O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti



Yüklə 421,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix09.10.2023
ölçüsü421,74 Kb.
#153137
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari Ergashov Soxib

kamchilik yoki salbiy jihatlari 
ham mavjud: 
- atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish 
mexanizmining mavjud emasligi; 
- resurslaming qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi; 
- mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlaming mavjud emasligi; 
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlaming rivojlanishiga ko‘maklashuvning 
yo‘qligi; 


- rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming b o iib turishi hamda ijtimoiy 
ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining 
mavjudligi. 
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan 
hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, awal iqtisodiyotning moliyaviy 
sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga 
olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor 
iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bogiiq. Aksariyat rivojlangan 
mamlakatlarda bozoming o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va 
bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor 
qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. 
O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni 
tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur boiganda iqtisodiyotda 
davlat tomonidan boshqamv usullari qollandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda 
o‘zini to’la oqladi 
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va 
xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan 
munosabatlar majmuasi. 
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida 
ayirboshlash; 
- sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi; 
- toiovga layoqatli boigan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik. 
Bozor tovarlami ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, 
ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bolib, hozirgi davrda 
keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir. 
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bolsa narxlar 
oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovalarni 
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromadolish imkoniga ega boiadi. Aksincha, bozorda 
tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar 
zarar koradilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va 
xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga y o i qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, 
chunki bozor bunday behuda sarflami hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor 
o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. 

Yüklə 421,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin