Q o d IL o V, Q. O d IL o V umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/65
tarix08.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#153031
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari (Q.Odilov) (1)

Ik k in c h i bo'lim .
ELEKTRONIKA A SO SLA R I
1-bob.
ELEKTROVAKUUM VA GAZORAZRYAD ASROBLAR
1.1. Elektrovakuum lampalarning tuzilishi va ishlash tartibi, 
diod, uning volt-amper tavsifi, parametrlari, 
ishlatiladigan sohasi
Elektrovakuum asboblarning ishi zaryadlar tashuvchilari — 
elektronlarning vakuumda harakatlanishiga asoslangan.
Birinchi elektrovakuum (elektron) lampalar (ko'pincha ular 
rad io la m p a lar deyiladi) 1873-yilda rus olim i A .N .L o d ig in
tomonidan ixtiro qilingan. Ular tiniq shisha ballon shaklida bo‘lib, 
kanal ipi tiniq yongan.
Radiotexnikani rivojlantirishda elektrovakuum lampalari juda 
katta rol o ‘ynadi va tez orada ishlab chiqarishning hamma sohalarida 
muvafTaqiyatli qoMlanila boshlandi.
Elektrovakuum lampalarining tuzilishini va ishlash tartibini 
ko'rib chiqamiz. Har qanday eiektrovakuum lampa po‘lat, shisha 
yoki keramika ballonli bo‘lib, ichidagi metall tirgovichiarda uning 
detallari elektrodlar mahkamlangan. Ballon ichidan havo so'rib 
olingan. Havo ballonning pastki yoki ustki qismidagi bo‘rtib chiqqan 
joy orqali kuchli tortib olinadi. Ballonning ichidagi havoni kuchli 
tortib olish tufayli hosil boMgan vakuum elektrovakuum lampalari 
ishlashining asosiy sharti hisoblanadi.
Elektrovakuum asboblari elektronlarning harakatlanishiga 
asoslangan. Lampa ichida 500—2400”C haroratni yuzaga keltirib 
elektronlarning yetkazib beruvchi «katod» deb nomlangan manfiy 
elektrod bor Katod volframdan tayyorlangan, qalinligi odam 
sochidek boMib, u elektr lam pochkaning cho‘g‘lanuvchi ipiga 
o'xshagan yoki m etall silindr shaklida boMadi. Katod rolini
104
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘ynovchi volframli ip c h o ‘g‘lanuvchi ip deb ham yuritiladi. 
Shunday qilib, elektrovakuum lampalarida qizitilgan elektronlar 
katod metalida yuqori tezlikda harakatlanadi. Bunda elektronlaming 
ba'zi birlari katodni tark etib, uning atrofida elektron «bulut» hosil 
qiladi. Bu termoelektron emissiya hodisasi deb ataladi. Katod qancha 
ko‘p qizigan bo‘lsa, shuncha ko‘p elektron chiqaradi, natijada 
elektron «bulut» qalin bo'ladi. Ushbu emissiya bajarilmaganda 
elektrovakuum asboblari ishlamaydi.
Endi diod qanday ishlashini ko'rib chiqamiz.
Eng oddiy radiolampa — bu dioddir. Boshqacha aytganda, ikki 
elektrodli lampa hisoblanadi. Diod ikki elektrod — termokatod va 
anoddan iborat bo‘lib, ular shisha, metall yoki keramik ballonda 
joylashgan. Elektron iampali ballonda 1 0 M 0 6 m n/sm 2 atrofida 
vakkum hosil qilinadi. Termokatod bo'sh elektronlarni chiqaradi, 
anod ulami yig‘adi.
Elektrovakuum texnikasida diod deb, kichik quvvatli ikki 
elektrodli lampalarga aytiladi, ular yuqori chastotali signallarni 
aylantirib yoki o'zgartirib beradi. Diodning tuzilishi 1.1.1 -rasmda 
ko'rsatilgan.
Diodda katod rolini cho‘g‘lanuvchi ip bajaradi ( /) , shisha 
ballonning yuqori qismida joylashgan (2), metalli anod 
(3),
tashqariga chiqih turuvchi shapkacha shaklidagi qismga ega. Ikki
1.1.1-rasm
Ikki elektrodli lampaning tuzilishi (/) 
va shartli belgilanishi (//).
105
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin