Geo graf iya


TERMIN VA TUSHUNCHALARNING IZOHLI LU G ‘ATI



Yüklə 3,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/72
tarix08.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#153090
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
5-geografiya

TERMIN VA TUSHUNCHALARNING IZOHLI LU G ‘ATI
Antarktika 
Janubiy qutb atrofidagi
sovuq o‘lka. Chegarasi 50—60° janubiy 
kengliklarda joylashgan. Bu mintaqaga 
Antarktida materigi va uning atrofidagi 
orollar kiradi.
Arktika 
— Shimoliy qutb 
atrofidagi 
sovuq 
o‘lka. 
Quruqliklar 
o‘simliksiz 
sovuq sahrolardan iborat.
Artezian quduq 
— suvi yer yuzasiga 
o‘zi oqib chiqadigan quduq. Ba’zi joylarda 
suv favvora bo‘lib otilib chiqadi.
Asr 
— vaqt o‘lchov birligi. 1 asr yuz 
yilga teng.
Atmosfera 
— Yerni o‘rab olgan havo 
qobig‘i. Azot, kislorod, karbonat angid- 
rid va boshqa gazlarning aralashmasi- 
dan iborat, yuqori chegarasi 2000 km 
balandlikdan o‘tadi.
Aysberg 
— sovuq o‘lkalardagi dengiz 
va okeanlarda suzib yuradigan muzlar. 
Quruqliklardagi muzlardan uzilib tushib 
hosil bo‘ladi.
Azimut —
kuzatuvchidan shimolga 
yo‘nalish bilan mo‘ljallangan predmetga 
yo‘nalish orasidagi burchak. Soat mili 
yo‘nalishi bo‘yicha aniqlanadi.
Azot 
— atmosfera havosida eng ko‘p 
(78 %) tarqalgan gaz.
Balandlik shkalasi 
— tabiiy xaritalarda 
yer yuzasining dengiz sathidan qanchalik 
balandligini bildiruvchi shartli belgi.
Batiskaf 
— chuqur suv ostiga tusha- 
digan 
apparat (qurilma). 
Dengiz va 
okeanlarning chuqur qismlarini o‘rga- 
nishda qo‘llaniladi.
Bazalt 
— Yer po‘stining chuqur qismida 
tarqalgan tog‘ jinsi. Yer yuziga vulqon- 
lardan suyuq holda oqib chiqib qotadi.
Bergshtrix 
— xaritalarda yer yuzasi­
ning qiya tomonini ko‘rsatuvchi belgi 
(chiziqcha). Gorizontallarga qo‘yiladi.
Biosfera 
— Yerning hayot qobig‘i. 
Atmosferaning 
quyi 
qismini, 
gidro-
sferaning hammasini va Yer po‘stining 
yuza qismini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin