchi panjaraning i/ch quvvati quyidagi empirik formula bilan hisoblanadi.
Qo‘zg’almas panjarali tlaklar. 
4-rasm 1-panjara; 
2-siquvchi boltlar; 3-tirgaktrubkalar. 
Q = 2,4

F

a (13) 
bu erda: F - panjaraning yuzasi,m
2
a - panjaralar orasidagi masofa, mm. 

Yüklə 217,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin