Geo graf iya



Yüklə 3,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/72
tarix08.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#153090
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
5-geografiya

Briz shamollari 
- kunduzi suvdan 
quruqlikka va kechasi quruqlikdan suv 
havzasi tomonga esadigan shamollar.
Buloqlar 
— Yer osti suvlarining yer 
yuzasiga tabiiy holda chiqishi. Buloqlar 
suvli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolgan 
joylarda hosil bo‘ladi. Vodiylar, jarlar, tog‘ 
yonbag‘irlari va etaklarida uchraydi.
Bulut 
— havodagi juda mayda suv 
zarrachalari, tomchilari, muz zarrachalari 
to‘plami. Ular yiriklashib yog‘in bo‘lib 
tushadi.
Daryo havzasi —
daryoga suv kela- 
digan, suv yig‘iladigan maydon.
Dengiz iqlimi 
— dengiz bo‘yidagi qishi 
iliq, yozi salqin va yog‘in-sochin ko‘p 
bo‘ladigan iqlim.
Dunyo okeani 
— Yer yuzidagi barcha 
okeanlar birgalikda dunyo okeani deyi­
ladi.
Ekvatorial mintaqa 
— Yer ekvatori va 
uning ikki yonida joylashgan geografik 
mintaqa. Yil bo‘yi bir xil issiq va yog‘in 
ko‘p bo‘ladi. Tabiiy holda doimiy yashil 
o ‘rmonlar bilan qoplangan.
Epitsentr 
yer qimirlash, zilzila 
markazi.
Exolot 
— dengiz va okeanlarda chu- 
qurlikni o ‘lchaydigan asbob. Exolot den­
giz ostiga tovush to‘lqinini yuboradi va 
u yerdan qaytgan tovush to‘lqinini qa­
bul qiladi. Dengizda tovush bir sekundda 
1500 m etr tezlikda tarqaladi. Tovush 
yuborilgan vaqt bilan qaytgan vaqt orasi 
4 sekund, demak, dengiz chuqurligi 3000 
m etr ekan.
Fluger 
— shamolning y o ‘nalishi va 
kuchini aniqlaydigan asbob.
Geografik koordinata 
— biror nuqta­
ning Yer yuzidagi o‘rnini aniqlaydigan 
miqdorlar. Geografik kenglik va uzunlik- 
dan tarkib topadi.


d&L Oedurtm-uz
Ta'lim Markazi
G eografik m in taq a — Yer yuzasi zonal 
bo‘linishining eng katta bosqichi. Har bir 
mintaqa hududida quyosh nuri miqdori 
har holda teng bo‘ladi. Lekin yog‘in 
miqdori har xil bo‘lganligidan m intaqada 
zonalar vujudga keladi.
Geoid —
Yerning haqiqiy shakli. U 
shar shaklidan farq qiladi.
G eyzer — yer osti bo‘shliq va yoriq- 
laridan vaqti-vaqti bilan issiq suv hamda 
bug‘ otilib turadigan buloqlar.
G idrosfera — Yerning suv qobig‘i. 
Unga okean va dengizlar, daryo va ko‘llar, 
qor va muzliklar, havodagi suvlar, yer osti 
suvlari kiradi.
G ipo tsen tr — yer qimirlash o‘chog‘i. 
Odatda Yer po‘stidagi yoriqlarda, burma- 
lanish, uzilish, siljish bo‘layotgan yerlarda 
joylashadi.
Globus — Yerning juda kichraytirib 
ishlangan sharsimon modeli, masshtabi 
turli xil bo‘lishi mumkin.
G orizon tal, gorizontal chiziq — Yer 
yuzasida bir xil balandlikdagi nuqtalarni 
xaritada tutashtirib turuvchi chiziq.
G ra n it — Yer po‘stida eng ko‘p 
tarqalgan otqindi tog‘ jinsi.
G ru n t suvlari — yer yuzasida tarqalgan 
g‘ovak tog‘ jinslari orasida joylashgan 
suvlar. Bunday suvlar mavjud yerlar 
ko‘pincha zax, sernam bo‘ladi.
G um us — tuproq tarkibida tarqalgan 
chirindi organik moddalar. 
Tuproqni 
unumdor qiladi.
H a ra k a t 
b elgilari 

xaritalarda 
shamollar, okean, dengizlarda oqimlar, 
yo‘llarda yuk tashish kabi hodisalar 
yo‘nalishlarini bildiradigan belgilar.
H a ro ra t am plitudasi — havo, suv va 
boshqalarning yuqori harorati bilan past 
harorati orasidagi farq.
Havo bosim i — atmosfera havosining 
Yer yuziga beradigan bosimi. Barometr 
yordamida o‘lchanadi.
Havo m assasi — katta hudud ustida 
tarkib topgan va o‘zining xususiyatlari -
harorati, namligi, shamollari, tiniqligiga
ko‘ra boshqa joydagi havodan farq qiluvchi 
havo.
H avoning nam ligi — havoda mavjud 
bo‘lgan suv bug‘lari miqdori. Havoning 
qancha miqdorda suv bug‘larini tutib 
turishi uning haroratiga bog‘liq. Issiq 
havo ko‘proq, sovuq havo kamroq suv 
bug‘larini o‘zida tutib turadi.
Iqlim — biror joydagi ob-havoning ko‘p 
yillik holati. Iqlim Quyosh radiatsiyasi 
(issiqligi, 
yorug‘lik), 
yer 
yuzasining 
holati, atmosferadagi havo harakatlariga 
bog‘liq.
Issiqlik m in taq a la ri — Yer sharsimon 
shaklda bo‘lgani uchun Quyoshdan kela- 
digan nur turli geografik kengliklarni 
turlicha isitadi. Natijada Yer yuzida 
issiqlik m intaqalari hosil bo‘ladi. 2 ta 
sovuq, 2 ta o‘rtacha (mo‘tadil), 1 ta issiq 
(tropik) m intaqa hosil bo‘ladi.
ich k i dengiz — quruqlik ichkarisida 
joylashgan va okean hamda boshqa den­
gizlar bilan bir yoki bir necha bo‘g‘izlar 
orqali 
qo‘shilib 
turgan 
dengizlar. 
Masalan, Qora dengiz, Qizil dengiz.
ich k i k u c h la r (endogen kuchlar) —
Yer po‘stida tog‘lar hosil bo‘lishi, vulqon 
otilishi, yer qimirlashiga, cho‘kish va 
ko‘tarilishlarga sabab bo‘luvchi kuchlar.
Joy 
plani 

yer 
yuzasi 
kichik 
qismining yirik masshtabda chizilgan 
chizmasi. Joydagi obyektlar - daryo, ko‘l, 
uylar va boshqalar shartli belgilar bilan 
ko‘rsatiladi.
К abisa yili — 366 kunlik yillar kabisa 
yili deyiladi. Har 4 yilda 1 yil kabisa yili 
bo‘ladi. 2012, 2016, 2020, 2024, 2028 va 
h.k. yillar kabisa yili.
К om pas 

dunyo 
tomonlari 
aniqlanadigan asbob. Unda nina uchiga 
strelka (ko‘rsatkich) o‘rnatilgan bo‘lib, u 
shimol bilan janubni ko‘rsatadi.
K ontinental havo — quruqlik ustida 
tarkib 
topgan, 
namligi 
kam, 
fasliy 
haroratlar farqi katta bo‘lgan havo.
K ontinental iqlim — quruqlik iqlimi,
105
T
E
R
M
IN
VA
T
U
S
H
U
N
C
H
A
L
A
R
N
IN
G
IZ
O
H
L

L
U
G
‘A
T
I


T
E
R
M
IN
VA
T
U
S
H
U
N
C
H
A
L
A
R
N
IN
G
IZ
O
H
L

L
U
G
‘A
T
I
106
d&L Oedurtm-uz
Ta'lim Markazi
qishi sovuq, yozi issiq, yog‘in kam 
yog‘adigan iqlim.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin