d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va
raqobat kurashlari asosida
tartiblanishi;
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, nomaium bozor uchun ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko'rinishi
hozirgi zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyoti
deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr
boshlaridan buyon amal qiladi.
Uning asosiy belgilari:
a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni
xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi,
mulkning bir
qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda
umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika
taraqqiyoti va boshqa omillami hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlami, rivojlanish
istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o ‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish
chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklami yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi,
prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash,
buyurtmalami bajarish, marketing
tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga
tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta fondlarining vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonunqoidalari
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit boiib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor
xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga
asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’siming intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal
etiluvchi
ustuvor
vazifalardan
kelib
chiqqan
holda,
zamonaviy
bozor
iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga,
barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar
boiishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik
vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab
chiqarishning ixtisoslashishi,
modemizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.
Bozor iqtisodiyotining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida
amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog'liqdir. Bozor iqtisodiyotining
afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:
1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi
resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishga
yo'naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg'unlashtirishning ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo'llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlaydi;
2) erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim
afzalliklaridan biri shundaki, u
shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko'plab ayrim shaxslar va korxonalar
iqtisodiy faoliyatini uyg'unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri
dir. Bunday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri -
markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo'llash; ikkinchisi - bozor tizimi
vositasi orqali ixtiyoriy hamkoriik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg'unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyo’ti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3) harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir
shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo'lishadi.
Chunki xo'jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo'jalik
tizimini xonavayron
qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy
ravishda foyda olishni ta'mini ash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti
million-million kishilami harakatga soladi, ulami boqimandalik kayfiyatidan
qutqaradi.
Dostları ilə paylaş: