Yadro (Yer yadrosi)
— Yerning mar-
kaziy qismi. Radiusi 3470 km ga yaqin.
Asosan tem irdan iborat deb taxm in
qilinadi.
Yarimorol
— uch tomondan suv bilan
o‘ralib, faqat bir tomonda katta quruqlik
bilan tutashgan yer. Masalan, Hindiston,
Qrim, Bolqon, Kamchatka yarimorollari.
Yassitog‘lar
— dengiz sathidan 500 m
dan baland bo‘lgan, yer yuzasi tekis yoki
biroz to‘lqinsimon bo‘lgan tog‘lar.
Yerning qutblari
— Yer aylanash
o‘qining yer yuzasi bilan kesishgan nuq-
talari. Ikkita geografik qutb — Shimoliy
va Janubiy qutblar mavjud.
Yer osti suvlari
— Yer po‘stining yuza
(12-16 km chuqurlikkacha) qismidagi
suvlar.
Yer usti suvlari
— quruqlikdagi daryo,
ko‘l, botqoqlik, muzlik suvlari.
Yoqilg‘i mineral boyliklar
- ko‘mir,
neft, gaz, torf, slanets foydali qazilmalari.
Yulduz
— o‘ta qizigan gazlardan (plaz-
madan) tarkib topgan, o‘zidan koinotga
yorug‘lik va issiqlik tarqatib turuvchi,
bizning
Quyoshga
o‘xshagan
osmon
jismlari.
0 ‘zan
—
daryo
vodiysining
eng
past, suv oqadigan chuqur qismi. Katta
daryolarda o‘zanning kengligi bir necha
metrdan yuzlab, minglab metrga boradi.
0 ‘zan
ko‘l
—
daryolarning
eski
o‘zanida hosil bo‘lgan ko‘l. Ko‘rinishi
ko‘pincha yangi oy shaklida bo‘ladi.
G‘arbiy shamollar
— Yerning shimoliy
va janubiy yarim sharlarining o‘rta keng-
liklarida troposferaning yuqori qismi va
stratosferada g‘arbdan sharqqa esadigan
doimiy shamollar.
Shartli belgilar
— joy planlari va
xaritalarda tabiiy obyektlar, shaharlar,
binolar, ekinzorlar va boshqalarni aks
ettiruvchi belgilar.
Sharshara
— daryo suvining o‘zandagi
jarliklarda otilib tushishi. Sharsharalar
qattiq tog‘ jinslari yer yuzasiga chiqib
qolgan joylarda bo‘ladi.
Shelf
— okean va dengizlarning chekka
qismlarida joylashgan, chuqurligi 200 m
gacha bo‘lgan qismlari - m ateriklarning
dengizdagi davomi.
Shudring
— namga to‘yingan havo
tunda sovib, o‘tlarga va yerdagi boshqa
predmetlarga
tushib
qoladigan
suv
tomchilari.
Dostları ilə paylaş: |