O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti


Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari



Yüklə 421,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix09.10.2023
ölçüsü421,74 Kb.
#153137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari Ergashov Soxib

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. 

Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib 


topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina 
mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning 
barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning 
amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Bozor iqtisodiyoti - bu tovar 
ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil 
etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Oldingi mavzuda aytganimizdek, 
xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi
bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo'lishing umumiy sharoiti 
hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar 
shaklini taqozo qiladi, Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul 
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorga oid xususiyatini 
ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyo’ti 
taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyo’tining samarali amal qilishi 
uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbir korlikning 
erkinligi, resurslaming erkin almashinuvidan iborat. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-
pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi 


harakati qo’llaniladi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy 
nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo'jaligi sub'ektlari iqtisodiy hatti- 
harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ulaming tovar-pul 
mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi deb baho beradi. Bozor 
iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab 
chiqadi. 
Bozor iqtisodiyoti va uning amal qilishi chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va 
iste'mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'ektlarini qamrab 
oladi. Bozor iqtisodiyo’ti sub'ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar 
ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari 
ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy sub'ektlari uchta guruhga 
bo'linadi: uy xo'jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. 
Uy xo'jaliklari - iqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy 
tarkibiy birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish 
sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyo’tida uy 
xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar 
hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy 
ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi 
iqtisodiyo’tning birlamchi bo'g'inlaridir. U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz 
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab 
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo'jaligida 
Tovar va xizmatlami etkazib beradi. 
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo'ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga 
solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkil otlari va muassasalari 
sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, ba'zi darslik va o'quv qo'Uanmalarda bozor 
iqtisodiyo’tining yana bir alohida, mustaqil sub'ekti sifatida banklar ajratib 
kо'rsatiladi. 
Bank - iqtisodiyotning me'yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi 
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida 
keltirib o'tilgan bozor iqtisodiyo’ti sub'ektlarining o'zaro ta'siri va aloqasini quyidagi 
chizma orqali ifodalash mumkin. Har qanday bozor iqtisodiyo’tini tartibga solish 
mexanizmi asosan to'rtta tarkibiy qismdan iborat bo'ladi: narx, talab va taklif hamda 
raqobat 


Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari 
uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar 
bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi 
ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan 
shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. 
Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy 
evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. 
Xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y 
berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud boiishing umumiy sharti 
hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar 
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud boiishi o‘z-o‘zidan pul 
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini 
ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti 
taraqqiyotining asosini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin 
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim 
shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil boisa, bozor 
ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi 
faoliyatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini koisatib beruvchi erkin narxlarning 
shakllanishiga imkon yaratadi. 

Yüklə 421,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin