Bozor iqtisodiyoti o'zgaruvchan bo'ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o'zgarishiga muvofiq holda o'zgaradi. Ayni
paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o'tishi
bilan iste’molchi didining o'zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining
yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o'zgarishi oqibatida eskirishi
va samarasiz bo'lib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi o'zgarishlaming mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o'zgartirish
resurslar bozori
orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib bomvchi tarmoq
resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib bomvchi
tarmoq ularga talabni
kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi,
resurslami qisqamvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o'zgarishi va har xil resurslar taklifi
tarkibidagi o'zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag'batlantiradi. Birinchi bo'lib
tejamli texnologiyalami qo'llash korxonaning o'z raqobatchilari oldidagi
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish
xarajatlarining pasayishi
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi.
Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo'lgan texnika
va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa
qilinadigan boisa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima,
kim uchun va qanday qilib
ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar toiovga layoqatli
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to io v layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan
xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Bozorning
Dostları ilə paylaş: